Olamgir masjidi sifatida ham tanilgan Shohi masjidi Hindistonning Maharashtra shtatidagi Avrangabad shahrida joylashgan. U 1693-yilda Boburiy imperatori Avrangzeb tomonidan shaxsan oʻzi foydalanishi uchun qurilgan. Bu Qila-e-Arkning saqlanib qolgan kam sonli inshootlaridan biri hisoblanib, Avrangzebning Avrangoboddagi qarorgohi sifatida qurilgan mustahkam saroy majmuasi va uning sharqiy qanotida joylashgan. Inshoot XX asr oxirlarida Olamgir masjidi deb atalgan va zamonaviy davrda Shohi masjidi sifatida tanilgan[1][2].

Masjid
Olamgir masjidi (Avrangobod)
Olamgir masjidi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Avrangobod
Koordinatalar 19°53′45″N 75°19′58″E / 19.895814456186013°N 75.33279110000001°E / 19.895814456186013; 75.33279110000001
Asoschi Avrangzeb
Asosiy sana:

Masjidning namozxona tomi uch qavatli boʻlib, unda egri chiziqli bangla karnizlari mavjud. Uning tepasida uchta gumbaz joylashgan. Masjidning fasadida uchta trilobli/trefoil kamar bor. Shohi masjidining turi va arxitekturasi imperator tomonidan Dehlida qurilgan yana bir xususiy masjid Moti masjidiga (Qizil qal’ada) oʻxshab ketadi. Bu meʼmorchilik oʻz navbatida Lahor va Agradagi Shoh Jahon davrida qurilgan masjidlardan namuna olingan. Michell va Zebrovskilar masjid arxitekturasini Chavk masjidi yoki Lal masjidi kabi Avrangoboddagi boshqa Boburiylar masjidlariga nisbatan taqqoalaganda „gʻayrioddiy“ koʻrinishga ega deb taʼriflagan[1][2].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Sohoni, Pushkar (2016-12-20). "A Tale of Two Imperial Residences: Aurangzeb’s Architectural Patronage". Journal of Islamic Architecture 4 (2): 64-66. doi:10.18860/jia.v4i2.3514. ISSN 2356-4644. http://ejournal.uin-malang.ac.id/index.php/JIA/article/view/3514. 
  2. 2,0 2,1 Michell, George. Architecture and art of the Deccan sultanates, Mark Zebrowski, Cambridge: Cambridge University Press, 1999 — 111-bet. ISBN 978-0-511-46884-1. OCLC 268771115.