John Julius Norwich

(Jon Norvichdan yoʻnaltirildi)

Jon Julius Kuper, Norvichning ikkinchi vizkonti (inglizcha: John Julius Cooper, 2nd Viscount Norwich; 1929-yil 15-sentyabr — 2018-yil 1-iyul) ingliz tarixchisi[1], tarix boʻyicha koʻplab kitoblar va mashhur qoʻllanmalar muallifi.

Tarjimai holi

tahrir

Britaniyalik konservativ siyosatchi Daff Kuper va sotsialist Diana Kuperning yagona oʻgʻli. Otasi tomonidan u Uilyam IV va Doroti Jordanning avlodi edi. U Qirol Georg V ning singlisiga uylangan gertsog Fayfaning jiyanidir.

U Kanada davlati Toronto shtatida joylashgan Kanada yuqori kollejida hamda Eton kolleji va Strasburg universitetida tahsil olgan. U shuningdek, Qirollik dengiz flotida xizmat qilgan. U Oksforddagi Yangi kollejda diplom olgan.

Oʻqishni tugatgandan soʻng, u Britaniya Tashqi ishlar vazirligida ishladi. U ketma-ket Yugoslaviya va Livanda xizmat qildi va Jenevada qurolsizlanish boʻyicha konferensiyada Britaniya delegatsiyasi aʼzosi sifatida qatnashdi. 1954-yilda otasining vafotidan soʻng u 1952-yilda Daff Kuperga berilgan Vikont Norvich unvoniga sazovor boʻldi. Vikont sifatida u Britaniya parlamenti Lordlar palatasining aʼzosi edi.

1964-yilda u diplomatik xizmatni tark etib, tarix va adabiyot bilan shugʻullanadi, mashhur uslubda, koʻplab noaniqliklar bilan bir nechta kitoblar yozadi[2]. Yozish bilan bir qatorda, Norvich Bi-bi-sida faol ish olib bordi, u yerda u 30 ta hujjatli filmning muallifi va boshlovchisi boʻlgan, jumladan: „Konstantinopolning qulashi“, „Napoleonning yuz kuni“, „Kortes va Montezuma“, „Turkiyaning antiqa buyumlari“, „Meksikalik Maksimilian“, „Malta Ritsarlari“, „Zulu urushida Napoleon IVning oʻlimi“.

Bibliografiya

tahrir

Eslatmalar

tahrir
  1. „«John Julius Norwich:'Deep down, I’m shallow. I really am'», The Telegraph, 04 Jun 2008“. 20-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2019-yil.
  2. „Uneasy Lies the Head“. 30-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.

Havolalar

tahrir