Jose Jonny Magallón Oliva (talaffuzi: Jonni Magallon) (1981-yil 21-noyabrda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Jonny Magallón
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Jonny Magallón Oliva
Tavallud sanasi 21-noyabr 1981-yil (1981-11-21) (42 yosh)
Tavallud joyi Ocotlán, Jalisco, Meksika
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—2002 Tapatío
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2012 Guadalajara 194 (4)
2012—2016 León 126 (0)
2016 Lanús 2 (0)
2017—2018 Zacatecas 46 (2)
2020 Atlético Jalisco 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2011 Meksika 54 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

U katta faoliyatini 2003-yilda Gvadalajarada boshlagan. Oxir-oqibat, u 2012-yilning yozida „Leon Club“ga sotilib, jamoaga 2013\2014-yilgi mavsumning ikkala turnirida ham gʻolib chiqishga yordam bergan. Meksikaning ikkinchi divizioni Mineros de Zakatakas jamoasiga qaytishdan oldin u Argentinaning CA Lanus klubida qisqa vaqt oʻynagan.

Ugo Sanches qoʻl ostidagi meksikalik futbolchi[1] 2007 va 2009-yillardagi CONCACAF Oltin kubogi, 2007-yilgi Amerika kubogi va 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etish uchun chaqirilgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

CD Gualadajara tahrir

Magallon professional debyutini 2003-yil 16-mart kuni Guadalajaraning „America“ klubiga qarshi oʻtkazgan 2 :1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Chivas bilan 12 mavsum toʻp surgandan soʻng, himoyachi 2012-yil iyun oyida Club Leonga sotib yuborilgan[2].

Leon klubi tahrir

U 2013-14-yilgi Liga MX mavsumi, Apertura 2013[3] va Clausura 2014[4] musobaqalarida ketma-ket gʻolib chiqgan.

"Atletiko Lanus" klubi tahrir

2016-yilning yozida Magallon CA Lanusga oʻtgan va u yerda 6 oy oʻynagan[5].

Mineros de Zacatecas tahrir

CA Lanus bilan qisqa muddatli mavsumdan soʻng, Magallon Meksikaning ikkinchi darajali ligasi Ascenso MXda Mineros de Zacatecas bilan oʻynash uchun Meksikaga qaytib kelgan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

2007-yil 18-yanvarda oʻsha paytdagi terma jamoa bosh murabbiyi Ugo Sanches Magallonni milliy terma jamoaga chaqirgan va u Meksika bilan ilk oʻyinini 2007-yilning 28-fevralida Venesuelaga qarshi oʻtkazgan. Meksika 3:1 hisobida gʻalaba qozongan. U 2007-yil CONCACAF Oltin kubogi va 2007-yil Amerika Kubogida eng koʻp maydonda harakat qilgan futbolchi boʻlgan[7]. 7-fevral kuni u AQSHga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining bosh qahramoni boʻlgan, u oʻyinda jamoasining ikkala goliga ham mualliflik qilgan[8]. Magallon 2010-yilgi Jahon chempionatiga chaqirilgan, ammo u turnirda ishtirok etmagan. Magallon oxirgi marta 2011-yil 11-noyabrda Serbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Jose Manuel de la Torre tomonidan chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Meksika 2007 22 0
2008 10 3
2009 13 0
2010 8 0
2011 1 0
Jami 54 3
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 6.02.2008 Reliant stadioni, Xyuston, AQSH   AQSh 1 — 1 2-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2 — 2
3. 6.09.2008 Estadio Azteca, Mexiko, Meksika   Yamayka 3 — 0 3-0 2010 FIFA Jahon saralashi

Yutuqlar tahrir

Gvadalajara

  • Meksika Primera divizioni : Apertura 2006

Leon

  • Liga MX : Apertura 2013, Clausura 2014

Meksika

Manbalar tahrir

  1. „Futbolistas que, aunque no lo creas, están jugando en el Ascenso MX“. Goal.com (9-mart 2018-yil). — „Durante la gestión de Hugo Sánchez fue titular indicutible en la central de la selección Mexicana[.]“. Qaraldi: 20-noyabr 2018-yil.
  2. „Venado llega a Pachuca y Magallón a León“ (Spanish). Record (2-iyun 2012-yil).
  3. Contreras Legaspi. „León, campeón del Apertura 2013“. Milenio.com (15-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2018-yil.
  4. „Leon repeat as Liga MX champions“. ESPN.com (19-may 2014-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2018-yil.
  5. „Lanús oficializó llegada de Jonny Magallón“.
  6. „JONNY MAGALLÓN JUGARÁ PARA MINEROS DE ZACATECAS“ (Spanish). Azteca Deportes (16-dekabr 2016-yil). 17-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
  7. „Récord perfecto de Jonny Magallón“. Vanguardia.com.mx (7-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2018-yil.
  8. „Jonny on the spot in clasico“. FIFA.com (7-fevral 2008-yil). 21-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2018-yil.