José Fantaguzzi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Carlos Fantaguzzi
Tavallud sanasi 16-yanvar 1962-yil (1962-01-16) (62 yosh)
Tavallud joyi Pergamino, Buenos Ayres, Argentina
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Suriya
Raqami Assistent
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
- Ferro Carril Oeste
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982—1987 Ferro Carril Oeste
1987—1988 Real Betis 9 (0)
1988—1989 Ferro Carril Oeste
1989—1990 Hapoel (Beyt Shean)
1990—1993 Platense 20 (0)
1994 Urakan 3 (0)
Boshqargan klublari
2000 Nasonal (Asusnson) (assistent)
2001—2003 Uachipato (assistent)
2004—2006 Universidad Katolika (ass)
2006—2007 Atletiko Rafaela (ass)
2007 Ferrokarril Ozeste (ass)
2007—2008 Tiro Federal (ass)
2008—2009 Gruziya (ass)
2009—2011 Aris (Saloniki) (ass)
2011 Rasin (Santander) (ass)
2011—2013 Orduspor (ass)
2015—2018 Misr (ass)
2018—2019 Oʻzbekiston (ass)
2021—2022 KDR (ass)
2023— Suriya (ass)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

José Carlos Fantaguzzi (ispancha: José Carlos Fantaguzzi; 16-yanvar 1962-yil) – argentinalik futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Hozir u murabbiy. 2018-yilning avgustidan sentabrgacha Oʻzbekiston terma jamoasida Héctor Cúper bosh murabbiyi yordamchisi boʻlgan. 2023-yildan Suriya terma jamoasida Héctor Cúperga yordamchi murabbiylik qilmoqda.

Faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyati tahrir

José oʻz faoliyatini 1982-yilda Argentinaning Buenos-Ayresning Ferrokarril Oeste klubi tarkibida boshlagan[1]. 1987-yilgacha ushbu klub sharafini himoya qildi. Bu davrda Ferrokarril Oeste „oltin asrni“ boshidan kechirdi, jamoa argentinalik iqtidorlarning koʻp qismini oʻynadi, jamoa katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 1987—1988-yillarda Ispaniyaning „Real Betis“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 1988-yilda u vatani Ferrokarril Oestega qaytdi va 1989-yilgacha oʻynagan. José keyingi mavsumni Isroilning "Hapoel" jamoasida „Beyt Shean“ jamoasida oʻtkazgan. 1990—1993-yillarda Argentinaning Platense jamoasida oʻynagan. U 1994-yilda Argentinaning boshqa bir klubi, „Hurakan“ jamoasi tarkibida faoliyatini yakunlagan.

Murabbiy sifatida tahrir

Faoliyatini yakunlaganidan keyin José Fantaguzzi murabbiylik faoliyatini boshladi. Uning murabbiylik faoliyatidagi birinchi muhim jamoa Paragvayning „Nasional“ klubi boʻlib, u 2000-yilgacha murabbiylar shtabida ishlagan. 2001-yildan 2006-yilgacha u Chilining „Uachipato“ (Oskar Garre bilan birga) va „Universidad Catolica“ klublari murabbiylar shtabida ishlagan.

2006—2007-yillarda Argentinaning Atletiko Rafael murabbiylar shtabida, qisqa muddat Ferrokarril Oeste murabbiylar shtabida, 2007-2008-yillarda Argentinaning boshqa jamoasi Tiro Federal jamoasida ishlagan.

2008-yilda taniqli murabbiy Héctor Cúper bilan birgalikda u Gruziya terma jamoasiga ishga keldi, 2009-yil dekabr oyida u Gruziya jamoasining oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Cúper bilan birga ishdan boʻshatilgan. 2009—2011-yillarda Héctor Cúper boshchiligida Salonikida, Gretsiyaning „Aris“ klubining murabbiylar shtabi aʼzosi boʻlgan.

2011-yilning iyunidan dekabrigacha u Ispaniyaning Santander shahrining „Rasing“ klubi murabbiylar shtabida ishlagan. Ispna klubida ham Héctor Cúper bilan hamkorlikni davom ettirgan va yordamchi murabbiylik qilgan. Oʻsha yilning oxirida Cúper bilan birgalikda u Turkiyaning „Orduspor“ jamoasida murabbiylikni boshladi, 2013-yilgacha turk jamoasida ishladi.

2015-yildan 2018-yil iyuligacha Misr terma jamoasida, Héctor Cúper murabbiylar shtabida ishlagan. Misr terma jamoasi bilan birgalikda Afrika Millatlar Kubogi-2017 finaliga chiqgan va turnirning kumush medallarini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Misr terma jamoasi deyarli 30 yil ichida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma olishida hissa qoʻshdi. Misr terma jamoasi bilan Rossiyada boʻlib oʻtgan JCh-2018da ishtirok etdi va yakunda guruhdan chiqa olmadi.

U 2018-yilning avgustidan 2019-yilning sentyabrigacha Héctor Cúper boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. Oʻzbekistonda murabbiylar shtabiga milliy terma jamoani kuchaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Qatarda oʻtkazilgan 2022-yilgi jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi yuklangan edi[2]. 2019-yil sentyabr oyida Héctor Cúper boshchiligida murabbiylar shtabi ishdan boʻshatilgan[3].

2023-yildan Suriya terma jamoasida hamkori Héctor Cúper bilan birgalikda ishlamoqda.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir