Jozo Matošić
Jozo Matošić (1913-yil 27-yanvar – 1999-yil 1-mart) Yugoslaviyalik futbol murabbiysi va oʻyinchisi boʻlgan. Matošić Ikkinchi jahon urushi davrida mashhur Hajduk Split klubining sardori boʻlgan. Shuningdek, Matošić Hajduk klubi tarixida eng koʻp gol urgan oʻyinchi Frane Matošićning akasi edi.[1]
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jozo Matošić | ||
Tavallud sanasi | 27-yanvar 1913-yil | ||
Tavallud joyi | Split, Avstriya-Vengriya imperiyasi | ||
Vafot sanasi |
1-mart 1999-yil (86 yoshda) | ||
Vafot joyi | Dubrovnik, Xorvatiya | ||
Ampluasi | o`ng qanot himoyachisi, darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1931–1946 | Hajduk Split | 187 | (26) |
1946–1947 | Kvarner Rijeka | 22 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
1934–1940 | Yugoslavia | 24 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
1946–1947 | Kvarner Rijeka | ||
1950 | RNK Split | ||
1952–1954 | Hajduk Split | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirMatošić oʻz professional faoliyatini Hajduk Split klubida darvozabon sifatida boshlagan, biroq Luka Kaliterna uni oʻng qanot himoyachiga aylantirgan. Matošić kuchi va xarakteri bilan tanilgan edi. 1930-yillarda Matošić Yugoslaviya milliy futbol jamoasining doimiy aʼzosi boʻlgan. Shu davrda Matošić 1940-41-yilgi Xorvatiya Oliy Ligasida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Matošić Yugoslaviya partizanlari safida boʻlgan. 1944-yilda Vis orolida qayta tashkil etilgan Hajduk Split klubining sardori etib tayinlangan. 1944-yildan 1945-yilgacha Matošić Hajduk Split bilan ittifoqchilar ozod qilgan hududlarni kezib chiqqan. Urushdan keyin Matošić 1945 va 1946-yillarda ikkita SR Xorvatiya chempionatida gʻalaba qozongan. 1946-yil avgustda Matošić Kvarner klubiga (hozirgi HNK Rijeka klubi) oʻtgan va u yerda 1946-47-yilgi mavsumida Yugoslaviya Oliy Ligasida futbolchi va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Koʻp oʻtmay, Matošić oʻz futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Jozo Matošić 1950-yillarda dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri boʻlgan Vladimir Bearani kashf etganligi bilan tanilgan[2].
Hajduk Splitdagi faoliyati davomida Matošić 1952-yilda Yugoslaviya Birinchi ligasida gʻolib chiqgan[3]. Keyinchalik Matošić Dubrovnik shahriga koʻchib borib, u yerda NK GOŠK klubida faoliyat yuritdi. Uning sharafiga Dubrovnik shahridagi futbol akademiyasiga uning nomi berildi.
Yutuqlari
tahrirFutbolchi
tahrir- Hajduk Split
- Xorvatiya Banovina (1): 1940-41
- Hajduk Split
- Xorvatiya Sotsialistik Respublikasi (2): 1945, 1946
Murabbiy
tahrir- Hajduk Split
- Yugoslaviyaning birinchi ligasi (1):1952
- [1]
Manbalar
tahrir- ↑ „Hajduk u sto i jednoj priči“. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
- ↑ „Jozo Matošić mu je reka: Mali, ajde stani na branku!“ (2014-yil 12-avgust). Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
- ↑ „Svi Hajdukovi treneri“. Hajduk Split. Qaraldi: 2020-yil 24-may.
Havolalar
tahrir- Jozo Matošić National-Football-Teams.com saytida
- Jozo Matošić Hajduk Splitda (Xorvatiyada)