Vladimir Beara
Vladimir Beara (serb kirilchasida: Vladimir Beara, 1928-yil 26-avgust – 2014-yil 11-avgust) yugoslaviyalik darvozabon va futbol murabbiysi boʻlgan. Beara professional faoliyatining asosiy qismini Yugoslaviya Federal ligasida Hajduk Split va Red Star Belgrade klublarida, shuningdek, Yugoslaviya milliy futbol terma jamoasida oʻtkazgan. Beara oʻz davrining eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida tan olingan[1][2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 26-avgust 1928-yil | ||
Tavallud joyi | Zelovo,Yugoslaviya qirolligi | ||
Vafot sanasi |
11-avgust 2014-yil (85 yoshda) | ||
Vafot joyi | Split, Xorvatiya | ||
Boʻyi | 1.84 m | ||
Ampluasi | darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1947–1955 | Hajduk Split | 136 | (0) |
1955–1960 | Red Star Belgrade | 83 | (0) |
1960–1963 | Alemannia Aachen | 23 | (0) |
1963–1964 | Viktoria Köln | 23 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1950–1959 | Yugoslavia | 59 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
1964–1966 | Freiburger FC | ||
1966–1967 | Sittardia | ||
1967–1968 | Rijeka | ||
1969–1970 | SC Fortuna Köln | ||
1970–1972 | Hajduk Split (murabbiy yordamchisi) | ||
Osijek | |||
Troglav Livno | |||
1973–1975 | Kamerun | ||
Dinara Knin | |||
Bregalnica Štip | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hayoti
tahrirBeara hozirgi Xorvatiyaning Sinj shahri yaqinidagi Zelovo Sutinsko qishlogʻida etnik kelib chiqishi serb boʻlgan oilada dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Jakov va Mariya edi[3][4]. Splitlik jurnalist Zdravko Reichning aytishicha, Beara davlat aholini roʻyxatga olish jarayonlarida oʻzini xorvat deb koʻrsatgan[5].
Klubdagi faoliyati
tahrirBeara Hajduk Split (1946-1955) klubi safida 308 ta oʻyin oʻtkazdi va oʻz jamoasiga 1950, 1952 hamda 1955-yillarda Yugoslaviya ligasi chempionligini qoʻlga kiritishda koʻmaklashdi.
Beara 1955-yilda uchinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgandan soʻng, Belgradning Red Star (Qizil Yulduz) klubiga oʻtdi (1955-60). Red Star bilan Beara Yugoslaviya ligasi chempionligini 1956, 1957, 1959 va 1960-yillarda qoʻlga kiritdi, hamda 1958 va 1959-yillarda Yugoslaviya kubogini yutdi. Beara Myunxen aviahalokatidan oldingi oʻyinda Manchester Yunaytedga qarshi Belgrade Red Starning darvozaboni boʻlgan edi. 1963-yilda mashhur sovet darvozaboni Lev Yashin, oʻzi emas, balki Vladimir Beara barcha davrlarning eng buyuk darvozaboni ekanligini taʼkidlagan[1][6].
Beara oʻz futbolchilik faoliyatini Germaniyaning Alemannia Aachen (1960-62) va Viktoria Köln (1963-64) klublarida yakunladi.
Milliy terma jamoadagi faoliyati
tahrirBeara 1950-1960-yillar oraligʻida Yugoslaviya milliy terma jamoasi safida 59 ta oʻyin oʻtkazgan[7]. Yugoslaviya milliy jamoasiga kelishi bilan Beara darhol mashhurlikka erishdi. Bunga asosan Arsenalning Highbury stadionida Angliyaga qarshi oʻyinda toʻplarni mohirona qaytarib qolishi sabab boʻldi. Shu vaqtdan boshlab uni koʻpincha „Vladimir Veliki“ laqabi bilan chaqira boshlashdi. Beara 1952-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi va u Vengriyaga qarshi final oʻyinida Yugoslaviya milliy terma jamoasi safida maydonga tushdi hamda kumush medal qoʻlga kiritdi[8]. Beara shuningdek, oʻz mamlakati darvozasini uchta Jahon chempionatida himoya qilgan: 1950-yilgi, 1954-yilgi va 1958-yilgi Jahon chempionatlarida. 1953-yilda Beara Angliyaga qarshi koʻrgazmali oʻyin oʻtkazgan FIFA Jahon Yulduzlari XI tarkibidagi toʻrtta yugoslaviyalik futbolchidan biri edi. Oʻyin 4:4 hisobida durang bilan yakunlandi, bunda Beara faqat bitta gol oʻtkazib yubordi.
Murabbiylik faoliyati
tahrir1967-yilda Beara Germaniyaning Kyoln sport universitetidagi akademiyada (hozirgi Hennes Weisweiler akademiyasida) murabbiylik kursini tugatdi. Beara keyinchalik Germaniya, Niderlandiya, Avstriya va Yugoslaviya klublarida, shuningdek Kamerun milliy terma jamoasida murabbiylik qildi. Uning murabbiylik faoliyatidagi eng yorqin lahza 1971-yilda Slavko Lušticaning yordamchisi sifatida Hajduk Split klubi bilan Yugoslaviya milliy chempionatida gʻalaba qozonishi boʻldi. Bu klubning Beara 1955-yilda futbolni tark etganidan keyingi birinchi chempionligi edi. Bundan tashqari, Beara 1975-yilda Tonnerre Yaunde klubi bilan Afrika Kubogi Gʻoliblari Kubogini qoʻlga kiritdi.
Vafoti
tahrir2014-yil 11-avgustda Bearaning oilasi uning oʻtgan yil davomida bir necha marta insult oʻtkazgani va oqibatda Xorvatiyaning Split shahrida vafot etgani haqida xabar berdi[9]. Beara Katolik Lovrinac qabristoniga dafn etilgan[10]. Bearaning beva xotini Jadrankaning uni katolik qabristoniga dafn etish qarori tanqidga uchradi, chunki Beara Pravoslav cherkoviga eʼtiqod qiluvchi odam edi[11][12].
Oʻyin usuli
tahrirBeara koʻzga tashlanadigan samarali uslubga ega boʻlgan sportchi va oʻziga ishongan posbon edi[1]. Beara nafaqat toʻpni mahkam ushlash qobiliyati va jasurligi tufayli, balki oʻz chegarasidan chetga chiqish qobiliyatiga ham ega edi[2]. Beara nafislikni darvozabonlik mahorati bilan uygʻunlashtira olish qobiliyati tufayli „Poʻlat qoʻlli balet raqqosi“ laqabini oldi[1].
Iqtiboslar
tahrir"Yaxshi darvozabon hozir ham mening davrimdagidek bo‘lishi lozim. Unda jasorat va o‘ziga ishonch bo‘lishi shart".
— Beara o‘zi darvozabon sifatida[1].
"Maqsadimga bo‘lgan ishonchim, to‘pni osongina ilib olish qobiliyatim va zarbalarni jilovlash texnikamni men Luka Kaliternaga bog‘layman. Bu mashg‘ulotlarda biz bajaradigan oddiy mashq edi. U meni beysbol to‘pi kattaligidagi to‘pni tutishga majbur qilardi, shundan so‘ng futbol to‘pini ushlash men uchun juda osonlashib qoldi.
— Bearaning o‘zi darvozabonlik texnikasi haqida[1].
Unda ko‘ngilochar va nozik bir joziba bor edi, shuning uchun uning bukilgan oyoqlari va mukammal muvozanatdagi tanasi bilan bajargan sakrashlari va sho‘ng‘ishlari maftunkor ko‘rinardi. U darvozani xuddi tarang tortilgan prujina kabi, doimo to`pni qaytarishga shay holatda, oyoq uchida turib qo‘riqlardi.
— Bob Wilson Beara haqida[1].
"Men dunyodagi eng yaxshi darvozabon emasman, bu Vladimir Beara".
Yutuqlari
tahrirHajduk Split
- Yugoslaviya birinchi ligasi: 1950, 1952, 1954-551954–55
Red Star Belgrad
- Yugoslaviyaning birinchi ligasi:1955-56, 1956-57, 1958-59, 1959-60
- Yugoslaviya futbol kubogi: 1957-58, 1958-59
- Olimpiya oʻyinlari: Kumush medal 1952
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Jonathan Wilson. „Meet Yugoslavia's ballerina Beara, once the best keeper in the world“. The Guardian (2008-yil 5-may). Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Vladimir Beara: One of the world's finest goalkeepers, who played in the Busby Babes' last game before the Munich disaster“. The Independent (2014-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
- ↑ Mozzart Sport. „PREMOTAVANJE: Beara, grand jeté“ (sr) (2017-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 25-mart.
- ↑ „Što su nam dali Srbi i Crnogorci: od struje do Beare“ (hr-HR). Slobodna Dalmacija (2009-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
- ↑ Zdravko Reić. „Vladimir Beara se nudio Dinamu i nisu ga htjeli, Zvezda zato jest“ (hr) (2014-yil 18-avgust). — „", a onda je, s obzirom na obiteljsku pravoslavnu vjeru, proskribiran kao Srbin iako se Beara oduvijek, u svakom popisu stanovništva deklarirao kao Hrvat"“. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Alex Buturugeanu. „Trădătorii (III): Vladimir Beara“. Istoria Fotbalului (2010-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
- ↑ „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
- ↑ „Vladimir Beara“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
- ↑ „Former goalkeeping great Vladimir Beara dies at 85“. Hindustan Times. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
- ↑ „Legende između vratnica : Vladimir Beara“ (en). Hrvatska reprezentacija (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
- ↑ „Погазили жељу великог Беаре, сахранили га као католика на сплитском Ловринцу!“ (sr-Latn). www.novosti.rs. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
- ↑ „LEGENDARNI GOLMAN HAJDUKA Je li slavni Vladimir Beara pokopan na katoličkom groblju protiv svoje volje? - Jutarnji List“. www.jutarnji.hr (2015-yil 20-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
Havolalar
tahrir- Vladimir BearabilanReprezentacija.rs (Serbiya tilida)
- Nogometni leksikon (2004) (Xorvatiyada)
- Vladimir Beara WorldFootball.net saytida
- Yugoslaviyaning baletchisi Beara bilan tanishing, bir vaqtlar dunyodagi eng yaxshi saqlovchi, guardian.co.uk