Julie Hagen-Schwarz
Julie Wilhelmine Emilie Hagen-Schwarz (talaffuzi: Yuliya Vilgelmina Emiliya Gagen-Shvars; 1824-yil 27-oktyabr, Prangli – 1902-yil 20-oktyabr, Yuryev) – Livoniyada yashagan XIX asr Gʻarbiy Yevropa rassomlik maktabining vakili, rassom August Matthias Hagenning qizi; astronom Lyudvig Eduardovich Shvarsning rafiqasi; professor Bernhard Eduard Otto Körberning kelini, vitse-admiral Lyudvig Bernxardovich fon Kerberning xolasi. Nemis-Boltiqboʻyi portret rassomi[1].
Julie Hagen-Schwarz | |
Tavalludi | 27-oktyabr 1824-yil Prangli, Rossiya imperiyasi |
Vafoti | 20-oktyabr 1902-yil (77 yoshda) Yuryev, Rossiya imperiyasi |
Sohasi | rassom |
Oqim | portret, peyzaj |
Biografiyasi
tahrirJulie Hagen-Schwarz 1824-yil 27-oktyabrda Estlandiyadagi Prangli orolida tugʻilgan. Rassom August Matthias Hagenning toʻngʻich qizi boʻlgan[2]. Oʻsha paytda peyzaj rassomi boʻlgan otasi rafiqasi bilan birga eskizlar yaratish uchun shu orolga kelishgan. Ammo toʻsatdan tugʻruq jarayoni boshlanadi, ota-onasining ehtiyotsizligi sababli tugʻruq paytida egizak akasi vafot etgan. Rasm chizishga bolaligidanoq qiziqa boshlaydi va otasi unga buni oʻrgata boshlaydi. Oʻrta maktabni tugatgach, qiz oʻsha paytda otasi boshqargan Dorpat universiteti qoshidagi chizmachilik maktabiga oʻqishga kiradi. Otasidan farqli oʻlaroq, Julie portret janriga qiziqib qoladi va vaqt oʻtishi bilan isteʼdodli portret rassomiga aylanadi. Maktabni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng, Julie Stefan von Villebois nomidagi universitet stipendiyasini oladi va 1848-yilda Germaniyaga uch yil oʻqishga ketgan. Rasmiy ravishda universitet uni eski rassom ustalarning rasmlarini nusxalash uchun yuborgan, ammo asl maqsadi oʻqishni davom ettirish boʻlgan. Drezdenda Christian Friedrich Gonne bilan birga oʻqigan, soʻngra Myunxenda Johann Moritz Rugendas rassomchilik ustaxonasida oʻqishini davom ettirgan[3] .
Uch yil oʻtgach, Julie qisqa vaqtga Dorpatga qaytib keladi. Koʻp oʻtmay, yosh rassom chet elga sayohat qilish uchun yangi grant oladi, unga imperator Nikolay I tomonidan uch yil davomida oʻqishni davom ettirish huquqini beradigan shaxsiy stipendiya beriladi. Bu safarda otasi unga hamrohlik qilgan. Koʻzi ojiz boʻlib qolgan rassom Italiyada koʻrish qobiliyatini yaxshilash maqsadida bu imkoniyatidan foydalanish uchun qizi bilan ketgandi. Julie Rimda 1832-yildan beri yashab ijod qilgan mashhur nemis janr (turmush manzaralarini aks ettiradigan tasviriy sanʼat turi) va portret rassomi August Riedelning rassomchilik ustaxonasida tahsil olgan.
1854-yilda oʻttiz yoshli Julie oʻzining tugʻilgan joyi Livoniyaga toʻliq malakali rassom sifatida qaytib keladi[4], uning rasmlari Yevropada yaxshi tanilgan va Yevropa koʻrgazmlarida namoyish etilgan. Qaytib kelishi bilan darhol mashhur astronom Lyudvig Shvarsga turmushga chiqadi. Hagen-Schwarz nomi bilan Julie tasviriy sanʼat tarixida qolgan.
Toʻydan koʻp oʻtmay, Julie va uning eri Rossiya geografiya jamiyatining uzoq ekspeditsiyasiga joʻnab ketishadi. Ekspeditsiya mineral boyliklarni oʻrganish va Janubi-Sharqiy Sibirning batafsil xaritasini tuzish bilan shugʻullangan[3]. Kichik otryad va uzoq toʻxtashlar bilan oila togʻlarda 600 milyadan koʻproq masofani bosib oʻtishadi. Yoʻl davomida rassom uzluksiz ishlaydi va ekspeditsiya paytida peyzaj rasmlar yaratadi. 1858-yilda, ekspeditsiyadan qaytgan yili Julie Hagen-Schwarz Sankt-Peterburg Badiiy akademiyasining aʼzosi etib saylangan birinchi ayol hisoblanadi[5][3]. Oʻshandan beri tez-tez Sankt-Peterburgga tashrif buyurib, deyarli barcha poytaxt va milliy koʻrgazmalarda qatnashgan.
Vafoti
tahrirJulie Hagen-Schwarz 1893-yilda 78 yoshga toʻlishiga bir necha kun qolgan Dorpatda vafot etadi, 1893-yilda bu joy Yuryev deb oʻzgartirilgandi. Rassom eski Lyuteran qabristoniga otasi va eri yoniga dafn etilgan. Rassomning ijodiy merosi katta. Tarixchilar hisob-kitoblarga koʻra, Juliening koʻp sonli peyzajlarini hisobga olmaganda, yetti yuzdan ortiq portretlarni chizgan.
Oilasi
tahrir- Onasi Johann von Paumgarten (1802—1885);
- Otasi August Matthias Hagen (1794—1878);
- Eri Lyudvig Eduardovich Shvars (1822—1894);
- Singlisi Gotton Bertha Augustina von Kerber (1832—1912).
Manbalar
tahrir- ↑ Reinart, Heili „Tunnustatuim naiskunstnik meie maal – tartlanna Julie von Hagen-Schwarzi kunstile ja armastusele pühendatud elu“. postimees.ee. Qaraldi: 2018-yil 13-may.
- ↑ „Julie Wilhelmine Emilie Hagen-Schwarz (1824-1902)“. e-kataloogi ESTER. Qaraldi: 2018-yil 13-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Brief biography from the University of Tartu Library.
- ↑ „Julie Wilhelmine Hagen-Schwarz“. E-Kunstisalong. Qaraldi: 2018-yil 13-may.
- ↑ Кондаков С. Н. Юбилейный справочник Императорской Академии художеств. 1764—1914 : В двух томах. — С.-Петербург, 1914—1915. Т. 2.