Yurica Vranješ (talaffuzi: Yurisa Vranesh) (1980-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq professional futbolchi. U ham himoyachi, ham markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan[1].

Jurica Vranješ
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 31-yanvar 1980-yil (1980-01-31) (44 yosh)
Tavallud joyi Osijek, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.86m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—1997 NK Osijek
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—2000 NK Osijek 54 (10)
2000—2003 Bayer Leverkusen 46 (0)
2003—2005 VfB Stuttgart 39 (0)
2005—2011 Werder Bremen 90 (5)
2009—2010Gençlerbirliği (Ijara) 13 (0)
2011—2012 Aris FC 2 (0)
2012 HNK Rijeka 6 (0)
Milliy terma jamoa
1995—1996 Xorvatiya U-18 6 (2)
1997—1999 Xorvatiya U-19 12 (5)
1998—1999 Xorvatiya U-20 2 (0)
1999—2001 Xorvatiya U-21 18 (0)
1999—2007 Xorvatiya 26 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Vranješ Xorvatiyaning Osijek shahrida tugʻilgan. U 1997-yildan 1999-yilgacha mahalliy NK Osijek jamoasida oʻynagan. Baʼzi veb-saytlar Vranješ faoliyatini FK Voyvodinada boshlaganini aytishadi, lekin Vranješning oʻzi bu veb-saytlar oʻz statistikasini Voyvodinada oʻynagan boshqa oʻyinchi Mićo Vranješ bilan chalkashtirib yuborishganini aytgan[2].

Prva HNLda Osijek bilan oʻynaganidan soʻng, u Bayer Leverkuzenga koʻchib oʻtgan va u yerda 2003-yilda VfB Shtutgartga[3] va nihoyat 2005-yilda Werder Bremenga oʻtgunga qadar uch mavsum oʻynagan. 2009-yilning avgustida „Werder“ klubini tark etishi mumkinligini eʼlon qilgan[4]. 2010-yilning 29-yanvarida u „Werder“ni tark etgan va mavsumning qolgan qismida „Gençlerbirligi“ jamoasida iijara shartnomasi asosida oʻynagan[5].

2011-yil sentabrida Vranješ „Aris Saloniki“ jamosiga qoʻshilgan. U „Olimpiakos“ ga qarshi oʻyinda sariq rangli libosda debyut qilgan. Uning shartnomasi 2012-yilning 10-yanvarida bekor qilingan. 2012-yilning may oyida u Xorvatiyaning HNK Rijeka jamoasiga qoʻshilgan va u yerda 2012-yilning noyabrida klub bilan shartnomasi bekor qilinishidan oldin oltita oʻyin oʻtkazgan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

Vranješ Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 2002 FIFA Jahon chempionatida ikkita oʻyinda ishtirok etgan. Vranješ 1998-yilgi 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Xorvatiya terma jamoasida ham oʻynagan, oʻshanda Xorvatiya uchinchi oʻrinni egallagan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klublardagi faoliyati[7][8][9]
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
NK Osijek 1997—1998 Prva HNL 14 1 1 0 15 1 0 0 0 0
1998—1999 25 5 6 0 2 1 33 6 0 0
1999—2000 15 4 1 0 2 0 18 4
Jami 54 10 8 0 0 0 4 1 66 11
Bayer Leverkusen 1999-2000 Bundesliga 2 0 0 0 2 0
2000—2001 21 0 4 0 5 0 30 0
2001—2002 20 0 4 0 12 0 36 0
2002—2003 4 0 2 0 2 0 8 0
Jami 47 0 10 0 0 0 19 0 76 0
Bayer Leverkusen II 2002-2003 Regionalliga Nord 4 0 4 0
VfB Stuttgart 2003-2004 Bundesliga 22 0 2 0 4 0 28 0
2004—2005 17 0 4 0 5 0 26 0
Jami 39 0 6 0 0 0 9 0 54 0
Werder Bremen 2005-2006 Bundesliga 29 1 3 0 4 0 36 1
2006-2007 25 4 1 0 9 0 38 4
2007—2008 22 0 3 0 6 0 31 0
2008—2009 14 0 2 1 2 0 18 1
2009—2010 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
Jami 90 5 9 1 1 0 21 0 121 6
Gençlerbirliği 2009—2010 Süper Lig 13 0 0 0 13 0
Aris FC 2011—2012 Gretsiya Super Ligasi 2 0 0 0 2 0
HNK Rijeka 2012—2013 Prva HNL 6 0 0 0 6 0
Karyerada jami 276 15 31 1 1 0 53 1 361 17

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[10]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xorvatiya 1999-yil 3 0
2000-yil 1 0
2001-yil 3 0
2002-yil 3 0
2003-yil 2 0
2004-yil 5 0
2005-yil 4 0
2006-yil 3 0
2007-yil 2 0
Jami 26 0

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

Osijek

- Xorvatiya kubogi : 1999-yil

Bayer Leverkuzen

- Bundesliga 2-oʻrin sohibi: 1999—2000 2001—2002

- DFB-Pokal ikkinchi oʻrin sovrindori: 2002-yil

- UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin sohibi: 2001—2002

Werder Bremen

- Bundesliga ikkinchi oʻrin sohibi: 2005—2006, 2007—2008

- DFB-Pokal : 2009-yil

- DFL-Ligapokal : 2006-yil

- DFL-Superkubogi : 2009-yil

- UEFA kubogi sohibi: 2008—2009

Shaxsiy yutuqlari tahrir

- Xorvatiyalik eng yaxshi futbolchi : 1998-yil

Manabalar tahrir

  1. „Jurica Vranjes“. BBC Sport (22-may 2002-yil). Qaraldi: 15-fevral 2012-yil.
  2. Šoškić. „Igrači iz bivše SFRJ su svuda zaduženi za atmosferu“ (serbcha). Danas.rs (12-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 10-may 2016-yil.
  3. Jurica Vranješ at National-Football-Teams.com
  4. „Werder will Kader verkleinern“ (olmoncha). mz-web.de. Deutsche Presse-Agentur (24-avgust 2009-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2012-yil.
  5. „Genclerbirligi sign Werder Bremen midfielder“. Ontheminute.com (1-fevral 2012-yil). Qaraldi: 15-fevral 2012-yil.
  6. „S Vranješom potpisan sporazumni raskid“ (xorvatcha). Radio Rijeka (12-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2012-yil.
  7. „Jurica Vranješ » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 7-yanvar 2018-yil.
  8. „Jurica Vranješ statistics“. hrnogomet.com. Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  9. „HNK Rijeka“. nk-rijeka.hr. Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
  10. Jurica Vranješ national team Croatian Football Federation.