Kâhta Adıyaman
Kâhta — Adıyaman viloyatining eng yirik tumani boʻlib hisoblanadi. Aholisi — 127 534 kishi. 41-okrug shahardan 1 km shimolda joylashgan Nemrut togʻi tarixiy va madaniy yodgorliklarga ega.
Kâhta | |
---|---|
Turkiya Bayroq | |
Mamlakat | Turkiya |
{{{tuman_turi}}} | Kâhta |
Aholisi | 127 534 kishi |
Kâhta nomining kelib chiqishi
tahrirTuman nomining manbasi: Manbalarda Kâhta nomining qayerdan kelib chiqqanligi haqida koʻp maʼlumot boʻlmasa-da, „Kâhta“ nomi forschada „Togʻ etagi“ maʼnosini bildirishi va Komagenelilardan oldin mintaqada hukmronlik qilgan forslar tomonidan qoʻllangani koʻrishimiz mumkin. Bu nom eski aholi punkti joylashgan joydan kelib chiqqan boʻlib eski tuman markazi Eski Kâhta nomi bilan atalib, Nemrut togʻining etagida joylashgan hududdir.
Tarixi
tahrirKâhtaning tarixi sivilizatsiyasining boshlangʻich davriMesopotamiya tarixidan oldingi davrlarga borib taqaladi. Geografik joylashuvi tufayli u tarixdan oldingi davrlardan hozirgi kungacha son-sanoqsiz sivilizatsiyalarning oʻchogʻi boʻlib kelmoqda. Mintaqada topilgan arxeologik qazilma boyliklari bugungi kungacha saqlanib qolganlari soʻzimizning yorqin dalilidir. Adıyaman muzeyida paleolit, neolit, kalkolitik va bronza davrlariga oid artefaktlar namoyish etilmoqda. Miloddan avvalgi 2000-yilda Kommageniya qirolligi tashkil etilgunga qadar Xettlar, Mitannilar, Aramilar, Ossuriylar, Soʻnggi Xetlar, Forslar, Kummurlar va Makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy va Sharqiy Rim imperiyasi hukmronlik qilgan.
Miloddan avvalgi 69-yilda asos solingan Kommageniya podsholigi, bugungi kunda dunyoning sakkizinchi moʻjizasi sifatida saqlanib qolingan Nemrut togʻidagi ulkan haykallar va boshqa tarixiy obidalari tumanda muhofazaqilinadi. Mintaqada 142-yil hukmronlik qilgan va bugungi kungacha yetib kelgan osori-atiqalarni qoldirgan Kommageniya qirolligi milodiy 72-yilda Rim imperiyasi tomonidan tugatilib Suriya viloyatiga qoʻshib olingan. Tumanning nomi qadimgi davrlarda va Vizantiya davrida nomaʼlumligicha qolgan boʻlsa ham Oʻrta asrlarda islom olamining chegara qalʼalaridan biri boʻlgan.
Milodiy 670-yilda Umaviylar, 758-yilda Vizantiya va Sosoniylar, 926-yilda Hamdoniylar, 1226-yilda Seçuklular, 1284-yilgacha Mamluklar, Artukiylar va Dulkadiroğulları, 1393-yilda Temuriylar va 1516-yildan keyin Usmonlilar imperiyasi bu hududni egallab oʻz hukumronligini oʻrnatgan.
Kâhta shahri respublikaning dastlabki yillarida hozirgi joyiga koʻchirilgan Kocahisar (Qadimgi Kâhta) qishlogʻida joylashgan. Miloddan avvalgi III asrning birinchi yarmida bu hududda ARSEMES ismli podshoh hukmronlik qilgan deb taxmin qilinadi.
Mamluklar va moʻgʻullar oʻrtasidagi urushlarda Kâhta qalʼasining nomi tez-tez tilga olinadi. 1283—1289-yillarda qal’ani Halep hokimi Kara Sungur tomonidan egalab olgandan soʻng oz vaqtdan keyin Usmonlilar hukmronligi qoʻl ostiga oʻtadi.
Temur Malatya va Kâhtagacha boʻlgan qalʼalarni qoʻlga kiritgach, Beyazid Yildirim qalʼalarga qoʻygan qoʻriqchilarni vazifasidan boʻshatib, turkmanlardan Kara Usmonni taxtga oʻtqazdi. Temurning chekinishi bilan mamluklar mintaqada hukmronlik qila boshladilar. (1417—1418-yillar) Mamluklarning hukmronligi Yavuz Sulton Salim mintaqani egallab olguncha davom etadi.
Kâhta respublika davrida Malatya tumani sifatidagi maqomini saqlab qolgan.
Respublikaning dastlabki yillarida qadimgi Kâhtadan koʻchdi. U hozirgi joyiga, km janubga koʻchiriladi.
Tarixiy joylari
tahrirDunyoning 7-moʻjizasi (dunyoning eng katta ochiq osmon ostidagi muzeyi), Nemrut togʻi xarobalari, Cendere koʻprigi, Qadimgi Kâhta qal’asi, Arsemiya, Karakuş tepaligi asosiy harobalardan biridir. Kâhta boʻylab shu va shunga oʻxshash noyob harobalar mavjud. Dunyodagi eng katta Zevsning haykali Nemrut togʻi harobalarida joylashgan.
-
Cendere ko'prigi
-
Cendere ko'prigi
-
Nemrut haykallari
-
Karakuş yodgorligi
Geografik tuzilishi
tahrirTuman markazining aholi punkti tekislikda joylashgan. Tumanning shimoliy qismi togʻli hududlar boʻlib, bu hududdagi qishloqlar togʻ yonbagʻirlarida, dehqonchilik yerlaridan unumli foydalanishgan. Janubdagi qishloqlar tekislikda joylashgan hududlar hisoblanadi.
Kâhta tumani sharqda Gerger tumani bilan janub va janubi-sharqda esa Şhanlıurfa viloyati bilan janubi-gʻarbda Samsat tumani bilan gʻarbda Adıyaman bilan shimolda Sincik tumani va Malatya viloyati bilan chegaradosh. Hozirgi vaqtda Otaturk toʻgʻoni sharqiy va janubi-sharqiy qismlarda tuman chegarasini tashkil qiladi.
Demografik tuzilmasi
tahrir2taTuman, 102ta qishloq va 18ta mahalladan iborat. Bundan tashqari, tumanning Bölükyayla shaharchasi 4 ta mahalladan va Akıncılar shaharchasi 4 ta mahalladan iborat.
Hokimlari
tahrir- 2019-yil İbrahim Yusuf Turanlı
- 2014—2019-yil Abdurrahman Toprak
- 2009—2014-yil İbrahim Yusuf Turanlı
- 2004—2009-yil Abdurrahman Toprak
- 1999-2004 — AAhmet Turanlı
- 1994-1999 - M. Yasin Erdem
- 1989-1994 — Ahmet Turanlı