Kaʼbapanoh madrasasi qaerda joylashgani va Kaʼbapanoh deb ulug‘langan] shaxsning asl ismini hozircha aniqlanmagan.

Ka’bapanoh madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi tahrir

Uning nomi ikkita hujjatda uchragan. Sadr rais Mir Badriddin arznomasida mulla Fayzulla vafot etgani sababli Ka'ba panoh go‘rxonasi hujrasining bir tarafi bo‘sh qolgani va uning o‘rniga mulla Imomnazar qo‘yilishi so‘raladi. Joy haqi 8 tilla. Keyingi hujjatlarda Mir Badriddin nomi qozikalon unvoni bilan yozilgan. Arznomada hazrat Kaʼba panoh go‘rxonasi hujrasining bir tarafida yashagan mulla Imomnazar ketgani va uning bo‘sh qolgan o‘rniga mulla Abdurahmon ismli talaba o‘tkzilishi bayon qilingan. Joy haqi 7 tilla.[1]

Manbalar tahrir

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 303.