Kalavrita (grekcha: Καλάβρυτα) — Gretsiyadagi kichik shaharcha. Dengiz sathidan 764 metr balandlikdagi Axeyaning togʻli qismida, Aroaniya tizmasining yon bagʻirlarida joylashgan. U Peloponnes yarim orolining shimoliy qismida, Afinadan 142 kilometr g'arbda va Patradan 41 kilometr janubi-sharqda joylashgan. G'arbiy Gretsiyaning chekkasidagi Axeyaning periferik birligidagi xuddi shu nomdagi jamoaning ma'muriy markazi hisoblanadi. Aholisi: 2011-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra 1674 kishini tashkil etadi.

Klavrita
Skyline of Klavrita
38°1′50.99″N 22°6′31.00″E / 38.0308306°N 22.1086111°E / 38.0308306; 22.1086111
Mamlakat Gretsiya
{{{tuman_turi}}} Axeya
Maydon 66,399 km2 (25,637 kv mi)
Markazi balandligi 764 m
Aholisi
 (2011-yil)
1 674 kishi
Milliy tarkib Yunonlar
Konfessiyaviy tarkib Ortodokslar
Telefon kodi +30 2694
Pochta indeks(lar)i 25001
Klavrita xaritada
Klavrita
Klavrita

Tarixi

tahrir

Kalavrita qadimgi Arkad aholi punkti Kinefi (Κυναίθη) o'rnida qurilgan. Taxminlarga ko'ra, shahar o'z nomini XIII asrdagi franklar hukmronligi davrida, shahar axey knyazligining 12 baronidan biriga tegishli bo'lgan - baron Otona de Turne qarorgohi bo'lganida asos solingan bo'lib, u xarobalar ustiga qurilgan qal'a hisoblanadi. Morean yilnomasida fransuzcha talaffuzga ko'ra, u Calovrate deb ataladi. 1430-yilda Kalavrita Tomas Palaiologos boshchiligidagi bo'lingan uchta mustaqil Vizantiya despotatlaridan birining markaziga aylanadi. Ikki yil o'tgach, Konstantin Palaiologos Kalavritaning despotiga aylandi va 1443-yilgacha shunday qoladi.

Kalavrita 1770 va 1821-yillarda Gretsiya mustaqilligi uchun kurashda qatnashgan[1]. Dastlab, eski Patra mitropoliti Parfenius mintaqa aholisini qo'zg'olonga chaqiradi. Va 1821-yilda Sankt-Lavra Kalavrita monastiri bu mintaqada bo'lgan Peloponnes hukmdorlariga qarshi qo'zg'olonni boshladi. 1821-yil mart oyidan boshlab Kalavritada turklarga qarshi muntazam qo'zg'olonlar boshlanadi. Kalavrita aholisining itoatsizligi tufayli turklar shaharni ikki marta, 1826 va 1827-yillarda yoqib yuborishadi. 1829-yilda shaharga tashrif buyurgan amerikalik protestant missioner shahardagi katta vayronagarchiliklar haqida gapiradi, lekin shaharda ba'zi binolar ham saqlanib qolganligini ta'kidlashadi. 1836-yildagi ma'muriy ma'lumotlarda Kalavrita Kinefa nomi bilan tilga olinadi.

Kalavrita qirg'ini

tahrir
 
Kalavritada 1943-yilgi qirg'inda halok bo'lganlar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik

Kalavrita Gretsiyadagi nemis istilosi davrida qattiq repressiyaga uchragan joylardan biri edi. 1943-yil 13-dekabrda nemis armiyasi shaharning deyarli barcha erkak aholisini otib tashlaydi va shaharni yoqib yuborishadi.

Turli manbalar repressiya natijasida vafot etganlar soni bo'yicha qarama-qarshi ma'lumotlarni taqdim etadi, ammo ko'pchilik manbalar 800 ga yaqin aholi o'ldirilgani haqiqatga yaqin deya tahmin qilishadi.

Kalavrita bugun

tahrir

Bugungi kunda shahar Peloponnesdagi eng muhim sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi. Qishda ko'plab sayyohlar bu yerga mahalliy tog'lar yonbag'irlarida chang'ida yurish uchun tashrif buyurishadi. Gretsiyadagi mavjud eng yirik chang'i markazlaridan biri Kalavrit hududida joylashgan. Sayyohlar boshqa turistik diqqatga sazovor joylarga Muqaddas Lavra va Mega Spileo monastirlari, shuningdek, mahalliy tabiat yodgorliklariga borishadi. Shuningdek Kastriya qishlog'i yaqinidagi "Ko'llar g'ori" va Vouraikos daryosi darasi va u orqali o'tuvchi mashhur temir yo'l ham sayyohlar orasida mashxur.

Kalavrita - Diakopton Raf temir yo'llari

tahrir
 
Klavrita temir yo'l stansiyasi

Raf temir yo'li 1895-yilda qurilgan va Korinf ko'rfazi sohilidagi Diakopton shahri va Kalavritani bog'lash uchun mo'ljallangan edi. Bu yo‘l relyefining murakkabligi va yo‘lning balandligi baland bo‘lgani uchun o‘z davrining eng murakkab loyihalaridan biri bo‘lgan. Hozirda bu temir yo'l Gretsiyadagi eng baland temir yo'l hisoblanadi. Poyezdning katta qiyaligi bo'lgan yo'lda harakatlanishini ta'minlash uchun qiyalik burchagi 10% dan ortiq bo'lgan uchastkalarda uchinchi tishli rels o'rnatilgan. Temir yoʻl butun uzunligi boʻylab umumiy uzunligi 22 kilometr boʻlgan koʻplab koʻpriklar, daralar va tunnellardan oʻtadi.

Kalavrita hamjamiyati

tahrir

Kalavritaning kommunal jamoasi umumiy oltita aholi punkti va Muqaddas Lavra monastirini o'z ichiga qamrab oladi. Aholisi: 2011-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra 1829 kishi hisoblanadi. Maydoni 66 399 kvadrat kilometrni tashkil etadi.

Aholi punktlari nomi Aholi soni
Avlon 31
Vraxnion 13
Kalavrita 1674
Krastiki 54
Muqaddas Lavra Monastiri 10
Suvardon 38
Stasi-Kirpinis 9
Yil Aholi soni
1991-yil 1848 [2]
2001-yil 1679 [2]
2011-yil 1674

Havolalar

tahrir