Kameyama (yaponcha: 亀山市 Kameyama-shi?) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharda 21,745 ta xonadonda 49,457 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 260 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 190,91 km2 (73,71 sq mi) ga teng.

Kameyama

亀山市
Shahar
Skyline of Kameyama
Kameyama
Bayroq
Kameyama
Gerb
34°51′20.5″N 136°27′5.8″E / 34.855694°N 136.451611°E / 34.855694; 136.451611
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Kansai
Prefektura Mie
Hukumat
 • Mayor Yoshiyuki Sakurai (since February 2009)
Maydon 190.91 km2 (73.71 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2021-yil)
49 457 kishi
Zichligi 190 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9
Telefon kodi 0595-82-1111
Kameyama xaritada
Kameyama
Kameyama

Geografiyasi

tahrir

Kameyama Mie prefekturasining shimoliy-markaziy qismida joylashgan. Shaharni shimoli-gʻarbiy qismidan Suzuka togʻlari, janubi-gʻarbiy qismidan esa Nunobiki togʻlari oʻrab turadi. Shahar hududining yarmidan koʻpi oʻrmonlardan iborat.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Mie prefekturasi

Shiga prefekturasi

Iqlimi

tahrir

Kameyama nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Kameyamada oʻrtacha yillik harorat 15.1 °C (59.2 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,853.7 mm (72.98 in) eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.7 °C (80.1 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 4.3 °C (39.7 °F) boʻladi.

Kameyama (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 16,9 21,2 25,6 29,9 32,9 35,4 38,3 37,9 35,7 32,7 25,9 21,5 38,3
Oʻrtacha maksimal, °C 8,8 9,6 13,5 19,1 23,5 26,3 30,2 31,7 27,7 22,3 16,8 11,3 20,1
Oʻrtacha harorat, °C 4,3 4,7 8,0 13,2 18,0 21,6 25,6 26,7 23,0 17,4 11,7 6,6 15,1
Oʻrtacha minimal, °C 0,1 0,3 3,0 7,9 12,9 17,6 22,1 22,9 19,2 13,0 6,8 2,2 10,7
Mutlaq minimal, °C −5,8 −6,5 −4,4 −1 3,7 9,6 14,0 14,4 8,1 1,9 −1,7 −5,4 −6,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 57,3 68,8 120,0 153,4 203,0 255,8 211,2 180,8 284,1 178,8 81,3 59,3 1 853,7
Manba: Japan Meteorological Agency[2][3]

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Kameyama aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida sekin oʻsgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
196039,148—    
197037,817−3.4%
198040,578+7.3%
199045,045+11.0%
200046,606+3.5%
201051,047+9.5%

Tarixi

tahrir

Kameyama Tokugava syogunati ostidagi Ise-Kameyama domeniga tegishli boʻlgan Kameyama qal’asi sifatida rivojlangan. XVII asrning boshlarida qal’a shaharchasi Kameyama-juku, Tokaidoning qirq oltinchi pochta stansiyasi edi. Tokaidodagi Seki-juku va Sakashita-juku ham uning chegaralariga kiradi. Ilk Meidzi davrida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini tashkil etish jarayonida Kamayama-juku Suzuka tumanidagi Kameyama shahri sufatida tashkil etilgan. 1954-yil 1-oktyabrda u shahar maqomiga koʻtarildi.

2005-yil 11-yanvarda Seki shahri (Suzuka tumanidan) Kameyamaga birlashtirildi.

Hukumat

tahrir

Kameyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kameyama Mie prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 2-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Shamlar shaharning anʼanaviy mahsuloti hisoblanadi. Sharp korporatsiyasi 2004-yil 8-yanvardan beri shaharda dunyodagi eng yirik LCD zavodlaridan birini boshqarib kelmoqda. 

Taʼlim tizim

tahrir

Kameyamada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn bitta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va uchta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.

Transport

tahrir
 
Seki-juku (Tokaido)

Temir yoʻl

tahrir

  JR Tokai — Kansai magistral liniyasi

  • Idagava — Kameyama

  JR Tokai — Kisei magistral liniyasi

  • Kameyama — Shimonoshō

  JR Gʻarb — Kansay magistral liniyasi

  • Kameyama - Seki - Kabuto

Magistral yoʻl

tahrir
  •   Higashi-Meihan ekspress yoʻli
  •   Ise tekor yoʻli
  •   Shin-Meishin tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 1
  • Milliy yoʻnalish 25
  • Milliy yoʻnalish 306

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir

Xalqaro munosabatlar

tahrir

Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar

tahrir

Kameyama bilan birodarlashgan shaharlar :

Taniqli odamlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir