Kamikoani (yaponcha: 上小阿仁村 Kamikoani-mura?) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 31-yanvar holatiga koʻra, qishloqda 1097 xonadonda 2247 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 8,8 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Qishloqning umumiy maydoni 256,72 kvadrat kilometr (99,12 mi²) ni tashkil etadi.

Kamikoani

上小阿仁村
Qishloq
Skyline of Kamikoani
Kamikoani
Bayroq
Kamikoani
Gerb
40°3′48.1″N 140°17′44.3″E / 40.063361°N 140.295639°E / 40.063361; 140.295639 G OKoordinatalari: 40°3′48.1″N 140°17′44.3″E / 40.063361°N 140.295639°E / 40.063361; 140.295639 G O
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 25,672 km2 (9,912 mi²)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil yanvar)
2 247
Zichligi 8.8 kishi/km2
Kamikoani xaritada
Kamikoani
Kamikoani

Geografiyasi tahrir

Kamikoani shimoliy-markaziy Akita prefekturasining tekisliklarida joylashgan. Qishloq quruqlikda joylashganligi sababli qishda kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar tahrir

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Kamikoani aholisi soni 1960-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻshandan buyon doimiy ravishda kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19205,526—    
19305,302−4.1%
19405,461+3.0%
19506,529+19.6%
19606,972+6.8%
19705,242−24.8%
19804,352−17.0%
19903,726−14.4%
20003,369−9.6%
20102,747−18.5%
20202,063−24.9%

Iqlimi tahrir

Mitane nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa) boʻlib, katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Kamikoani shahrida oʻrtacha yillik harorat 9,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1626 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,3 °C, eng past harorat esa yanvarda, −3,2 °C atrofida boʻladi[3].

Tarixi tahrir

Deva viloyatidagi „Kotani qishlogʻi“ Toyotomi Hideyoshi davriga oid maʼlumotlarda qayd etilgan. Edo davrida, hudud Kubota domenidan viloyatning shimoliy uchdan bir qismini boshqargan Satake sulolasining nazorati ostida boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud 1878-yilda Akita prefekturasining Kitaakita okrugi tarkibiga kiritildi. Kamikoani qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilish davrida tashkil etilgan.

Shifokor yetishmasligi tahrir

2008-yilning fevral oyida Kamikoani shahrida 20 yildan ortiq chekka hududlarda ishlab kelgan erkak shifokor ish boshladi. U shunday dedi: „ Bu qishloq mening shifokorlik faoliyatimdagi oxirgi joy. Men dori-darmonlarni oʻrganishni davom ettirmoqchiman, chunki menda bu yerdagi odamlarga nisbatan muhabbat va qiziqish bor.“ Ish boshlaganidan keyin toʻrtinchi oyda u isteʼfoga chiqish niyatini bildirdi va ikki oydan keyin ishdan ketdi[4][5]. 2009-yilda 61 yoshli shifokor ayol Yukiko Arisava alohida orollarda va Tailandda ishlagandan soʻng Kamikoani qishlogʻida ishlashni boshladi. U 2010-yil mart oyida isteʼfoga chiqish niyatini bildirdi, biroq uning oʻrniga boshqa shifokor topishga vaqt kerak degan xavotir tufayli, uning istefosi 2011-yil martiga qadar qoldirdi. Ushbu toʻsatdan isteʼfolar uchun qishloq idorasi tomonidan nashr etilgan rasmiy jamoatchilik bilan aloqalar jurnali Kouhou Kamikoani xabar berishicha, shifokorlar mahalliy qishloq aholisi tomonidan doimiy taʼqiblardan aziyat chekkan[6]. Jurnaldagi maqolaga koʻra, shifokorga qoʻpol soʻzlar aytib qoʻngʻiroqlar qilishgan, uning harakatlari tanqidga uchragan. Kechasi bemorlarga yordam berish uchun uyi oldiga datchikli chiroq oʻrnatganida, yorugʻlik va oylik elektr toʻlovini oʻzi toʻlagan boʻlsa-da, soliq pullarini isrof qilishda ayblangan. Boshqa bir qishloq ahli sendvich sotib olgani borganida, tushlik qilishga vaqti boʻlmagani uchun "Qiziq, kasallar kutib turgan holda qanday qilib doʻkonga borasizlar ", deb aytgan. 2009-yilda shifokor bor-yoʻgʻi 18 ta taʼtil oʻtkazishga muvaffaq boʻldi, biroq baʼzilar "Ish kunlarida qanday dam olish mumkin? " deyishdi va 17-avgust kuni taʼtilga chiqqanida uni tanqid qilishdi. Shuningdek, kimlardir uning uyi oldida tuhmat soʻzlari yozilgan varaqalarni tarqatib yurgan.

Iqtisodiyoti tahrir

Kamikoani iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim tizimi tahrir

Kamikoanida qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta boshlangʻich/oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Qishloqda oʻrta maktab mavjud emas.

Transporti tahrir

Temir yoʻl tahrir

Kamikoani qishlogʻida yoʻlovchilar uchun hozirda temir yoʻl xizmati yaratilmagan.

Magistral yoʻl tahrir

  • Milliy yoʻnalish 285

Qardosh shahar munosabatlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. Kamikoani Village official statistics (yaponcha)
  2. Kamikoani population statistics
  3. data
  4. "The only doctor in village quits. Caused by heartless jeering to a hardworking doctor from villagers? — Kamikoani village, Akita". Yomiuri Shimbun. March 10, 2010
  5. "Rendering great service to Non-Doctor village Dr.Matsuzawa arrives at Kamikoani in Akita". Kawakita Shimpo. February 7, 2008
  6. March edition. p.16 Kouhou Kamikoani. March 10, 2010
  7. „International Exchange“ (inglizcha). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.

Havolalar tahrir