Noshiro (yaponcha: 能代市 Noshiro-shi?) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2022-yil 30-aprel holatiga koʻra, shaharda 24.200 ta xonadonda 49.935 kishi yashagan.

Noshiro

能代市
Shahar
Skyline of Noshiro
Noshiro
Bayroq
Noshiro
Gerb
40°12′42.4″N 140°1′37.5″E / 40.211778°N 140.027083°E / 40.211778; 140.027083 G OKoordinatalari: 40°12′42.4″N 140°1′37.5″E / 40.211778°N 140.027083°E / 40.211778; 140.027083 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Tohoku viloyati
Asos solingan 658 AD
Iqlim turi nam subtropik iqlim
Aholisi
 (2019-yil dekabr)
52 283
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Noshiro xaritada
Noshiro
Noshiro

Geografiyasi tahrir

Noshiro Akita prefekturasining shimoli-gʻarbidagi tekis qirgʻoq tekisligida joylashgan boʻlib, gʻarbda Yapon dengizi bilan chegaradosh. Yoneshiro daryosi shahar boʻylab oqib oʻtadi va Noshiro porti yaqinida Yapon dengiziga quyiladi. Mintaqaning eng baland nuqtasi Yakeyama togʻi boʻlib, uning balnadligi 963.1 metr (3,160 ft) ga yetadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar tahrir

Iqlimi tahrir

Noshiro nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa) boʻlib, katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yil davomida yogʻingarchilik sezilarli boʻlsa-da, ammo avgustdan oktyabrgacha eng kuchli yogʻingarchilik darajasi kuzatilgan. Noshiroda oʻrtacha yillik harorat 11.5 °C (52.7 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,494.4 mm (58.83 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.3 °C (75.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 0.2 °C (32.4 °F) atrofida boʻladi.

Noshiro (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 11,4 18,3 19,8 27,1 30,7 33,1 36,8 39,1 37,7 27,2 23,5 16,1 39,1
Oʻrtacha maksimal, °C 2,9 3,7 7,5 13,6 19,1 23,2 26,7 28,7 24,9 18,5 11,9 5,7 15,5
Oʻrtacha minimal, °C −2,5 −2,4 0,0 4,4 10,3 15,2 19,6 20,6 16,1 6,7 4,1 −0,3 7,9
Mutlaq minimal, °C −12,4 −12,4 −10,5 −4,5 0,0 5,8 11,5 12,4 6,1 1,4 −4,1 −8,8 −12,4
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 114,8 86,0 79,5 86,3 105,5 100,2 162,5 155,9 154,6 147,7 157,5 143,9 1 494,4
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[1][2]

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Noshiro aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
196082,722—    
197077,011−6.9%
198076,028−1.3%
199069,516−8.6%
200065,237−6.2%
201059,095−9.4%

Tarixi tahrir

Nihon Shoki va boshqa qadimiy yilnomalarga koʻra, Noshiro — Abe no Hirafu boshchiligidagi Yamato sudi tomonidan yuborilgan ekspeditsiyaning eramizdan avvalgi 658-yilda mahalliy Emishi qabilalarini boʻysunishga majbur qilish buyrugʻiga asosan toʻxtagan hududi hisoblanadi. Balxaydan kelgan savdo kemalari Noshiro portiga miloddan avvalgi 771-yilda kelib toʻxtashgan. Edo davrida hozirgi Noshiro hududi Tokugava syogunati ostida Kubota domenini boshqargan Satake urugʻi hukmronlik qilgan, qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Tokugava syogunati davrida shahar muhim savdo markazi vazifasini bajargan, turli mahsulotlar, shu jumladan guruch uchun yuk tashish porti boʻlgan va Meiji tiklanishidan keyin shahar yirik yogʻoch ishlab chiqaruvchi hududga aylantirilgan[4]. Nishirominato shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan.

Noshiro shaharchasi 1940-yil 1-oktyabrda Noshirominato shahri va Shinonome va Sakaki (barchasi Yamamoto tumanidan edi) qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Shahar Gilbert orollari va Filippindagi janglarda qatnashgan yapon agano klass kreyseri Noshiro nomi bilan atalgan, u 1944-yil oktyabr oyida Filippinda janglar paytida Amerika torpedasi tomonidan choʻktirilgan.

2006-yil 21-martda Futatsui shahri (Yamamoto tumanidan) Noshiroga qoʻshib olingan[5].

Hukumat tahrir

Noshiro toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shaharning Yamamoto okrugi shaharlari bilan birgalikda Akita prefekturasi assambleyasiga toʻrtta aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 2-Aichi tumani tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti tahrir

Noshiro iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va tijorat baliqchilikka asoslangan. Tohoku Electric Power tashkiloti shahardagi koʻmir/biomassa bilan ishlovchi elektr stansiyasi boʻlgan Noshiro issiqlik elektr stansiyasini boshqaradi.

Taʼlim tizimi tahrir

Noshiroda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻnta davlat boshlangʻich maktabi va yetti davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Shu bilan birgalikda shaharda Noshiro texnikumi ham faoliyat yuritadi

Transporti tahrir

Aeroport tahrir

Noshirodagi Odate-Noshiro aeroporti 1998-yilda ochilgan

Temir yoʻl tahrir

  Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

  • Higashi-Noshiro - Tsurugata — Tomine — Futatsui

  Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Gono liniyasi

  • Higashi-Noshiro — Noshiro — Mukai-Noshiro — Kita-Noshiro — Torigata

Magistral yoʻl tahrir

  • Akita tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 7
  • Milliy yoʻnalish 101

Dengiz portlari tahrir

Qardosh shahar bilan munosabatlari tahrir

Mahalliy diqqatga sazovor joylar tahrir

  • Kaze no Matsubara — Yaponiya Atrof-muhit vazirligi tomonidan Yaponiyaning 100 ta tovush manzaralaridan biri qatoriga kiritilgan[6]
  • Noshiro suzish plyaji
  • Noshiro Onsen

Festivallar tahrir

Noshirolik taniqli odamlar tahrir

Gallereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
  2. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil.
  3. Noshiro population statistics
  4. „Noshiro | Japan | Britannica“ (inglizcha). www.britannica.com. Qaraldi: 18-oktabr 2022-yil.
  5. „arxiv nusxasi“ (yaponcha). Noshiro official website. Noshiro city. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2011-yil.
  6. „100 Soundscapes of Japan“. Ministry of the Environment. Qaraldi: 8-dekabr 2015-yil.

Havolalar tahrir