Kitaakita (yaponcha: 北秋田市 Kitaakita-shi?) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 30-noyabr holatiga koʻra, shaharda 14021 ta xonadonda 31504 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 27 nafarni tashkil qilgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 1,152,76 kvadrat kilometr (445,08 mi²) ga teng.

Kitaakita

北秋田市
Shahar
Skyline of Kitaakita
Kitaakita
Bayroq
Kitaakita
Gerb
40°13′33.7″N 140°22′14.6″E / 40.226028°N 140.370722°E / 40.226028; 140.370722 G OKoordinatalari: 40°13′33.7″N 140°22′14.6″E / 40.226028°N 140.370722°E / 40.226028; 140.370722 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Tōhoku
Asos solingan 2005-yil 22-mart
Maydon 115,276 km2 (44,508 mi²)
Iqlim turi nam kontinental
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil noyabr)
31,504
Zichligi 27 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Kitaakita xaritada
Kitaakita
Kitaakita

Geografiyasi tahrir

Kitaakita shimoli-sharqidagi Akita prefekturasining togʻlari, sharqda Ou togʻlari bilan oʻralgan. Shaharning bir qismi Tovada-Hachimantay milliy bogʻi chegaralarida joylashgan. Shahar hududining katta qismi oʻrmon bilan qoplangan. Ichki joylashuvi tufayli shahar qishda kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Bu prefektura poytaxti Akita shahridan taxminan 80 kilometr shimoli-sharqda oʻrin egallagan.

 
Kitaakita shahar hokimiyati

Qoʻshni munitsipalitetlar tahrir

Iqlimi tahrir

Kitaakita nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etiladi. Kitaakitada oʻrtacha yillik harorat 10.5 °C (50.9 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,704.7 mm (67.11 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.7 °C (74.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.5 °C (29.3 °F) atrofida boʻladi.

Takanosu, Kitaakita (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 10,6 17,6 20,4 30,0 32,5 34,0 37,4 38,6 37,9 28,6 23,0 16,0 38,6
Oʻrtacha maksimal, °C 1,7 2,9 7,1 14,3 20,2 24,4 27,5 29,0 24,9 18,2 10,9 4,2 15,4
Oʻrtacha minimal, °C −4,7 −4,7 −2,1 2,5 8,7 14,2 18,7 19,4 14,6 7,4 1,8 2,2 6,1
Mutlaq minimal, °C −17,6 −17,8 −15,3 −9,2 −1,9 4,9 6,7 9,8 3,0 −1,7 8,8 −14,5 −17,8
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 116,7 92,4 97,0 103,4 116,3 119,8 214,7 198,1 164,7 162,7 167,8 151,4 1 704,7
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[2][3]


Aniai, Kitaakita (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 11,1 16,1 19,0 28,8 32,0 33,3 36,3 37,1 34,3 27,4 24,3 18,2 37,1
Oʻrtacha maksimal, °C 1,0 2,1 6,0 13,5 20,2 24,2 27,4 28,7 24,3 17,6 10,6 3,6 14,9
Oʻrtacha minimal, °C −5 −5 −2,6 1,8 8,0 13,1 17,9 18,7 14,2 7,3 1,7 −2,5 5,6
Mutlaq minimal, °C −16,4 −17,2 −15,8 −8,5 −1,3 5,2 9,5 9,8 3,2 −0,7 −7,8 −12,6 −17,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 164,3 125,0 132,0 131,8 133,9 136,6 233,8 240,0 193,9 191,2 218,0 199,3 2 099,7
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[4][5]


Odate–Noshiro Airport, Kitaakita (2003−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 9,3 17,1 19,2 28,6 31,3 33,0 35,6 37,3 35,6 26,7 22,7 15,4 37,3
Oʻrtacha maksimal, °C 0,9 2,2 6,4 13,4 19,8 24,0 26,8 28,6 24,3 17,6 10,6 3,6 14,9
Oʻrtacha minimal, °C −5,3 −5,5 −2,6 1,5 7,9 13,1 18,0 19,1 14,1 6,5 1,3 −2,9 5,4
Mutlaq minimal, °C −15,8 −15,8 −12,6 −5,2 −1,5 4,3 9,9 11,3 4,6 −2,5 −7,5 −11,5 −15,8
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 81,1 72,7 92,7 109,5 100,7 112,8 211,9 211,5 165,6 160,6 169,0 130,2 1 603,1
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[6][7]

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[8], Kitaakita aholisi soʻnggi 60 yil ichida tez suratlar bilan kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195064,607—    
196066,15+2.4%
197055,601−15.9%
198051,21−7.9%
199046,66−8.9%
200042,05−9.9%
201036,397−13.4%
202030,198−17.0%

Tarixi tahrir

Hozirgi Kitaakita hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, hudud Kubota domenidan viloyatning shimoliy uchdan bir qismini boshqargan Satake sulolasi nazorati ostiga berilgan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud 1878-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Akita prefekturasi Kitaakita tumani tarkibiga kiritildi.

Kitaakita shahri 2005-yil 22-martda Aikava, Ani, Moriyoshi va Takanosu (barchasi Kitaakita tumanidan) shaharlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Hukumat tahrir

Aisay toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Akita prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 2-akita tumani tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti tahrir

Kitaakita iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga asoslangan.

Taʼlim tizimi tahrir

Kitaakita shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻnta davlat boshlangʻich maktabi va beshta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabiga faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Shu bilan birgalikda, shaharda Akita universiteti — Kitaakita filiali kampusi ham mavjud

Transporti tahrir

Aeroport tahrir

Temir yoʻl tahrir

Magistral yoʻl tahrir

  • Akita tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 7
  • Milliy yoʻnalish 105
  • Milliy yoʻnalish 285
  • Milliy yoʻnalish155

Mahalliy diqqatga sazovor joylar tahrir

Kitaakita shahrida Yasu sharsharasi enng mashhur joylardan biri boʻlib, Yaponiyaning eng yaxshi 100 sharsharalaridan biri hisoblanadi. Yana bir ahamiyatga ega hudud — Isedotay manzilgohi esa Jomon davri arxeologik yodgorligi va milliy tarixiy yodgorlikni oʻzi mujassamlashtirgan manzilgohdir[9]

Gallereya tahrir

Qardosh shahar bilan munosabatlari tahrir

Kitaakita shahridan taniqli odamlar tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir