Kamoliddin Oʻrinboyev
Kamoliddin Turdimurodovich Oʻrinboyev — Oʻzbekiston yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. 2020-yil 16-iyundan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori[1][2][3].
Kamoliddin Turdimurodovich Oʻrinboyev Камолиддин Турдимуратович Ўринбоев | |||
---|---|---|---|
Tavalludi |
21-avgust 1985-yil | ||
Faoliyat yillari | 2007-yildan | ||
Fuqaroligi | Oʻzbekiston | ||
Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi | ||
Millati | oʻzbek | ||
Mukofotlari |
|
Biografiyasi
tahrir1985-yilda tug‘ilgan. Musiqiy taʼlimni Glier nomidagi musiqa akademik litseyida gʻijjak va skripka chalishni oʻrganishdan boshlagan. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining bakalavr bosqichini 2007-yilda, magistratura bosqichini 2009-yilda tugatgan. 2009-yili Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining dirijyorlik fakultetiga oʻqishga kirdi. Sovet Ittifoqi xalq artisti Gennadiy Rojdestvenskiydan tahsil oldi[4].
Janubiy Koreyaning „Buyuk ipak yo‘li“ (koreyscha: 그레이트 실크로드), Rossiyaning „Yangi nomlar“ (ruscha: Новые имена), „Spivakov taklif qilmoqda“ (ruscha: Спиваков приглашает) tanlovlarida ishtirok etgan. Qozog‘istonda oʻtkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlarida qatnashgan. 1998-yilda Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan Xalqaro musiqa festivali laureati, 2007-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari 2-xalqaro tanlovida 1-darajali diplomga sazovor boʻlgan. 2009-yilda MDHga aʼzo davlatlar mumtoz musiqa ijrochilarining „Kreml yulduzlari“ (ruscha: Кремлёвские звёзды) xalqaro festivali laureati boʻlgan[5].
Rossiya Davlat akademik simfonik orkestri, Ukraina milliy simfonik orkestri, Katta simfonik orkestri, Ippolitov-Ivanov simfonik orkestri, Brandenburg simfonik orkestri, Oʻzbekiston milliy simfonik orkestriga dirijyorlik qilgan[6].
Opera dirijyori sifatida ham Katta teatrda chiqish qilgan. „Alisher Navoiy“ va „Fidelio“ operasiga dirijyorlik qilgan[7].
2014-yilda bir guruh yosh hamfikr musiqachilar bilan birgalikda O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestriga asos solgan[8]. 2015-yil avgust oyida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi qarori bilan ushbu tashkilot qoshida orkestr rasman o‘z faoliyatini boshladi. 2020-yilda orkestr davlat rahbarining qarori bilan Madaniyat vazirligiga oʻtkazildi[9].
Mukofotlari
tahrir2014-yilda Kamoliddin O‘rinboyev „Oʻzbekiston belgisi“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu yil dekabr oyida Prezident Islom Karimovning farmoni bilan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni berildi.
2022-yil 31-avgustda Ozarbayjonning "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi[10].
2024-yil 24-avgustda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan „Oʻzbekiston xalq artisti“ unvoni berildi[11].
Manbalar
tahrir- ↑ „Уринбаев Камолиддин Турдимуратович“. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Kamoliddin O‘rinboyev O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi“. kun.uz.
- ↑ „Kamoliddin O‘rinboyev Davlat konservatoriyasi rahbari bo‘ldi“. gazeta.uz.
- ↑ „«Три звезды» в Государственной консерватории Узбекистан/“. Национальный филармонический оркестр России (НФОР).
- ↑ „О фестивале «Владимир Спиваков приглашает…»“. Национальный филармонический оркестр России (НФОР).
- ↑ „Brandenburgisches Staatsorchester Frankfurt“.
- ↑ „“Chxunxyan-chjon” Koreya milliy opera namoyishi“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri tashkil etildi“.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги ҳузурида Ўзбекистон давлат симфоник оркестрини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида“. LexUz.
- ↑ „Насиба Абдуллаевага “Озарбайжон халқ артисти” унвони берилди“.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
Havolalar
tahrir- Master Show | Facebook
- „В Ташкенте прошел благотворительный концерт Национального филармонического оркестра России под руководством известного дирижёра и скрипача Владимира Спивакова“.
- „Xalq artistlari klubi / Telegram“.
- „Концерт звезд театра La Scala в сопровождении Молодежного симфонического оркестра Узбекистана“.
- „Madaniyat vazirligi / Telegram“.