Kamon (musiqada) — 1) bir uchidan ikkinchisiga qil tutami tortilgan tayoqcha; gʻijjak, skripka kabi torli cholgʻu asboblarini chalish uchun ishlatiladi. Kamonning ishqalanishidan tor tebranib tovush chiqaradi. Tuzilishi jihatdan kamonga nisbatan takomillashgan smichok hozir kamon oʻrnida qoʻllanadi va u ham kamon deb yuritiladi;

2) Kavkaz, Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida gʻijjakning nomi, kamoncha deb ham ataladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil