Kampirchopon
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kampirchopon (Trichodesma incanum (Bunge) ADC.) — govzabonguldoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi sershox, yer bagʻirlab, baʼzan tikka oʻsadi, boʻyi 30—100 sm. Oʻsimlikning hamma qismlari kumushsimon oq tuklar bilan qoplangan. Barglarining hamma qismlari kumushsimon oq tuklar bilan kalin qoplangan, seret, tuxumsimon, bandsiz. Gullari zangori, tarvaqaylagan roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi tuxumsimon yongʻoqcha. Apr.—okt.da gullab mevalaydi. Ildizi oʻq ildiz. Bosh ildizi 5— 6 m chuqurlikkacha kiradi, ildiz boʻgʻzidagi kurtaklardan yer usti novdalari oʻsadi. Vegetativ va urugʻidan koʻpayadi, qishlab chiqqan urugʻlari 7—10° t-rada unadi. Mart — aprel boshida maysalari koʻkaradi. Bir tup i 1000 tagacha urugʻ beradi. Urugʻi tuproqqa sochilib ketadi. Oʻsimlik va urugʻlari zaharli.
Kurash choralari: oʻtoq qilish, ekin hosili yigʻishtirilgach, yerni 10— 12 sm chuqurlikda yumshatish, chimqirqar plug bilan 30—35 sm chukurlikda kuzgi shudgor. Don ekinlarini 2,4-D tipidagi gerbitsidlar bilan dorilash. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |