Kandirsoy
Kandirsoy — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining chap irmogʻi. Qurama tizmasining shimoliyyon bagʻridan boshlanadi. Uz. 21 km. Havzasining maydon 96 km2, oʻrtacha balandligi 1550 metr. Oʻrta oqimida Oqtosh, Koʻnikti, Toshbuloq va b. soylar qoʻshiladi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sar-fi 0,61 m3/sek., bahor oylarida 2,50 m3/sek. Quyi oqimida bir necha ariqlarga boʻlinib ketadi. Ohangaron daryosigacha yetib bormaydi.[1]
Kandirsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 21 |
Suv sarfi | 2,5 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |