Qorashina
Qorashina (ruscha: Карашина) — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan shaharcha. Dehqonobod tumanning maʼmuriy markazi. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomini olgan. U Dehqonobod tumanidagi ikkita shaharchadan biri hisoblanadi.
Qorashina | |
---|---|
shaharcha | |
38°20′32″N 66°33′43″E / 38.34222°N 66.56194°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Dehqonobod tumani |
Iqlim turi | kontinental |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Aholisi | 23 200 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Etimologiyasi
tahrirShaharcha qora va shin yoki shina soʻzlaridan tarkib topgan. Shaharcha nomining Qarashina shaklidagi talaffuzi ham uchrab turadi. Turkiy va moʻgʻul tillarida qora, qara va xara soʻzlari balandlik, doʻnglik maʼnosida qoʻllangan. Qozoq tilida shin soʻzi choʻqqi, togʻning baland choʻqqisi, yuksak qoyasi maʼnosini bildiradi. Shuningdek, ting va shing soʻzlari ham togʻ choʻqqisi deganidir. Oltoy yoki uyrat, hakas, tuva, shor tillarida sin bu togʻ tizmasi, choʻqqi, qoya, balandlik deganidir. Xitoychada Tyanshan ham tangrilar togʻi maʼnosini beradi.
Shunga koʻra Qorashina bu uncha baland boʻlmagan togʻ deganidir. Qishloq nomiga togʻ etnonimi berilgan[1].
Joylashuvi
tahrirQorashina shahri Dehqonobod tumanida, Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 101 km janubi-sharqda joylashgan. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi boʻlmish Dehqonobod vokzali Beshbuloq MFY (10 km) da joy olgan.
Aholisi
tahrirShaharchaning aholisi 8,4 ming kishi (2002-yil) ga teng.
2013-yil 1-yanvardagi aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida koʻrsatilishicha Qorashina shaharchasida 11119 nafar, 2016-yilgi hisob-kitob natijalariga koʻra esa 11.9 ming nafar aholi istiqomat qilishi aniqlangan. Aholining demografik koʻpayish darajasi viloyatda eng yuqori boʻlgan shaharchalardan biri hisoblanadi[2].
Shahar hududida oʻzbeklar bilan bir qatorda qozoq, qirgʻiz va tojik millatiga mansub aholi ham istiqomat qiladi.
Iqlimi
tahrirShaharchaning iqlimi kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 0,6° C, iyul oyiniki 28,4° C ga teng.
Yogʻin miqdori
tahrirShaharcha hududiga yiliga oʻrtacha 277 mm miqdorida yogʻin tushadi.
Suv taʼminoti
tahrirShaharcha buloqlar suvidan taʼminlanadi. Shuningdek, shaharcha hududida katta suv havzasi ham mavjud.
Ijtimoiy soha
tahrirQorashina shaharchasida tuman hokimiyati binosi, umumiy taʼlim maktablari, musiqa maktabi, kasb-hunar kolleji, aloqa boʻlimi, kutubxona, meteorologiya stansiyasi, dehqon bozori, sport majmuasi, tuman markaziy kasalxonasi va boshqalar tibbiy muassasalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat olib boradi[3].
Adabiyotlar
tahrir- „Qorashina“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 10-jild (Sharq — Qizilqum). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 656-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 387-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 149-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
- ↑ "Qorashina" OʻzME. K-harfi (Wayback Machine saytida 2020-06-09 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |