KARDANO (Cardano) Jerolamo (1501.24.9 yoki 1506 - 1576.21.9) - italyan faylasufi, vrachi, matematigi, ixtirochisi. Algebrani rivojlantirishda K. ishlari katta ahamiyatga ega. Keltirilgan kub tenglama ildizi uchun formulani yaratgan (qarang Kardano formulasi). Yevropada birinchilardan boʻlib, manfiy sonlarni koʻllagan. Falsafada oʻzining kosmologik qarashlarini ilgari surgan, akl va zakovat tushunchalarini farqlagan. K. qarashlarida materialistik dunyoqarash bilan birga neoplatonizmga xos elementlari ham boʻlgan. Kardanli uzatma va b. mexanizmlar ixtiro qilgan (qarang Kardanli mexanizm, Kardanli uzatma).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil