Karib dengizi qaroqchilari (filmlar seriyasi)

Karib dengizi qaroqchilari Jerry Bruckheimer tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan fantastik filmlar qismlaridir. Shuningdek, ilk filmini 2003-yilda ishlab chiqargan.

Karib dengizi qaroqchilari
Pirates of the Caribbean
Rejissyor(lar) Gore Verbinski (13)
Rob Marshall (4)
Joachim Rønning (56)
Espen Sandberg (5)
Prodyuser(lar) Jerry Bruckheimer
Rollarda Qarang
Studiya(lar) Walt Disney Pictures
Jerry Bruckheimer Films
Distribyutor Walt Disney Studios Motion Pictures
Davomiyligi 726 daqiqa (15)
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti Jami (5 film):
$1.274 millard
Daromadi Jami (5 film):
$4,524,358,182

Serial rejissyorlari jamoasi Gore Verbinski (1-3-filmlar), Rob Marshall (4-film), Joachim Ronning (5-6-filmlar) va Espen Sandberg (5-film)dan iborat. Serial asosan Ted Elliott va Terry Rossio (1-4-qismlar) tomonidan yozilgan. Boshqa yozuvchilar orasida Stuart Beaitte (1-film), Jay Wolpert (1-film), Jeff Nathanson (5-film) va Craig Mazin (6-film) bor. Hikoyalar kapitan Jack Chumchuq (Johnny Depp), Will Turner (Orlando Bloom) va Elizabeth Swann (Keira Knightley)ning sarguzashtlarinining davomi boʻlib, bir-birga ulanib ketadi. Hector Barbossa (Geoffrey Rush) va Joshamee Gibbs (Kevin MakNally) kabi personajlar filmlar davomida Jack, Will va Elizabethni kuzatib boradi. Boshqa taniqli qahramonlar orasida Davy Jones (Bill Nighy), Jeyms Norrington (Jek Davenport) va Tia Dalma (Naomi Harris) obrazlari bor. Toʻrtinchi filmda Qorasoqol (Ian MakShane) va Anjelika (Penelopa Cruz), beshinchi filmda Armando Salazar (Xavier Bardem), Genri Tyorner (Brenton Thwaites) va Karina Smit (Kaya Skodelario) ishtirok etadi. Filmlar Oltin Qaroqchilik davrining uydirma koʻrinishida boʻlib oʻtadi va asosan Karib dengizida suratga olinadi.

Film seriyasi 2003-yilda "Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvaridning laʼnati „ filmi bilan boshlangan. Film tomoshabinlar va kino tanqidchilari tomonidan ijobiy qabul qilingan. U butun dunyo boʻylab 654 million AQSh dollarini tashkil etdi[1]. Birinchi film muvaffaqiyatidan soʻng, Walt Disney Pictures film seriyasi ishlayotganini eʼlon qildi. Franshizaning ikkinchi filmi “Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar sandigʻi" subtitrlari 2006-yilda chiqarilgan premerasi butun dunyo boʻylab moliyaviy rekordlarni yangilagan. „Murdalar sandigʻi“ 2006-yilning eng yaxshi daromad keltirgan filmi boʻlib, butun dunyo boʻylab 1,1 milliard dollarga baholangan. Seriyaning uchinchi filmi "Karib dengizi qaroqchilari: Dunyolar chegarasida" subtitrlari bilan 2007-yilda 960 million AQSH dollarini qoʻlga kiritdi. Disney 2011-yilda anʼanaviy 2D, Digital 3-D va IMAX 3D formatlarida „Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda“ subtitrli toʻrtinchi filmini namoyish qildi. Bu film 1 milliard dollardan koʻproq daromad olishga muvaffaq boʻldi[1]. 2017-yilda "Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar ertak aytmaydi" subtitrli beshinchi film chiqarildi.

Franshiza dunyo boʻylab 4,5 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi[2], barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan filmlar seriyasi boʻyicha 15-oʻrinni egalladi.

Filmlar tahrir

Film Premyera sanasi Rejissor (lar) Ssenariy muallif (lar)i Hikoyachi Produser
Karib dengizi qaroqchilari:
Qora Marvarid tavqi lanʼati
9-iyul, 2003-yil(2003-07-09) Gore Verbinski Ted Elliott & Terry Rossio Ted Elliott, Terry Rossio, Stuart Beattie & Jay Wolpert Jerry Bruckheimer
Karib dengizi qaroqchilari:
Murdalar sandigʻi
7-iyul, 2006-yil(2006-07-07) Ted Elliott & Terry Rossio
Karib dengizi qaroqchilari:
Dunyolar chegarasida
25-may, 2007-yil(2007-05-25)
Karib dengizi qaroqchilari:
Nomaʼlum sohillarda
20-may, 2011-yil(2011-05-20) Rob Marshall
Karib dengizi qaroqchilari:
Murdalar ertak aytmaydi
26-may, 2017-yil(2017-05-26) Joachim Rønning & Espen Sandberg Jeff Nathanson Jeff Nathanson & Terry Rossio


Qaroqchilar trilogiyasi tahrir

Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvaridning laʼnati (2003)

Laʼnatlangan Qora marvarid kemasining kapitani Hektor Barbossa laʼnatdan qutilish uchun Aztek oltin egasi boʻlgan Elizabeth Swannni oʻgʻirlab ketadi. Temirchi Will Turner sevgilisini qutqarish uchun qaroqchi kapitan Jack Chumchuq bilan birlashib, Hektor Barbossa boshchiligidagi laʼnati qaroqchilar kemasiga boradi. Jekning asosiy maqsadi qizni qutqarish emas, oʻzining Qora marvarid kemasini va 882 dona laʼnatlangan Aztek oltinini oʻgʻirlash chogʻida uni orolda tashlab ketgan Barbossadan qasos olish edi. Film davomida Jack qizni qutqaradi, ularni qaroqchilar kimsasiz orolga tashlab qoʻyishadi, Turnerni esa lanatdan halos boʻlish uchun qurbonlik sifatida olib qolishadi. Jack va Elizabeth oroldan qochishni uddalashadi, qaroqchilar oltin va Turnerning qoni yordamida lanatdan qutuladi.


Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Johnny Depp Movies List by Box Office Sales“. JohnnyDeppMoviesList.org. 2017-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2015-yil.
  2. „Johnny Depp Movies List by Box Office Sales“. JohnnyDeppMoviesList.org. 2017-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2015-yil.

Havolalar tahrir