Karimxon Toʻrayev
Karimxon Toʻrayev (1935-yil — 1989-yil 19-iyun) — oʻzbekistonlik xonanda va sozanda[1].
Karimxon Toʻrayev | |
---|---|
Tavalludi |
1935-yil |
Vafoti |
1989-yil 19-iyun Jalaquduq tumani, Andijon viloyati |
Janrlar | maqom |
Kasbi | xonanda va sozanda |
Faoliyat yillari | 1969—1989-yillar |
Fuqaroligi | SSSR |
Turmush oʻrtogʻi | Turdixon aya Toʻrayeva |
Bolalari | Odinaxon Toʻrayeva (qizi) |
Hayoti
tahrirKarimxon Toʻrayev 1935-yilda Andijon viloyati Jalaquduq tumani Dardoq qishlogʻida tavallud topgan.
Faoliyati
tahrir1964-yili Andijon shahrida joylashgan Toʻxtasin Jalilov nomidagi sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Muassasani tamomlagandan soʻng, kursdoshlari hamkorligida Xakanda 16-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabini tashkil etgan. Shuningdek, Andijon tumanida ham 1-sonli musiqa maktabini ochishgan. 1969–1973-yillarda Andijondagi maktabda gʻijjak chalishdan dars bergan. Ushbu tumandagi 43-sonli maktabda (1973–1984-yillar) hamda umrining oxirigacha 45-maktabda musiqa fanidan dars bergan[1].
1967-yili Oʻzbekiston televideniyesida viloyat va tumanlararo qoʻshiq festivalida 1-oʻrinni egallagan[1].
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Maxmudov, Avazbek. Andijon sanʼati fidoiylari, Toʻldirilgan 2-nashr, Toshkent: Akademnashr, 2018 — 224-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 226-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.