Kaspiyorti Larrasi
Kaspiyorti Larrasi (lat. Larra transcaspica) — Yerkovlov (Crabronidae) arilar oilasiga mansub qum arining noyob choʻl turi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Kaspiyorti Larrasi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Boʻgʻimoyoqlilar |
Sinf: | Hasharotlar |
Oila: | Crabronidae |
Urugʻ: | Larra |
Turlari: | Kaspiyorti Larrasi |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Larra transcaspica F. Morawitz, 1894 |
Tavsif
tahrirMarkaziy Osiyo: Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Eron. Choʻllarning yarim suvli biotoplarida tuproqli-qumli va shoʻrhok, nam joylarda yashaydi. Oʻzbekistonda Qizilqumning janubi-gʻarbiy qismlarida, Buxoro va Xiva atrofida qayd etilgan.
Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi iyun-avgust oylarida, turli oʻsimliklarning gullarida, asosan yulgʻundoshlarda (Tamarix), sutlamadoshlarda (Euphorbiaceae) va murakkabguldoshlarda (Asteraceae) oziqlanadi. Urgʻochilari buzoqboshisimonlarni (Gryllotalpa) ovlaydi, ularga nayzasini sanchib falajlaydi, soʻng ustiga tuxum qoʻyadi. Buzoqboshi falajlikdan soʻng oʻziga kelgach oʻz iniga kirib yashayveradi, ari lichinkasi esa unda rivojlanishni davom ettiradi.
Bu turni ilk marta 1894-yilda rus entomologi Ferdinand Ferdinandovich Moravits (F.Morawitz, 1827-1896) ifodalab bergan. Arilarning soni hamma joyda kam. Yakka holda uchraydi. Xoʻjalik maqsadlarida suvga yaqin choʻl-qoʻriqlarning oʻzlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari koʻp foydalanish oqibatida qirilib ketmoqda.
Muhofaza choralari
tahrirYashash joylari va sonini mukammal oʻrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish lozim.
Adabiyotlar
tahrir- Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные. Ташкент: Chinor ENK, 2009.
- Kazenas V. L. Royuщie osi Kazaxstana i Sredney Azii (Hymenoptera, Sphecidae). Opredelitel. — Alma-Ata: Nauka, 1978. — 172 s.
Havolalar
tahrir- Larra eol.org(ingl.) )
- Kaliforniya Fanlar Akademiyasida Larra turlarining izohli katalogi.