Bosh menuni ochish

Katta zond orollari - Maloy arxipelagiiint asosiy qismi. Mayd. 1,4 mln. km2. Tarkibida Sumatra, Yava, Kalimantan, Sulavesi o.lari bor. K.Z.o. da Indoneziyaning katta qismi, Malayziya va Bruneyning bir qismi joylashgan. Relyefi togʻli, bal. 4101 m gacha (Kinabalu togʻi). Faol vulkan harakatlari boʻlib turadi. Oʻsimligi, asosan, ekvatorial oʻrmonlardan iborat. Qalay rudasi va neftning yirik konlari bor. Tropik dehqonchilik bilan shugʻullaniladi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil