Qalay rudalari
Qalay rudalari — tarkibidagi qalay miqdori va birikmalari undan qalayni ajratib olishga texnik imkoniyat yetarli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Sanoat ahamiyatidagi Qalay rudalarining koʻp qismi (85%) asosiy minerali boʻlgan kassiterit (8п 78,8% gacha) va stannin (27,5% 8п) dan iborat. Stanninni boyitish va undan 8п ajratib olish qiyin boʻlgani uchun undan kam foydalaniladi. Qalayning kaltsiyli borati — nordensheldin (43,5% Зп) baʼzida sanoat ahamiyatiga ega boʻlishi mumkin. Qalay rudalari koʻpincha jamlanma xom ashyo boʻlib, tarkibida \У, Ве, Гл, Та yoki Си, Р, 2п, А§ uchraydi. Hosil boʻlish sharoitiga qarab Qalay rudalari endogen (tub) va ekzogen (sochma) konlarga boʻlinadi. Alyumosilikat tarkibli jinslarda shakllangan Qalay rudalarining tub konlari genezisi va mineral tarkibiga koʻra pegmatit, kassiteritkvars va kassiteritsulfid formatsiyalariga boʻlinadi. Pegmatit formatsiyali konlar genetik jihatdan nordon granitlar bilan bogʻliq. Bunday konlarda kassiteritning yirik kristallari notekis toʻplangan yoki ayrim aralashmalar holida boʻladi. Bunday konlar sanoatda katta ahamiyatga ega boʻlmaydi, baʼzan koʻp tarkibli xom ashyoning manbasi boʻlishi mumkin. Kassiteritkvars formatsiyali konlar yuqori trali gidrotermal hosilalarga mansub boʻlib, nordon va oʻta nordon granit magmalari intruziyalari bilan genetik jihatdan bogʻliq. Bu formatsiya konlarida yirik kassiteritlar boʻladi (8 dan tashqari, \У, Та, Ве va boshqalar uchraydi). Qalay olinadigan asosiy manbalardan biri kassiteritsulfid formatsiyali konlar, ular kichik nordon intruziyalar rivojlangan, baʼzan esa, vulkan formatsiyalari bilan bogʻliq rayonlarda mavjud. Qalay rudalarining endogen konlari orasida mineral tarkibi, texnologik xususiyatlari, amaliy ahamiyati boʻyicha: kassiteritgreyzenli, kassiteritkvarsli, kassiteritskarnli, kassiteritsilikatli, kassiteritsulfatuzlisulfidli sanoat tiplari farqlanadi. Qalay rudalari ekzogen konlari sochmalardan iborat. Ular orasida elyuviy, delyuviy, allyuviy, dengiz va koʻl qirgʻoqboʻyi sochmalari mavjud boʻlib, ular kassiterit kristallari va agregatlari qoʻshilgan qum, qumtuproq va shagʻal materiallari va yoʻldosh minerallardan tashkil topgan. Qalay rudalari turli sanoat tipidagi konlarda ruda jismlari oddiy va murakkab tomirlar, baʼzan shtokverklardan iborat. Ularning oʻlchami va shakli keng koʻlamda oʻzgarib turadi. Sochmalar qalinligi va shakli oʻzgaruvchan boʻlgan gorizontal yotgan qatlamlarni tashkil qiladi. Qalay rudalarining sochma konlari pegmatit va kassiteritkvars formatsiyalari konlarining nurashidan hosil boʻladi. Dunyo buyicha Qalay rudalari zaxiralarining 70% sochma konlarga toʻgʻri keladi. Asosiy resurslari Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari — Malayziya, Indoneziya, Tailand, Laos, Myanma hamda Boliviya, Braziliya, Avstraliya Ittifoqi, Nigeriya, Buyuk Britaniyada mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |