Katta uzunburun — O'zbekiston Respublikasining fauna Qizil kitobiga kiritilgan hayvon.

Katta uzunburun

Maqomi tahrir

Zaif, soni kamayib borayotgan uchib oʻtuvchi tur.TMHI Qizil roʻyxatiga kiritilgan.

Koʻrinishi tahrir

Katta uzunburun oʻlchami 50 dan 60 sm gacha yetadi va ogʻirligi 600 dan 1000 g gacha. Uning qanotlari kengligi 80 dan 100 sm gacha.Ular Yevropada eng keng tarqalgan uzunburunlar. Katta uzunburunning oʻziga xos xususiyati uzun va pastga egilgan tumshugʻidir. Urgʻochi qoida tariqasida, erkaknikidan bir oz kattaroq va tumshugʻi yanada uzunroq va kavisli. Bundan tashqari, har ikkala jins oʻrtasida tashqi farqlar yoʻq. Uzunburunning rangi juda oddiy, patlar bej-jigarrangdan kulrang-jigarranggacha, turli xil chiziqlar va dogʻlar bilan farqlanadi.

Tarqalishi tahrir

Yashash joylari tahrir

Qirgʻoq boʻylarining botqoqlashgan joylari va tekislik suv havzalarining sayozliklari.Qizilqum choʻli ustidan ham uchib oʻtadi.

Soni tahrir

Doim kam sonli boʻlgan.Oʻtmishda uchib oʻtish mavsumida 3-15 tadan iborat galalar hosil qilgan boʻlsa, hozirda sanoqli uchraydi.Soʻnggi 15 yilda dunyodagi populyatsiyasi soni 20-30 % ga qisqarib ketgani taxmin qilinadi.

Yashash tarzi tahrir

Bahorgi uchib oʻtishi — mart-may oylarida, kuzgisi — avgust-oktabr oyida.Baʼzan ayrimlari yozni ham shu yerda oʻtkazadi.Suvda yashovchi umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar tahrir

Uyalash arealida, koʻchish yoʻlida va qishlash joylarida dov-daraxtlar kesilishi, botqoqlar quritilishi, qishloq xoʻjaligi rivojlanishi va boshqalar natijasida yashash joylarining qisqarishi hamda oʻzgarishi, asosiy toʻxtash joylaro oʻzgarishi, ovlash.

Koʻpaytirish tahrir

Koʻpaytirilmagan.

Manbalar tahrir

  • Y.N.Lanovenko. Katta Uzunburun — 57,87,128,191-193,200 bet. 
  • Flint, Vladimir. Beshtillik hayvonlar nomi lug'ati — 85 bet.