Kavkaz tillari, Iber-kavkaz tillari (Iboriy-kavkaz tillari) — Kavkazdagi 50 ga yaqin tillarning majmui. Shartli ravishda Kavkaz tillari deb ataladi. Kavkaz tillari Shimoliy Kavkaz, Turkiyada va kichik guruhlari Suriya, Eron va baʼzi Yaqin Sharq mamlakatlarida tarqalgan.

Kavkaz tillari 3 guruhga boʻlinadi:

Kavkaz tillari dan 12 tasi (gruzin, abxaz, abazin, adigey, kabardin-cherkas, chechen, ingush, avar, lak, dargin, lazgin, tabasaran) oʻz yozuviga ega. Ulardan faqat gruzin tili koʻp asrlik adabiy anʼanaga ega boʻlib, uning qad. yodgorliklari mil. av. 5-asr ga oid. Boshqa Kavkaz tillari yozuvi 14 — 16-asrlarda yaratilgan. Abxaz-adigey tillarida undosh tovushlar koʻp. Otlarning turlanishi kam rivojlangan, feʼllarning tuslanishiga boy. Kartvel tillari undoshlarga boyligi, feʼl nisbatlari borligi va ergashgan qoʻshma gaplarning turlari rivojlangani bilan ajralib turadi. Nax-dogʻiston tillarida ham undosh tovushlari koʻp, kelishiklar ancha rivojlangan (baʼzan 40 taga yetadi).

Kavkaz tillari oʻrtasidagi genetik aloqalar aniq emas. Baʼzi olimlar ularni qarindosh deb hisoblasa, boshqalar buni inkor etadi. Kavkaz tillari Ispaniyadagi bask tiliga, shuningdek, qadimgi. Yaqin Sharqdagi baʼzi xurrit-urart tillari bilan qarindosh boʻlgan, degan taxminlar bor. Ayrim olimlar esa Kavkaz tillarining fonologik va grammatik xususiyatlarini hind-yevropa tillariga qiyoslash asosida ular qad. bir oilaga birlashgan, degan fikrni aytadilar.[1] Hamma tillari asosan Ozarboyjon, Gruziya va Armaniston hududkarida qoʻllanadi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil