Khursheed Bano — 1914-yil 14-aprelda (2001-yil 18-aprel) tugʻilgan, koʻpincha Khursheed (Khurshid) nomi bilan atalgan, qoʻshiqchi va hind kinosining aktrisasi boʻlgan. U 1948-yilda Pokistonga koʻchib kelgan. Laila Majnu (1931) filmi bilan debyut qilgan, u Hindistonda oʻttizdan ortiq filmlarda rol ijro etdi[1]. U aktyor-qoʻshiqchi K.L.Saygal ishtirokidagi „Tansen“ (1943) filmi bilan mashhur boʻlib, unda oʻzining unutilmas qoʻshiqlari aks etgan[2][3].

Khursheed Bano
Tavalludi
Irshad Begum

14-aprel 1914-yil
Shikarpur, Sindh, (British India), (hozirgi kunda) Pakistan
Vafoti 18-aprel 2001-yil(2001-04-18)
(87 yoshda)
Karachi, Sindh, Pakistan
Fuqaroligi Hindiston, Britaniya Hindistoni, Pokiston va Hindiston ittifoqi
Kasbi
Faoliyat yillari 1931 — 1956-yillar
Turmush oʻrtogʻi Lala Yakub (1949—1956-yillar), Yousaf Bhai Mian (1956-yil)

Yoshligi tahrir

Khursheed 1914-yil 14-aprelda Pokistonning Lahor shahrida Irshod Begum nomi bilan tugʻilgan[4][5] Bolaligida u Allama Iqbolning uyi yonidagi Bhatti darvozasi hududida yashagan[6].

Faoliyati tahrir

Khursheed kinodagi faoliyatini 1931-yilda Kalkuttadagi Madan teatrlariga suhbatga borgan va uning birinchi filmi „Laila Majnu“ (1931) filmi boʻlib, u filmda Miss Shehla rolini ijro etgan. Madan teatrlari bilan ishlagandan soʻng u Lahorga qaytib ketdi.

Uning filmlaridan baʼzilari Laila Majnu (1931), Muflis Aashiq (1932), Naqlee Doctor (1933), Bomb Shell va Mirza Sahibon (1935), Kimiagar (1936), Imon Farosh (1937), Madhur Milan (1937) va Sitora (1939) filmlari edi[7]. U KL Saigal va Motilal kabi aktyorlar bilan Ranjit Movietone filmlarida rol ijro etish uchun Bombeyga koʻchib oʻtdi[8]. U mashhur qoʻshiqchi-aktyor KL Saygal bilan "Chaturbhuj Doshi" rejissyori Bhukt Surdas (1942), undan keyin Tansen (1943) filmidagi rol ijrosi juda mashhur boʻldi va „qoʻshiq yulduzlarining birinchisi“ deb nom oldi[9].

Pokistonga migratsiyasi tahrir

Uning Hindistondagi soʻnggi filmi Papeeha Re (1948) boʻlib, u Pokistonga koʻchib ketishidan oldin muvofaqqiyatli filmlardan edi, Hindiston kino sanoatida oʻz izini qoldirdi[10]. Khursheed 1948-yilda mustaqillikka erishgach, turmush oʻrtogʻi bilan Pokistonga koʻchib oʻtdi va Pokistonning Sinddagi Karachi shahrida yashashdi[11].

Shaxsiy hayoti tahrir

Khursheed oʻzining menejeri Lala Yoqubga (taniqli hind aktyori Yoqub bilan adashtirmaslik kerak) turmushga chiqdi, u Kardar Productions kompaniyasining kichik aktyori va Bhati Gate guruhining aʼzosi boʻlgan, Lahor, Pokiston[12]. Shaxsiy muammolar tufayli u 1956-yilda Yoqub bilan ajrashdi. U 1956-yilda yuk tashish biznesi bilan shugʻullangan Yusuf Bhai Mianga turmushga chiqdi[13]. Uning uchta farzandi bor edi va 1956-yilda soʻnggi filmidan keyin filmlarda ishlashni toʻxtatdi[14].

Oʻlimi tahrir

Khursheed Bano 2001-yil 18-aprelda Pokistonning Karachi shahrida 87 yoshga toʻlganidan toʻrt kun oʻtib vafot etdi[15].

Filmografiyasi tahrir

  • Laila Majnu (Shahlo rolida) (1931)
  • Muflis oshiq (1932)
  • Xatili Dulhan (1931)
  • Chatra Bakavali (1932)
  • Nakli doktori (1933)
  • Mirzo Sohibon (Xurshid rolida) (1935)
  • Aankh Ka Nasha (Shehla sifatida) (1933)
  • Svarg Ki Sidxi (Xurshid rolida) (1935)
  • Bombshell (Xurshid rolida) (1935)
  • Sipah Salar (1936)
  • Piya Ki Jogan (Shahla rolida) (1936)
  • Kimiagar (1936)
  • Ailan Jung (1936)
  • Sitora (1938)
  • Prem Samadhi (1938)
  • Madhur Milan (1938)
  • Hindiston qizlari (1939)
  • Kaun Kisi ka (1939)
  • Aap Ki Marzi (1939)
  • Musafir (1940)
  • Holi (1940)
  • Shaadi (1941)
  • Pardesi (1941)
  • Beti (1941)
  • Choti Ma
  • Chandni (1942)
  • Bhakta Surdas (1942)[16]
  • Tansen (1943)
  • Doktor Kumar (1944)
  • Shahenshoh Bobar (1944)
  • Mumtoz Mahal (1944)
  • Prabhu Ka Ghar (1945)
  • Moorti (1945)
  • Devar (1946)
  • Phoolwari (1946)
  • Manjhdhar (1947)
  • Rangin Kahani (1947)
  • Mitti (1947)
  • Aage Badho (1947)
  • Aap Beeti (1948)
  • Papiha Re (1948)

Pokistonda ijro etgan filmlari tahrir

Yil Film Til
1956-yil Mandi urdu
1956-yil Fankar Urdu[17]

Manbalar tahrir

  1. Pran Nevile. „The scene-stealer“. The Hindu (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  2. Rishi, Tilak. Bless You Bollywood!: A Tribute to Hindi Cinema on Completing 100 Years. Trafford Publishing, 2012 — 28– bet. ISBN 978-1-4669-3963-9. 
  3. Nettl, Bruno. The Garland Encyclopedia of World Music: South Asia : the Indian subcontinent. Taylor & Francis, 2000 — 525 bet. ISBN 978-0-8240-4946-1. 
  4. Cinemaazi. „Khursheed“ (English). Cinemaazi (2019-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  5. Pran Nevile. „The scene-stealer“. The Hindu (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  6. „Khursheed Bano's last interview“. cineplot.com website. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  7. Pran Nevile. „The scene-stealer“. The Hindu (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  8. Pran Nevile. „The scene-stealer“. The Hindu (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  9. Ashok Damodar Ranade. Hindi Film Song: Music Beyond Boundaries. Bibliophile South Asia, 1 January 2006 — 331– bet. ISBN 978-81-85002-64-4. 2018-yil 16-iyunda qaraldi. 
  10. Pran Nevile. „The scene-stealer“. The Hindu (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  11. „Khursheed Bano's last interview“. cineplot.com website. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  12. Nevile, Pran. „Remembering Khurshid“. The Tribune (newspaper) (2004-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
  13. Pran Nevile. „The scene-stealer“. The Hindu (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  14. „Khursheed Bano's last interview“. cineplot.com website. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  15. „Khursheed Bano's last interview“. cineplot.com website. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  16. „Khursheed Bano's last interview“. cineplot.com website. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  17. „Khursheed Bano's last interview“. cineplot.com website. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.