Kichik Oʻradaryo
(Kichik O‘radaryodan yoʻnaltirildi)
Kichik Oʻradaryo - Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Gʻoʻzordaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy qismidagi Oʻlmas togʻidan (2500–2700 m) boshlanadi. Uz. 93 km, havzasining maydoni 1588 m2. Yirik irmoklari Shirindaryo (17 km), Qoradahana (25 km), Goʻrota (20 km) va boshqa Qor, mavsumiy yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,4 m³/sek. Mart-mayda suvi koʻpayadi. Asosan, sugʻorishga sarflanadi.[1]
Kichik oʻradaryo | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 93 |
Suv sarfi | 2,4 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |