Karadrina, kichik quruqlik tunlami (Spodoptera exigua Hb.) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Tanasining uz. 11 – 13 mm, qanotlari yoyilganda 23–34 mm. Tuxumini (16—150 ta) toʻptoʻp qilib oʻsimlikka (ustini qornidan toʻkilgan tukchalar bilan yopadi), kuzda esa tuproqqa qoʻyadi. Yashil yoki qoʻngʻir kulrang tusdagi qurtining uz. 2,5—3,0 sm, 16 ta oyogʻi bor. Havo haroratiga qarab yilda 2—8 avlod beradi. Rivojlanish davri uchun samarali harorat yigʻindisi 350° boʻlishi shart. Rivojlanish sikli Oʻrta Osiyoda issiq oylarda 19—20, kech kuzda esa 60 va undan koʻproq kunda tugaydi. K.ning yashash areali juda keng. Har xil iqlim mintaqalarida va yil fasliga qarab kapalagi maʼlum ozuqa oʻsimligini tanlaydi. Dukkakdoshlar, galladoshlar, shoʻradoshlar, piyozguldoshlar va b. oilaga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Gʻoʻza va b. oʻsimliklarning xavfli zararkunandasi. Begona oʻtlardan shoʻra, pechak va yantoqni yoqtiradi. Ekinlarga, ayniqsa, maysalik va gʻunchalash davrida katta zarar keltirib, ularni baʼzan butunlay quritib qoʻyadi.

Kurash choralari: kuzda agrotexnik choralar (kuzgi haydash, qishki sugʻorish va b.)ni oʻz vaqtida oʻtkazish. Bahor va yozda K. borligi aniqlanganda insektitsidlar (2—2,5 kg/ga) bilan kimyoviy ishlov berish; biologik vositalardan dendrobatsillin (4–6 kg/ga), shuningdek, trixogrammadan foydalanish mumkin.

/ld.-Larchenko K.I., Be lonchuk S. D., Karadrinaning koʻpayishi va unga qarshi kurash tadbirlari, T., 1966.

KARAJEronning shim. qismidagi shahar. Karajdaryosi vohasida joylashgan. Aholisi 940,9 ming kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Shakar-qand, kimyo, toʻqimachilik, koʻn poyab-zal sanoati korxonalari, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish zavodi bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil