Kim Pen Xva (koreyscha: 김병화; 1905, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Primorye oʻlkasi Krounovka qishlogʻi – 1974.7,5, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani) – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, dehqonchilik amaliyoti novatori. 2-marta Mehnat Qahramoni (1948; 1951). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor (1964). 1939-yildan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozi (hozirgi Kim Pen Xva nomidagi shirkat xoʻjaligi) raisi boʻlib ishlagan. U rahbarlik qilgan xoʻjalik respublikada eng ilgʻor va iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biriga aylandi, koʻp yillar mobaynida paxta, sholi, kanop va boshqa ekinlardan yuqori hosil olishga erishdi. „Paxtadan moʻl hosil yetishtirish tajribasi“ (1953), „Maʼmurchilik yoʻlida“ (1954) kitoblari bosilib chiqqan.

Kim Pen Xva
Tavalludi 24 iyul (6-avgust) 1905
Vafoti 7-may 1974
Fuqaroligi SSSR

Shirkat xoʻjaligining „Qutb yulduzi“ markaziy qoʻrgʻonida Kim Pen Xva faoliyatiga bagʻishlangan „Zamin va inson“ muzeyi bor, bronza byusti oʻrnatilgan (1961).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir