Kim Yong-dae (1979-yil 11-oktyabrda tug‘ilgan) — janubiy koreyalik sobiq futbol darvozaboni, oxirgi marta Ulsan Hyundai jamoasida o‘ynagan. U Janubiy Koreyaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sanaladi, hattoki muxlislar uni „MYU“ va Gollandiyaning sobiq darvozaboni Edvin van der Sarga nisbatan „Yong Der Sar“ deb atashgan[1].

Kim Yong-dae
김용대
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 11-oktyabr 1979-yil (1979-10-11) (44 yosh)
Tavallud joyi Miryang, Gyeongnam, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998-2001 Yonsei University
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002-2005 Busan IPark 85 (0)
2006-2009 Seongnam Ilhwa Chunma 53 (0)
2008-2009Gwangju Sangmu 50 (0)
2010-2015 FC Seoul 174 (0)
2016-2018 Ulsan Hyundai 66 (0)
Milliy terma jamoa
1998-1999 Janubiy Koreya U20 11 (0)
1999-2000 Janubiy Koreya U23 24 (0)
2000-2011 Janubiy Koreya 21 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 11-dekabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Kimni Pusan IPark 2002-yilda, Yonsei universitetini tamomlaganidan bir yil oʻtib xarid qilgan. U erdan Kim tezda 2002-yildan 2005-yilgacha uchta mavsumda 85 ta oʻyinda maydonga tushgan. U birinchi kubogini Pusan IPark 2004-yilgi Koreya FA kubogi chempioniga aylanganda qoʻlga kiritgan.

Seongnam Ilhwa Chunma Kimni 2006-yilda Pusandan sotib olgan, 2006-yildan 2009-yilgacha Seongamliklar safida oʻynagan.

Qonun talabiga koʻra, Janubiy Koreyaning har bir erkak aʼzosi ikki yillik majburiy xizmatga safarbar etilishi kerak. Kim 2008-yilda ikki yilga „Gvanju Sangmu“ armiya klubiga oʻtkazilgan va u klubda 50 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Harbiy faoliyatini tugatgandan soʻng, Kim 2010-yilda „Seoul“ klubiga koʻchib oʻtgan. Oʻsha yili, 2010-yilda u 2010-yilgi K-liga, 2010-yilgi K-liga kubogida gʻolib chiqgan va 2010-yilgi K-liganing eng yaxshi XI aʼzosi tarkibiga kiritilib K-liganing eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. 2011-yilda „Seoul“ klubi Poxang Steelers va Suwon Bluewingsdan keyin uchinchi oʻrinni egallagan.

2012-yilgi K-liganing eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.

2013-yilning 31-iyulida Kim Yong De „Jeju United“ga qarshi o‘yinda yaqqol „O‘yinning eng yaxshi oʻyinchisi“ nomini olgan. Ko‘plab seyvlar amalga oshirgan.

2013-yilning 21-avgustida Kim ikkinchi bo‘limning boshida „Al-Alhi“ jamoasidan braziliyalik Bruno Sezarni jarima zarbasidan tepgan to‘pni qaytargan.

2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi finalida Kim Xitoyning Guangzhou Evergrand jamoasiga qarshi oʻynagan va ikki oʻyin 2:2 va 1:1 hisobida yakunlangan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2006-yilgi Jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasida oʻynash imkoniga ega boʻlmagan boʻlsa-da, uni jahon chempionatida Janubiy Koreyaning birinchi raqamli darvozaboni Li Vun-Chjega oʻrinbosar sifatida tanlashgan[2].

Kim 2011-yilda Bahrayn oʻrtasidagi Osiyo Kubogi oʻyinida zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan.

Yana ikki yildan soʻng, 2013-yilda Kim JCh saralash bosqichida Qatarga qarshi oʻyinda zaxira oʻrindigʻida oʻtirish uchun terma jamoaga chaqirilgan.

Klubdagi statistikasi tahrir

Klub Liga Kubok LIga Kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Janubiy Koreya Liga FA Kubogi Liga Kubogi Osiyo Jami
2002 Busan I’Park K Liga 1 8 0 1 0 9 0
2003 36 0 1 0 37 0
2004 23 0 5 0 6 0 34 0
2005 18 0 1 0 11 0 30 0
2006 Seongnam Ilhwa 23 0 0 0 5 0 28 0
2007 28 0 0 0 1 0 10 0 39 0
2008 Gwangju Sangmu 24 0 2 0 1 0 27 0
2009 26 0 0 0 0 0 26 0
Seongnam Ilhwa 2 0 0 0 0 0 2 0
2010 FC Seoul 30 0 1 0 7 0 38 0
2011 29 0 3 0 0 0 7 0 39 0
2012 44 0 3 0 0 0 0 0 44 0
2013 11 0 3 0 0 0 6 0 17 0
Davlat Janubiy Koreya 247 0 13 0 32 0 17 0 370 0
Jami 247 0 13 0 32 0 17 0 370 0

Xalqaro statistikasi tahrir

Janubiy Koreya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2000 9 0
2001 2 0
2002 0 0
2003 2 0
2004 1 0
2005 1 0
2006 0 0
2007 3 0
2008 4 0
2009 0 0
2010 0 0
2011 0 0
Jami 22 0

Xalqaro maydonda golsiz oʻtkazgan oʻyinlari tahrir

# Sana Joy Raqib Natija Musobaqa
1 5.04.2000 Seul, Janubiy Koreya   Laos 9-0 2000-yilgi Osiyo kubogi saralashi
2 9.04.2000 Seul, Janubiy Koreya   Birma 4-0 2000-yilgi Osiyo kubogi saralashi
3 26.04.2000 Seul, Janubiy Koreya   Yaponiya 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
4 28.05.2000 Seul, Janubiy Koreya Yugoslaviya 0-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
5 30.05.2000 Seongnam, Janubiy Koreya Yugoslaviya 0-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
6 9.06.2000 Tehron, Eron   Misr 1-0 2000 LG kubogi
7 28.07. Pekin, Xitoy   Xitoy 1-0 Koreya-Xitoy yillik oʻyini
8 31.05.2003 Tokio, Yaponiya   Yaponiya 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
9 29.09.2003 Incheon, Janubiy Koreya     Nepal 16-0 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi
10 14.02.2004 Ulsan, Janubiy Koreya   Ummon 5-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
11 6.02.2007 London, Angliya   Gretsiya 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
12 29.06.2007 Seogvipo, Janubiy Koreya   Iroq 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Busan I’Park

  • Koreya FA kubogi sohibi: 2004-yil

Seongnam Ilhwa Chunma

  • K ligasi 1 gʻolibi: 2006-yil
  • K ligasi 1 2-o‘rin sohibi: 2007, 2009
  • Liga kubogi sohibi : 2006-yil

Seoul FC

  • K ligasi 1 gʻolibi: 2010, 2012
  • Koreya FA kubogi sohibi: 2015-yil
  • Koreya FA kubogi 2-oʻrin sohibi : 2014-yil
  • Liga kubogi gʻolibi: 2010-yil
  • Osiyo Chempionlar Ligasi 2-o‘rin: 2013-yil

Xalqaro tahrir

  • EAFF Sharqiy Osiyo kubogi (2): 2003, 2008

Shahsiy yutuqlar tahrir

  • K ligasining eng yaxshi oʻnligi : 2010, 2012
  • Osiyo Chempionlar Ligasi orzusidagi jamoa: 2013-yil

Manbalar tahrir