Kirill Dmitriyevich Pankov (1995-yilda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik suzuvchi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Yozgi Paraosiyo oʻyinlari gʻolibi va sovrindori.

Kirill Dmitriyevich Pankov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1995
Toshkent, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport suzuvchi-paralimpiyachi
Medallar
Sport mukofotlari
Osiyo oʻyinlari
Oltin Inchxon 2014 50 m S13
Oltin Inchxon 2014 100 m S13
Oltin Inchxon 2014 100 m bel S13
Oltin Inchxon 2014 200 m komleks S13
Oltin Jakarta 2018 100 m bel S13
Kumush Jakarta 2018 100 m batterflay S13
Paralimpiya oʻyinlari
Kumush Rio-de-Janeyro 2016 100 m batterflay S13

Sport faoliyati tahrir

Oʻn yoshidan boshlab Toshkentda otasi Dmitriy Pankov qoʻl ostidai suzish bilan shugʻullana boshlaydi. 2012-yildan buyon suzish boʻyicha Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib keladi. 2012-yilda u Londonda (Buyuk Britaniya) yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashib, S13 toifasida 100 metrga batterflyay usulida suzishda oltinchi oʻrinni egalladi va Osiyo rekordiga ega boʻldi[1][2][3].

2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida u 50 m S13, 100 m S13, 100 m S13 va 200 m S13 masofalarga suzishda toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritdi[4][5][6]. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida S13 toifasida 100 metrga batterflyay usulida suzishda kumush medalni olishga musharraf  boʻldi[7][8]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni berilgan[9].

2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida S13 toifasida 100 metrga chalqancha suzishda birinchi oʻrinni egalladi va 100 metrga batterflyay usulida S13 suzishda kumush medalni qoʻlga kiritdi[10]. 2019-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtgan paralimpiya suzish boʻyicha jahon chempionatida u brass va batterflyay usulida 100 metr masofaga suzish boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi[11].

Tarjimai hol tahrir

Kirill Toshkentda tugʻilgan. Bolaligidan koʻrish bilan bogʻliq muammolari bor[12]. 2011-yilda u oilasi bilan Murmanskga (Rossiya), keyinchalik esa Kola shahriga koʻchib oʻtdi. Maktabni tugatgach, u Sankt-Peterburgdagi Lesgaft universitetiga oʻqishga kiradi[13].

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „В Лондоне прошло чествование паралимпийцев Узбекистана“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  2. „В Лондоне завершились ХIV паралимпийские игры“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  3. „Swimmers refuse to tire as seven Paralympic records set“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  4. UzDaily. „Kirill Pankov wins another gold medal at Asian Para Games“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  5. „Kirill Pankov Dominates Early Days at Asian Para Games“ (en-US). Swimming World News (2014-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  6. „Люди с несгибаемой волей“ (ru). Anhor (2014-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  7. „Раздел «Рио 2016»“. sport.ziyonet.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  8. „Узбекистан на Паралимпиаде в Рио (итоги)“ (ru). https://uznews.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  9. „ УП-4846-сон 22.09.2016. О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XV летних Паралимпийских играх в городе Рио-де-Жанейро“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  10. „Узбекистан завоевал 70 медалей на Параазиатских играх“ (ru). Газета.uz (2018-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  11. „World Para Swimming Championships Swimming 2019 - Results Men“. www.the-sports.org. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  12. „В Рио через Колу“ (ru). vmnews.ru. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  13. „Житель Колы привез серебро с паралимпийских игр в Рио“ (ru). Телекомпания ТВ21. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  14. http://tmmoscow.ru/news_stk/master_of_sport_rus/2019_prikaz_159ng.pdf