Kiyev arvohi (ukraincha: Привид Києва ,[1] pronounced [ˈprɪʋɪd ˈkɪjeʋɐ]) — 2022-yil 24-fevral Kiyev hujumi chogʻida Kiyev osmonida oltita rus samolyotini urib tushirgan MiG-29 Fulcrumning as uchuvchisi toʻgʻrisidagi afsona. Turli matbuot xizmatlari, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmati ham yuqoridagi xabarni bildirgan. Kiyev arvohi ukrainaliklar uchun ruhiy undovchi vosita va Rossiya-Ukraina urushi paytida Ukrainaning muvaffaqiyati toʻgʻrisida hikoya sifatida eʼtirof etilgan. Yangilik tarqalganidan ikki oy oʻtgach, Ukraina harbiy-havo kuchlari uning afsona ekanligini tan oladi va odamlarni „axborot gigienasining asosiy qoidalarini e’tiborsiz qoldirmaslik“ va „axborotni tarqatishdan oldin manbalarni tekshirish“ga chaqirib ogohlantiradi.[2][3][4]

Kiyev arvohi, Andrey Dankovich surati

Tarix va daʼvolar tahrir

 
Ukraina Harbiy havo kuchlarining MiG-29 qiruvchisi 2018-yilda. Shunga oʻxshash uchoq Kiyev arvohiniki deb hisoblangan.

2022-yilning 24-fevralida Rossiya Ukrainaga keng koʻlamli bosqinni boshladi, bunda ikki davlat oʻrtasida avvaldan mavjud boʻlgan urush yuzaga keldi. Bosqinning birinchi kunida boshlangan Kiyev hujumi chogʻida, ijtimoiy tarmoqlarda bosqin boshlanganidan koʻp oʻtmay Ukrainadagi qiruvchi samolyotlar uchishlari bilan bogʻliq videolar, jumladan, bir nechta rus samolyotlarini urib tushirgan uchuvchi haqidagi videolar keng tarqala boshladi.[5][6] Kiyev osmonida oltita havo kurashida yenggib chiqqan „Kiyev arvohi“ taxallusli MiG-29 uchuvchisi bosqinning dastlabki 30 soati ichida paydo boʻldi.[1] Oltita urib tushirilgan dushman samolyotlari ikkita Su-35, ikkita Su-25, bitta Su-27 va yana bitta MiG-29 ekani xabar qilindi.[7][8][9] Agar uchuvchi aslar mavjud boʻlganida, ular XXI asrning birinchi yozib olingan qiruvchi aslari boʻlar edi.

Ukraina Mudofaa vazirligining taʼkidlashicha, agar urib tushirishlar tasdiqlansa, Kiyev arvohi Rossiya bosqinidan keyin Ukraina Qurolli kuchlariga qaytib kelganida harbiy rezervning oʻnlab tajribali uchuvchilardan biri boʻlishi mumkin.[10] U tvitda Kiyev arvohini „havo qasoskori“ deb ataydi.[11] Biroq, Ukraina bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy Ukrainadagi janglarning birinchi kunida urib tushirilgan jami oltita (agar undan koʻproq boʻlsa ham) rus samolyotini tasdiqlay olishini aytdi.

 
Poroshenko tvit qilgan surat

Ukraina hukumati maslahatchisi Liubov Tsibulska 8-iyun kuni „Kiyev arvohi“ afsonasiga alohida toʻxtalib oʻtib, dezinformatsiyadan qochish muhimligini ta’kidladi va ba’zida xatolar boʻlishi mumkinligini tan oldi. Uning taʼkidlashicha, Ukraina hukumati „saboq olishga qodir“ va eng muhimi, maʼlumotlar notoʻgʻriligi tan olingan va oʻchirib tashlangan.[12]

Meros tahrir

 
Kiev arvohining 3D fan arti

Koʻpgina manbalar Kiyev arvohini shahar afsonasi yoki urush targʻiboti deb bilishadi va mavjudligi isbotsiz uchuvchining Ukraina aholisi uchun Rossiya bosqini paytida optimizmni kuchaytirish uchun katta ruhiy turtki oʻlaroq eʼtirof etishgan.[5][13] Bu voqealar ukrainaliklar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ulashildi.[11] Baʼzilar Kiyev arvohini butun Ukraina havo kuchlarini oʻz ichiga olgan butun bir qahramon oʻlaroq koʻrishadi.[14][15]

Yana qarang tahrir

  • Colonel Tomb – Amerikaliklar tomonidan oʻldirilgan deya eʼtirof etilgan Vyetnam xalq havo kuchlarini namoyon etuvchi afsonaviy uchuvchi as
  • Lei Feng – Xitoylik askar va targʻibot ramzi (1940—1962)
  • White Tights – Rossiya kuchlariga qarshi kurashuvchi mergan ayollar toʻgʻrisidagi shahar afsonai
  • Lone gunner of Flesquières

Maʼlumotnomalar tahrir

  1. 1,0 1,1 {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "5Kanal20220225" defined multiple times with different content
  2. Bubola, Emma. „Ukraine acknowledges that the 'Ghost of Kyiv' is a myth.“. The New York Times (1-may 2022-yil). Qaraldi: 2-may 2022-yil.
  3. Beachum, Lateshia. „The 'Ghost of Kyiv' was never alive, Ukrainian air force says.“. The Washington Post (1-may 2022-yil). Qaraldi: 2-may 2022-yil.
  4. Peter, Laurence. „How Ukraine's 'Ghost of Kyiv' legendary pilot was born“. BBC News (1-may 2022-yil). Qaraldi: 2-may 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 Miller, Christopher; Koshiw, Isobel; Kiehart, Pete. „Stories Of Ukrainian Heroism Are Emerging And Giving The Country Hope“. BuzzFeed News (27-fevral 2022-yil). 28-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "BuzzFeed" defined multiple times with different content
  6. Miller, Daniel. „Who is the 'Ghost of Kyiv'? Tale of Ukrainian fighter pilot trends on social media“. Fox 2 Detroit (25-fevral 2022-yil). 25-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  7. LW. „The Ghost of Kyiv, Ukraine's urban legend of a hero ace pilot“. Marca (25-fevral 2022-yil). 25-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  8. Nelson, David. „Ghost of Kyiv: unconfirmed Ukrainian MiG-29 pilot credited with six kills“. Diario AS (25-fevral 2022-yil). 25-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  9. Naar, Ismaeel. „Ukrainians call unidentified fighter pilot 'Ghost of Kiev' after dogfight videos surface“. The National (25-fevral 2022-yil). 25-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  10. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. Ministry of Defence of Ukraine [MinistryofDefence.UA]. „{{{title}}}“ (uk) (25-fevral 2022-yil). 2022-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  11. 11,0 11,1 Milmo, Cahal. „The Ghost of Kyiv: How Ukraine is harnessing the urban legend of a mysterious fighter ace to boost morale“. i (25-fevral 2022-yil). 25-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Thei" defined multiple times with different content
  12. Russians should 'do their homework' and oust Putin says Ukraine advisor. Deutsche Welle.
  13. Keller. „'The Ghost of Kyiv' is the first urban legend of Russia's invasion of Ukraine“. Task & Purpose (25-fevral 2022-yil). 25-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  14. Crane, Emily. „Ukrainian military warns 'Ghost of Kyiv' is 'coming for Russia's soul'“. New York Post (11-mart 2022-yil). Qaraldi: 12-mart 2022-yil. „Regardless, the pilot has become a folk hero amid the bloodshed and the term has been adopted to refer to the entire Ukrainian air force.“.
  15. LW. „'Ghost of Kyiv' returns and threatens that it is 'coming for Russia's soul'“. Marca (12-mart 2022-yil). Qaraldi: 12-mart 2022-yil. „As a result, the term by which this pilot has been called has been adopted to name the entire Ukrainian air force.“.