Kiyev xalqaro maktabi
Kiyev xalqaro maktabi (ukraincha: Київська міжнародна школа; KIS) – Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan xususiy xalqaro maktab. U 1992-yilda ochilgan. Maktab Amerika uslubidagi xalqaro oʻquv dasturiga amal qiladigan notijorat kollejga tayyorlash maktablari konsorsiumi boʻlgan, Quality Schools International (QSI) aʼzosidir. U hozirda CEESA (Markaziy va Sharqiy Yevropa maktablari assotsiatsiyasi)ning aʼzosi hamdir[1]. Maktab Ukraina hukumatining roziligi bilan ishlaydi va ingliz tilida PreK – 12-sinf taʼlimi, jumladan, DP International Baccalaureate dasturi[2], hamda Advanced Placement kurslarida oʻqishlikni taklif qiladi. Oʻquv yili avgustdan iyungacha davom etadi.
Kiyev xalqaro maktabi | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Kiyev, Ukraina | |
Maʼlumot | |
Type | xususiy, xalqaro |
Shiori | Hammaga muvaffaqiyat |
Asos solingan sanasi | 1992 |
School Director | Mrs. Rachel Geary |
Faculty | 110 (2022-yil 24-fevral holati) |
Sinflar | boshlangʻichdan -12-sinfgacha |
Enrolment | umumiy 770+ (2022-yil 24-fevral holati) |
Average class size | 16 |
Colour(s) | Qizil & qora |
Mascot | Kozak |
Website | kyiv.qsi.org |
Oʻquv dasturi
tahrirOʻquv dasturi Mastery Learning gʻoyalaridan foydalanib tuzilgan. U Oʻrta shtat kollejlari va maktablari assotsiatsiyasi tomonidan akkreditatsiya qilingan[3]. Shuningdek, muassasa stipendiya shartnomalariga ham ega va A, B, P, D, H baholariga amal qiladi.
Maktab besh tilda (fransuz, nemis, ispan, rus va ukrain) oʻqish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu kurslar maktabning til oʻquv rejasi va ona tili boʻlmagan, shuningdek ona tilida soʻzlashuvchilar uchun IB va AP dasturlari doirasida 6 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan turli darajalardagi yoshlarga oʻqishni taklif etadi.
Imkoniyatlari
tahrirMaktabda 24 soatlik qoʻriqlanadigan parkka oʻxshash kampus mavjud. Oʻquvchilar kampusi bir necha qismlardan tashkil topgan boʻlib, oʻquv markazi, sensor xonalari, sanʼat, musiqa va texnologiya laboratoriyalari, auditoriya, yopiq suzish havzasi, yopiq sport zallari, fitnes markazi, kafeteriya, snack bar, zamonaviy oʻyin maydonchalari, futbol maydonchalarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, asosiy sport maydoni, mini futbol maydoni, ochiq basketbol maydoni va ochiq fitnes maydoni ham shular jumlasidandir.
Ukrainada urush
tahrirUkrainadagi urush tufayli Kiyev xalqaro maktabi 2022-yil fevralidan 2023-yil fevraligacha onlayn taʼlimga oʻtgan. 2023-yil 8-fevralda maktab moslashuvchan rejimlarda ishlagan holda kampusni qayta ochgan. 2023-yil avgust oyidan boshlab maktab toʻliq tarzda anʼanaviy taʼlimga qaytgan.
Bitiruvchilar
tahrirMuassasaning bitiruvchilari dunyoning eng yaxshi universitetlari va kollejlariga, jumladan Harvard universiteti, Yale universiteti, NYU va Stanford universitetiga qabul qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „QSI Schools“. CEESA. 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyul.
- ↑ „Kyiv International School“ (en). International Baccalaureate. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
- ↑ „KIS at M.S.A/CESS Site (search for Ky...)“. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-noyabr.