Kobulning qulashi — Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrining „Tolibon“ harakati jangarilari tomonidan qamal qilinishi va oxir-oqibat 2021-yil 15-avgustda qoʻlga kiritilishi. Tolibon Kobul shahrini prezident Ashraf Gʻani isteʼfo berib[5], mamlakatni tark etganidan bir necha soat oʻtib egalladi.

Afgʻoniston urushi (2015–2021)
Tolibon hujumi (2021)

Sanalar 2021-yil 15-avgust
Urush yeri Afgʻoniston Kobul
Sabab Tolibon poytaxt Kobulni qamal qilishi
Natija Tolibon gʻalabasi
Raqiblar
Tolibon Tolibon Afgʻoniston Afgʻoniston Islom Respublikasi

Koʻmak
Amerika Qoʻshma Shtatlari AQSh
 Buyuk Britaniya

Qoʻmondonlar
Haybatulloh Oxundzoda
Abdul Gʻani Barodar
Afgʻoniston Ashraf Gʻani
Qoʻshma Shtatlar Joe Biden
Qoʻshma Shtatlar Mark Milley
Birlashgan Qirollik Boris Johnson
Birlashgan Qirollik Nick Carter
Kuchlar
nomaʼlum Afgʻoniston Islom Respulikasi Qurolli kuchlari

„Tolibon“ va muvaqqat hukumat vakillari oʻrtasida keskin munozaralar davom etmoqda lekin bu munozaralar hukumatning kapitulyatsiyasi bilan tugallanishiga ishonch koʻproq[1][3][6].

„Tolibon“ hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirishni talab qildi[1] va dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan Afgʻoniston hukumati bu talabga boʻysunishga tayyorligini eʼlon qildi[7] va hokimiyatni toʻgʻridan-toʻgʻri „Tolibon“ga emas, muvaqqat hukumatga topshirishini aytdi[8]. NATO kuchlari avvalgidek Kobulda qolishi maʼlum qilindi[9].

Boshlanishi Tahrirlash

2021-yil 1-mayda Amerika harbiylarining katta qismi Afgʻonistondan chiqib ketishi bilan „Tolibon“ va uning hamkorlari keng koʻlamli bosqinni boshlashdi. Tezkor hujumlar oqibatida Afgʻoniston Qurolli kuchlarida parokandalik yuzaga keldi. Avgust oyi oʻrtalarida Afgʻoniston Qurolli kuchlarining faqat 201-korpusi va 111-diviziyasi jangari tayyorgarlikda edi. Mozori-Sharif, Qandahor kabi katta shaharlar toliblar tomonidan birma-bir bosib olindi.

Kobul qulashi arafasida uning toliblar qoʻliga oʻtishi haqidagi taxminlar koʻpayib ketdi. Avgust oyi boshida AQSh rasmiy vakillari rasmiy Kobul „Tolibon“ga bir necha oy qarshilik koʻrsata olishini taxmin qilishgan boʻlsa, Kobul qulashidan besh kun oldin hukumat kuchlari toliblarga yana 30 yoki 90 kun qarshilik koʻrsata oladi deb hisoblangan[10][11].

Manbalar Tahrirlash

  1. 1,0 1,1 1,2 „Taliban enter Kabul, await 'peaceful transfer' of power“. AP NEWS (15-avgust 2021-yil). 15-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  2. „Afghan President Ghani leaves country – reports“. BBC News (15-avgust 2021-yil). Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 Mistlin, Alex; Sullivan, Helen; Harding, Luke; Borger, Julian; Mason, Rowena. „Afghanistan: Kabul to shift power to 'transitional administration' after Taliban enter city – live updates“. The Guardian (15-avgust 2021-yil). 15-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  4. „ʻAt the gates’: Taliban ready to take Afghan capital“.
  5. „Афғонистон президенти истеъфога чиқиш ҳақидаги аризасини ёзди — ОAВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 14-avgust 2021-yil.
  6. „Afghanistan: Heavy fighting ongoing on the outskirts of Kabul as of early Aug. 15; a total blackout reported in the city“. 15-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  7. „Afghanische Regierung kündigt friedliche Machtübergabe an“. FAZ (15-avgust 2021-yil). 15-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  8. „Taliban officials: there will be no transitional government in Afghanistan“. Reuters (15-avgust 2021-yil). 15-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  9. „NATO says it is helping keep Kabul airport open for evacuations“. Reuters (15-avgust 2021-yil). 15-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  10. Lamothe. „U.S. officials warn collapse of Afghan capital could come sooner than expected“. The Washington Post (10-avgust 2021-yil). 11-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  11. „Афғонистон пойтахти қачон «Толибон» ҳаракати қўлига ўтиши мумкинлиги айтилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.