Afgʻoniston Islom Respublikasi
Afgʻoniston islom respublikasi (pushtucha: د افغانستان اسلامي جمهوریت, dariycha: جمهوری اسلامی افغانستان) – 2004-yil 26-yanvardan 2021-yil 15-avgustga qadar mavjud boʻlgan davlat. Aholisi – 32,226 mln kishi (2019)[5]. Hududi – 652 864 km². Poytaxti – Kobul shahri. Davlat tillari – pushtu, dariy. Unitar davlat, prezidentlik respublika. 2014-yil 29-sentabrda prezident lavozimiga Ashraf Gʻani Ahmadzay saylandi, u 2021-yil 15-avgustda Kobulni Tolibon kuchlari egallashi oqibatida isteʼfoga chiqdi. Muvaqqat hukumat rahbari vazifasini Ali Ahmad Jaloliy egalladi[6].
'Afgʻoniston Islom Respublikasi 'جمهوری اسلامی افغانستان Jomhūrī-ye Eslāmī-ye Afġānistān (Forscha) د افغانستان اسلامي جمهوریت Da Afġānistān Islāmī Jomhoriyat (Pushtuncha) tarixiy davlat (2004–2021) | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Madhiya Afgʻoniston islom Respublikasi madhiyasi | |||||||||
![]() | |||||||||
Poytaxti | Kobul | ||||||||
Til(lar)i | dariy va pushtu – rasmiy tillar[1]; oʻzbek, baluj, nuriston, pomir, pashai, turkman – hududiy tillar[2] | ||||||||
Dini | islom | ||||||||
Pul birligi | afgʻoni | ||||||||
Davlat tuzumi | Unitar davlat | ||||||||
Maydoni | 652 864[3] | ||||||||
Aholisi | 39 864 082 | ||||||||
Boshqaruv shakli | Islom davlati | ||||||||
prezident | |||||||||
- 2004-yil 7-dekabr – 2014-yil 29-sentabr | Hamid Karzay | ||||||||
- 2014-yil 29-sentabr – 2021-yil 15-avgust | Ashraf Gʻani | ||||||||
bosh vazir | |||||||||
- 2014–2020 | Abdulloh Abdulloh | ||||||||
vitse prezident | |||||||||
- 2004–2009 | Ahmad Ziyo Masʼud | ||||||||
- 2004–2014 | Karim Haliliy | ||||||||
- 2009–2014 | Muhammad Fahim | ||||||||
- 2014-yil 31-mart–29-sentabr |
Yunus Qonuniy | ||||||||
- 2014–2020 | Abdul Rashid Doʻstum | ||||||||
- 2014–2021 | Sarvar Donish | ||||||||
- 2020–2021 | Amrulloh Solih | ||||||||
YIM, XQQP | ▲ 83,370 mlrd AQSh dollari (2020) | ||||||||
YIM (nominal) | ▲ 19,938 mlrd AQSh dollari (2020) | ||||||||
IOTI | ▲ 0,511 (2020)[4] | ||||||||
Gʻarbda Eron, janubi-sharqda Pokiston, shimolda Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston bilan, sharqda Vahan korridori orqali Xitoy, Hindiston (toʻgʻrirogʻi Kashmirning Xitoy, Hindiston va Pokiston oʻrtasida bahsli hududi bilan) chegaradosh boʻlgan.
2021-yil 15-avgustda „Tolibon“ islomiy harakati Afgʻoniston hududida boshqaruvni oʻz qoʻliga oldi va Afgʻoniston islom respublikasini tugatdi.
Tarixi Tahrirlash
2001-yil AQSh harbiylari tomonidan Tolibon hokimiyatining qulatilishi natijasida Afgʻoniston islom respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. 2001-yil dekabrda afgʻon siyosiy arboblarining Bonn konferensiyasida Hamid Karzay Afgʻoniston muvaqqat hukumati rahbari etib tayinlandi. 2002-yil iyunda Loya jirga uni mamlakatning muvaqqat prezidenti etib sayladi. 2004-yil Afgʻonistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va birinchi prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi, unda Hamid Karzay gʻalaba qozondi.
2009-yil 20-avgustda ikkinchi savlov boʻlib oʻtdi, unda ham Hamid Karzay prezident etib saylandi[7].
2014-yil davlat prezidentligiga Ashraf Gʻani saylandi.
Shunga qaramay, mamlakatda fuqarolar urushi avj oldi.
Thomson Reuters Foundation maʼlumotlariga koʻra 2019-yil Afgʻoniston islom respublikasi sogʻliqni saqlash, jinsiy zoʻravonlik masalalarida ayollar uchun eng xavfli davlatlar reytingida ikkinchi oʻrinni band etgan[8].
Tugatilishi Tahrirlash
2021-yil 1-may kuni amerika harbiylarining mamlakatdan chiqib ketishi eʼlon qilingach, „Tolibon“ harakati jangarilari tomonidan Afgʻoniston hukumat kuchlariga qarshi faol hujum harakatlari boshlandi[9][10]. Afgʻoniston hukumati qoʻl ostidagi hududlarni yoʻqota boshladi[11][12][13][14][15][16][17][18][19][20]. Avgust oyining boshida Tolibon 200 ta tuman markazini (umumiy soni 417 ta) qoʻlga kiritgan boʻlsa, avgustning oʻrtalariga kelib Afgʻonistonning asosiy hududini va viloyat markazlarini egallab oldi[21][22][23][24][25][26][27][28][29][30].
2021-yil 15-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻoniston toʻliq oʻz nazoratiga oʻtganini eʼlon qildi[31]. Prezident Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqishga rozi boʻldi[32]. Ashraf Gʻanidan keyin muvaqqat hukumat tuzilib, unga sobiq ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloliy rahbar boʻldi[33][34]. 17-avgustda Afgʻoniston vitse prezidenti mamlakatda ekanini aytib, oʻzini Afgʻoniston islom respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida eʼlon qildi, shuningdek, „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashishda davom etishini bildirdi. Afgʻonistondagi Tolibon tomonidan egallanmagan yagona viloyat – Panjisherda Toliblarga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda[35][36][37].
Davlat ramzlari Tahrirlash
Bayroq Tahrirlash
Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy bayrogʻi 2004-yilda qabul qilingan boʻlib, vertikal tarzda aks etgan qora, qizil, yashil ranglardan iborat trikolordir. Uning markazida (asosan qizil chiziqda va qisman qora, yashil chiziqlarda) davlat gerbi tasviri tushirilgan. Bayroqdagi qora rang davlatning oʻtmishini — Buyuk Britaniya imperializmiga qarshi kurashini ifodalaydi, qizil — ozodlik uchun toʻkilgan qon ramzi, yashil esa — islom dinining anʼanaviy rangi. Bayroqning mutanosibligi — 7:10.
Gerb Tahrirlash
Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy gerbi (milliy tamgʻasi) mamlakat tashkil etilganidan beri mavjuddir. Unda boshoqlar bilan xoshiyalangan minbarli masjid tasvirlangan. Masjidning ikki tomonida ikkita Afgʻoniston islom respublikasi bayrogʻi ilingan holda tasvirlangan. Masjidning yuqori qismida nur sochib turgan quyosh, quyoshdan yuqorida kichikroq koʻrinishda takbir („Allah akbar“ oʻzbekcha: „Alloh buyukdir“) yozilgan, uning tepasida kalimai shahodat („La ilaha illallah, Muhammad rasulullah“ oʻzbekcha: „Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Muhammad uning elchisidir“) yozilgan. Masjidning pastki qismida hijriy 1298-yil (milodiy 1919-yil) — mamlakat mustaqillikni qoʻlga kiritgan yil yozilgan. Gerb tasviri shuningdek Afgʻoniston bayrogʻida ham mavjud.
Madhiya Tahrirlash
Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy madhiyasi 2006-yil qabul qilingandir. Madhiya matni pushtu tilida yozilgan. Matn ichida „Alloh buyukdir“ kalimasi mavjud va unda Afgʻonistonda yashovchi barcha millatlatlar sanab oʻtilgandir.
Davlat boshqaruvi Tahrirlash
Davlat tuzumi Tahrirlash
Mamlakat prezidenti bir vaqtning oʻzida Afgʻoniston Qurolli kuchlarining Oliy bosh qoʻmondon ham hisoblangan, hukumatni tuzgan. Ketma-ket ikki martadan ortiq lavozimda qolmaslik sharti bilan, toʻrt yillik muddatga umumxalq yashirin ovoz berish yoʻli orqali saylangan. 2009-yil prezidentlikka Hamid Karzay saylangan, 2014-yil esa saylov orqali prezidentlik lavozimini Ashraf Gʻani Ahmadzay egallagan. U 2018-yilgi saylovda qayta saylangan.
Ijro hokimiyati Tahrirlash
Hukumat rahbari prezident hisoblangan. U parlament tasdigʻi bilan vazirlar mahkamasi aʼzolarini tayinlagan. Hukumatda davlat budjeti boʻyicha amallar, qonun loyihalari, normativ, koʻrsatmalar tayyorlash va boshqa vakolatlar boʻlgan. Hukumat tarkibida 27 kishi ish olib borgan.
Qonun chiqaruvchi organ Tahrirlash
Afgʻonistonda qonun chiqaruvchi oliy organ Parlament hisoblanib, Majlisi milliy deb nomlanadi. U yuqori palata (Mishranu jirgʻa) va quyi palatadan (Volesi jirgʻa) iborat. Yuqori palata umumxalq yashirin saylov yoʻli bilan toʻrt yilga saylanuvchi 249 deputatdan iborat boʻlgan.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ „Afghanistan“. The World Factbook. Central Intelligence Agency (13-dekabr 2007-yil). 20-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
- ↑ Afgʻoniston Islom Respublikasi Konstitutsiyasi (ingliz tilida, PDF)
- ↑ „Central Statistics Organization of Afghanistan“ (deadlink). 24-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-aprel 2014-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-06-24).: Statistical Yearbook 2012-2013 Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-01-17).: Area and administrative Population Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-09-09).
- ↑ „Human Development Indices and Indicators“ (en). United Nations Development Programme. Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
- ↑ Estimated Populatiuon of Afghanistan 2019-20 (PDF), 2020-06-09da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2021-08-17
- ↑ „Aфғонистон президенти истеъфога чиқишга рози бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „Afghanistan Election Data“ (deadlink). 11-sentyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2010-09-11).
- ↑ EXCLUSIVE — India most dangerous country for women with sexual violence rife — global poll
- ↑ „Even the Taliban are surprised at how fast they're advancing in Afghanistan“. NBC News (25-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» Афғонистондаги ҳарбий базани портлатиб юборди“. Bugun.uz. 15-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 3 май. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-07-15).
- ↑ „«Толибон» Афғонистондаги туманлардан бирини қўлга олди“. Bugun.uz. 15-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 21 май. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-07-15).
- ↑ „«Толибон» Афғонистондаги яна иккита туманни қўлга олганини эълон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 7 июнь.
- ↑ „Афғонистонда яна бир туман «Толибон» қўлига ўтди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 8 июнь.
- ↑ „«Толибон» ҳужум орқали Афғонистондаги яна бир туманни қўлга киритди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 12 июнь.
- ↑ „«Толибон» Афғонистондаги яна бир туманни назорат остига олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 14 июнь.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги икки туманни қамалга олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 14 июнь.
- ↑ „Афғонистондаги туманлардан бири «Толибон» ҳаракатига ҳеч қандай жангсиз топширилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 17 июнь.
- ↑ „Aфғонистонда «Толибон» ҳаракати бир кечада 17 та туманни қўлга олди“. Bugun.uz. 28-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 22 июнь. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-07-28).
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Тожикистон билан чегарадаги яна бир назорат пунктини эгаллаб олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 28 июнь.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати 1 суткада Афғонистондаги 13 та туманни назоратга олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистонда вилоят марказларидан бирини эгаллади“. Bugun.uz. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг энг йирик шаҳарларидан бирини эгаллаб олди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг яна бир шаҳрини қўлга олди“. Bugun.uz. 15-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-08-15).
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг иккинчи энг йирик шаҳрини эгаллади“. Bugun.uz. Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Ҳиротни эгаллаганини эълон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Лашкаргоҳни ҳам эгаллаганини эълон қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракатининг мамлакат пойтахтига яқинлашгани айтилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Ўзбекистонга чегарадош бўлган шаҳарни қўлга олди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 14-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон пойтахтига ҳужум бошлади — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Aфғонистоннинг бешинчи йирик шаҳрини ўз назоратига олди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон бутунлай ўз назоратига ўтганини маълум қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „Aфғонистон президенти истеъфога чиқиб, мамлакатни тарк этмоқчи — ОAВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ Sputnik Таджикистан. „Президент Афганистана Ашраф Гани подал в отставку“ (ru). Sputnik Таджикистан (15 avgust). Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „Президент Афганистана согласился уйти в отставку“ (ru). РИА Новости (15 avgust). Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ TV Rain Inc. „Вице-президент Афганистана при Гани объявил себя и. о. главы страны и призвал сопротивляться талибам“. tvrain.ru (17-avgust 2021-yil). Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати босиб ололмаган яна битта вилоят қолгани маълум бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
- ↑ „Панжшер вилояти ҳокими «Толибон» ҳаракатига қарши курашишини айтди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.