Afgʻoniston Davlat bayrogʻi

Taʼsis qilingan
1997-yil 27-oktabrda qabul qilingan
2001-yil 12-noyabrda bekor qilingan
2021-yil 15-avgustda qayta tiklangan
Mutanosibligi 2:3
Tuzilishi
Oq fonda musulmonlik belgisi hisoblangan „kalimai shahodat“ yozilgan.

Afgʻoniston bayrogʻi (Pashtuncha: د افغانستان بيرغ, Forscha: بيرق افغانستان) Vaqtinchalik Afgʻon Maʼmuriyati tomonidan 2001- yil 22-dekabrda qabul qilingan. Bu bayroq, 1930 va 1937-yillari Afgʻonistonda boʻlgan monarxiya davridagi bayroq bilan oʻxshash. Faqat farqi shundaki, yangi bayroq markazidagi Gerb ustiga (oq va oltin rangda) Kalimaʼi Shahodat suʼrasi yozilgan. Bu bayroq yoʻl yoʻlli uch rangdan iborat, qora, qizil va yashil. Bu ranglar Afgʻonistonning keyingi 20 yil ichidagi koʻplab bayroqlarida namayon etgan. Oʻrtadagi nishon Afgʻoniston gerbi va unda Makka tomonga yuzlangan masjid mehrobi tasvirlangan.

XX asrda boshqa davlardan farqli oʻlaroq, Afgʻonistonda davlat bayrogʻi bir necha marotaba oʻzgargan. Hotakilar sulolasi 1709 yilda ilk bayroqqa asos solgandan beri to bugungi kungacha 20 marta bayroqlar oʻzgargan.

Bayroqlar tarixi tahrir

Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbat Hukumat Izohlar
1709-1738   2:3 Hotakilar sulolasi
1747–1826   2:3 Durroniylar Imperiyasi Ahmad Shoh Durroniy va uning sulolasi boshqaruvi ostidagi bayroq.
1826–1880 Bu davrda, rasmiy bayroq boʻlmagan. Afgʻoniston Amirligi 1800-yildan oldin Barakzay sulolasi Durroniylar bilan rozilik bayrogʻini qoʻllamagan.
1880–1901   2:3 Afgʻoniston Amirligi Abdu Rahmon Xon boshqaruvi ostidagi bayroq.
1901–1919   3:5 Afgʻoniston Amirligi Habibulloh Xon boshqaruvi ostida, davlat va urush bayrogʻi boʻlgan. Habibulloh Xon otasi bayrogʻiga muhr qoʻshgan (hozirgi kunda amalda qoʻllanilayotgan muhrni).
1919–1926   2:3 Afgʻoniston Amirligi Qirol Omonulloh boshqaruvi ostida birinchi bayroq boʻlgan. U otasining bayrogʻiga, nur taratib turgan olti burchakli nishon qoʻshib oʻzgartirgan. Bu yangicha muhr Usmonli Turk Imperiyasida keng tarqalgan. Afgʻoniston 1926-yilda Qirollik boʻlgan.
1926–1928   2:3 Afgʻoniston Qirolligi Ikkinchi bayroq Qirol Omonulloh boshqaruvi ostida boʻlgan. U olti burchak oʻrnini gulchambar va ozgina oʻzgartirish bilan milliy muhrga almashtirgan.
1928   3:5 Afgʻoniston Qirollligi Uchinchi bayroq Qirol Omonulloh boshqaruvi ostida boʻlgan. Qora, qizil va yashil trikolor ranglariga muvofiq oʻtmish aks etgan (oldingi bayroqlarda), mustaqillik uchun qon toʻkish (Uchinchi Ingliz Afgʻon Urushi) va kelajakka umid, bu kabi maʼnolar ehtimol Xonning 1927-yilda Yevropaga sayohati taʼsir koʻrsatgandir.
1928–1929   2:3 Afgʻoniston Qirolligi To'rtinchi bayroq Qirol Omonulloh boshqaruvi ostida boʻlgan. Yangi nishonda qorli ikki togʻ ortida quyosh charaqlab koʻtarilmoqda, bu esa yangi qirollikning boshlanishini aks ettirgan.
1929   2:3 Afgʻoniston Qirolligi Bu bayroq Habibulloh Kalakoniy yoki Bacha-i Saqao boshqaruvi ostida bo'lgan. Bu qizil, qora va oq rangli trikolor bayroq, XIII asrda hozirgi Afgʻonistonni Moʻgʻullar isteʼlo qilgan va oʻsha vaqtda qoʻllagan bayroqqa oʻxshash.
1929–1930   2:3 Afgʻoniston Qirolligi Birinchi bayroq Nodir Shoh boshqaruvi ostida boʻlgan. Qora, qizil va yashil trikolor rangli bayroq qayta tashkil etildi; qorli togʻlar va quyosh Qirol Omonulloh qoʻllagan oltiburchak bilan almashtirilgan.
1930–1973   2:3 Afgʻoniston Qirolligi Ikkinchi bayroq Nodir Shoh boshqaruvi ostida boʻlgan,shuningdek uning oʻgʻli Zohir Shoh ham buni qoʻlladi. Qora, qizil va yashil trikolor ranglar saqlanib qolindi. Nurli oltiburchak olib tashlandi va nishon kattalashtirildi. Masjid va nishon oʻrtasidagi Hijriy yil ١٣٤٨ (1348)], yoki Milodiy yil 1929-yil Muhammad Nodir Shoh sulolalarining boshlanishini ifoda etgan.
1973–1974   2:3 Afgʻonston Respublikasi Birinchi bayroq Afgʻoniston Respublikasi davrida boʻlgan.Bu oldingi bayroqning oʻzginasi, faqat ١٣٤٨ yil yozuvi olib tashlangan.
1974–1978 2:3 Afgʻoniston Respublikasi Ikkinchi bayroq Afgʻoniston Respublikasi davrida boʻlgan. Bir hil oʻsha uch rang faqat vertikal yoʻnalishda emas, gorizontal yonalish oldi, maʼnolari ham oʻzgardi: qora rang qorongʻu oʻtmish, qizil rang mustaqillik, ozodlik uchun qon toʻkish va yashil rang qishloq xoʻjaligining rivojlanishidir. Kantonda yangi tamgʻa, qanotlarini yoyib turgan burgut, burgutning bagʻrida esa imom minbari (masjid uchun), burgut atrofi bugʻdoy bilan oʻralgan va burgut uzra quyosh koʻtarilmoqda (yangi respublika uchun).
1978   2:3 Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Sovet Ittifoqining yordami bilan yangi rejim toʻntarishida respublika lideri oʻldiriladi, dindan holi sotsialistik davlatga asos solinadi. Qisqa oʻtish davri mobaynida, emblemasiz bayroqning avvalgi loyihasi saqlanib qolinadi.
1978–1980 1:2 Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Bu bayroq kantonida sariq gerb bilan qizil maydon tasvirlanadi, XX asrda sotsialistik davlatlar bayroqlari bilan umumiy loyihada. Bugʻdoy gulchambari gavdalanadi, lekin ustida yulduzcha qoʻshiladi (halqning besh etnik guruhlari tasvirlanadi) va markazida Xalq arab yozuvida aks etadi. 1979-yil sentyabrida Nur Muhammad Tarakiy oʻldirilgangacha bu bayroq uning qoʻli ostidagi Afgʻoniston Xalq Demokratik Partiyasi Xalq fraksiyasida ham amalda boʻlgan.
1980–1987   1:2 Afgʻoniston Demokratik Respublikasi Benjarat Lipnt rahbarlik qilgan Parcham fraksiyasi Xalq fraksiyasini agʻdargandan keyin, bayroq yana oʻzgaradi. Agʻdarish 1979-yil dekabrda sodir boʻladi. Yangi rahbarlik eski uch rangli trikolor qora - oʻtmish, qizil - mustaqillik uchun qon toʻkish va yashil islom dini bayroqni tasdiqlaydi. Yangi emblema loyihalanadi, nur sochib turgan quyosh (Huroson ning eski nomiga ishora, maʼnosi "Quyoshli oʻlka"), minbar va kitob (Karl Marksning Kommunistik partiya manifesti yoki Kapital kitobi nazarda tutilgan), milliy ranglardagi lentalar, tishli halqa - sanoat va qizil yulduz kommunizm uchun.
1987–1992 1:2 Afgʻoniston Respublikasi Milliy gerbdan tashqari, oldingi bayroqqa oxshash, tishli halqa ustidan ostki qismiga kochirildi, qizil yulduz va kitob olib tashlandi va ufqqa oʻxshash bukilgan yashil dala tasvirlangan.
1992   1:2 Afgʻoniston Islom Davlati Sovet rejimi qulagandan keyin, vaqtinchalik qoʻllagan bayroq. Bu yerda koʻrib turganingizdek bir qancha variantlar paydo boʻladi. Ustki qismda arabchada Allohu Akbar, ("Alloh buyukdir"); markaziy qismda Shahodat surasi bitilgan.
1992–2001   1:2 Afgʻoniston Islom Davlati / Shimoliy Alyans Gorizontal qora va yashil oldingi bayroqlardan oʻtgan. Shuningdek emblema ichida Shahodat suʼrasi yozilgan. Birinchi 1928-yilgi bayroqdan farqlanib uchta qora,qizil va yashil ranglardan millatchilik, qabilachilik maʼnoli qizil rang olingan, qora, oq va yashil ranglarni esa oʻtmishda Musulmonlar kuchaytirganganlar. Bu uch rangni bir qancha Musulmon davlatlari bayrogʻida koʻrishingiz mumkin. Emblema ostida "دا افغانستان اسلامی دولت", Afgʻoniston Islom Davlati yozuvi yozilgan.
1996–1997   2:3 Afgʻoniston Islom Amirligi Tolibon hukumronligining avvalida bir xil oq rangli bayroq amalda boʻlgan.
1997–2001   2:3 Afgʻoniston Islom Amirligi Tolibon 1997-yilda bayroqqa Shahodat kalimasini qoʻshgan.
2001–2004   1:2 Afgʻoniston Oʻtish Maʼmuriyati Bu bayroq uch hil ranglar qora, qizil va yashillarning yoʻl yoʻl vertikalllaridan tashkil topgan. Bu ranglar soʻnggi 20 yil ichida Afgʻoniston bayroqlarida aks etgan. Markazida nishonda masjid mehrobi Makkaga qaratilgani tasvirlangan. Bu bayroq 1930 va 1937-yillarda boʻlgan monarxiya davridagi bayroq bilan oʻxshash. Faqat bitta farq bayroqdagi gerb (oq rangda) ustida kalimaʼi shahodat suʼrasi yozilgan. Bunda ١۲۹٨ (1298) yozuvi koʻrsatilgan, bu Hijriy yil boʻyicha, yani Milodiy yil bilan solishtirganda 1919 yilga toʻgʻri keladi, oʻsha yili Afgʻoniston Buyuk Britaniyada mustaqil boʻlgan. Bu yerda faqat oltin rangli nishon norasmiyligicha qolmoqda.
2004–2021   2:3 Afgʻoniston Islom Respublikasi Oldingi bayroqlarga oʻxshash, lekin farq shundaki ostki Afgʻ'oniston Islom Respublikasi "دا افغانستان اسلامی دولت", yozuvi Afgʻoniston "افغانستان", yozuvi bilan almashgan
2021–h.v.   2:3 Afgʻoniston Islom Amirligi Tolibon 2021-yil 15-avgustda Afgʻoniston hududini deyarli toʻliq egallagach, qoʻlga kiritilgan hududlarga oʻz bayrogʻini tikladi.

Davlat bayroqlari oʻzaklari tahrir

Qoʻllangan yillari Bayroq Nisbat Qoʻllagan Izohlar
1931–1973   2:3 Afgʻoniston qirollari Afgʻoniston qiroliga oid kavaleriya bayrogʻi.
2004–2021   2:3 Afgʻoniston prezidenti Afgʻoniston prezidentining kavaleriya bayrogʻi.

Shuningdek, ko'ring tahrir

Havolalar tahrir

Havolalar tahrir