Komandor orollari
Komandor orollari - Tinch okean bilan Bering dengizi oraligʻidagi orollar. RF Kamchatka viloyati tarkibida. Umumiy maydoni 1848 km². Bazalt va andezitlardan tuzilgan. Relyefi togʻli. Bal 751 m gacha. Zilzila boʻlib turadi. Iqlimi okean iqlimi. Yozi salqin. Avgustning oʻrtacha temperaturasi 10°, fevral niki — 4°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm. Okean oʻtloqlari va togʻ tundrasi bilan qoplangan. "Qushlar bozori" boʻlib turadi, dengiz mushugi, sivuch va kalan (Kamchatka qundoʻzi) bor. Aholi, asosan, baliq va dengiz hayvonlarini ovlash, darrandachilik (koʻk shimol tulkisini urchitish) bilan shugʻullanadi. 1741-yilda shu orollarni ochgan va komandor unvoniga ega boʻlgan V.Bering nomiga qoʻyilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |