Kristal Abazaj (talaffuzi: Kristal Abazay) (1996-yil 6-iyulda tugʻilgan) — Albaniyalik professional futbolchi, Turkiyaning "Istanbulspor" klubi va Albaniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].

Kristal Abazaj
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-iyul 1996-yil (1996-07-06) (27 yosh)
Tavallud joyi Elbasan, Albaniya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
İstanbulspor
Raqami 70
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2013 Dinamo Tirana
2013—2015 Partizani Tirana
2015 Elbasani
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 Elbasani 13 (7)
2016—2018 Luftëtari Gjirokastër 66 (16)
2018—2020 Anderlecht 1 (0)
2019Osijek (Ijara) 9 (1)
2019—2020Kukësi (Ijara) 34 (10)
2020- İstanbulspor 32 (4)
Milliy terma jamoa
2017 Albaniya U21 10 (3)
2018 Albaniya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 29-iyul uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Luftëtari Gjirokaster tahrir

2016-yil iyul oyida Abazaj yuqori saviyadagi Luftëtari Gjirokaster bilan sinovdan oʻtgan[2] bu yoʻldan muvaffaqiyatli oʻtdi[2] va 2016-yil avgustida shartnoma imzolagan. U oʻzining Albaniya Superligasidagi ilk uchrashuvini 2016/2017-yilgi mavsumning ilk oʻyinida Tirananing "Partizani " jamoasiga qarshi oʻtkazgan va u 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan[3]. U Luftëtari bilan birinchi mavsumini 35 ta oʻyinda, shu jumladan ligada 33 tasidan, 30 tasida boshlangʻich tarkibda maydonga tushib, 2507 daqiqa oʻynagan va 3 ta gol urgan holda yakunlagan[4][5].

Skënderbeu Korche tahrir

2018-yilning 5-yanvarida Skënderbeu Korche Abazaj bilan 300 000 yevroga oldindan shartnoma imzolaganini eʼlon qilingan[6]. Futbolchi mavsum oxirigacha ijarachi sifatida Luftëtari vakili boʻlishda davom etgan[6].

Anderlecht tahrir

2018-yilning 16-aprelida Abazaj Belgiyaning "Anderlecht " klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagani maʼlum boʻlgan[7]. Xabar qilinishicha, transfer narxi 750 000 yevroni tashkil etgan va futbolchi 2018-yilning 1-iyulida klubga oʻtgan[7][8].

Xalqaro faoliyati tahrir

Yoshlar tahrir

Luftëtari bilan yaxshi oʻyin oʻtkazgandan soʻng, 2017-yil 17-mart kuni Abazaj murabbiy Alban Bushi tomonidan Albaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga Moldova bilan oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan[9][10]. U ilk uchrashuvini 25-mart kuni 66 daqiqa oʻynab, birinchi oʻyinda golsiz durang bilan yakunlagan[11]. Ikki kundan keyin Abazaj oʻzining birinchi golini urib, Albaniyani 2:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam bergan[12].

Abazaj iyun oyida Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va 2019-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Estoniyaga qarshi oʻyinga chaqirilgani sababli, 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida qolishda davom etgan[13]. U 12-iyun kuni Estoniyaga qarshi bahsda 86 daqiqa maydonda harakat qilib, durang oʻynagan[14]. Abazaj musobaqadagi ilk gollarini 2017-yil 4-sentyabr kuni Islandiyaga qarshi 3-tur uchrashuvida urgan[15].

Kattalar jamoasi tahrir

Abazaj Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kristian Panuchchi tomonidan 2018-yil 16-mart kuni Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini[16] uchun birinchi marta chaqiruv olgan va u 30 yil ichida kattalar safidan chaqirilgan birinchi Luftëtari futbolchisiga aylangan[17]. Abazaj Albaniya terma jamoasi bilan Kosovoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Emanuele Ndoj oʻrniga 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan[18].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Oʻyin GOl Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Elbasani 2015—2016 Albaniya birinchi divizioni 13 7 13 7
Luftëtari Gjirokaster 2016—2017 Albaniya Superligasi 33 3 2 0 35 3
2017—2018 29 8 3 0 35 13
Jami 62 12 5 0 67 16
Anderlext 2018—2019 Belgiya birinchi divizioni A 1 0 1 0
Karyerada jami 75 19 5 0 80 19

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Albaniya 2018 1 0
Jami 1 0

Yutuqlar tahrir

Shaxsiy yutuqlar

  • Albaniya Superligasida oyning eng yaxshi futbolchisi : 2017-yil dekabr[19]
  • Albaniya Superligasining mavsumdagi iqtidori : 2017-18[20]

Manbalar tahrir

  1. „Zbulohet shuma që pagoi Anderlechti për Abazajn“.
  2. 2,0 2,1 „Luftëtari nis largimet, qendron vetëm Abazaj“ (Albanian). Newsport.al (21-iyul 2016-yil). 8-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  3. „Luftëtari Gjirokastër vs. Partizani Tirana 0 – 1“. Soccerway (7-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2016-yil.
  4. Sotir Kora. „Abazaj, zbulimi i bukur i Luftëtarit“ (Albanian). SuperSport Albania (17-fevral 2017-yil). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  5. „Dejvi Bregu shpallet Talenti i Vitit!“ (Albanian). Sport Ekspres (22-may 2017-yil). 2017-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  6. 6,0 6,1 „Zyrtare/ Abazaj i Skënderbeut: Shkoj në qershor, ja pse zgjodha korçarët“ (Albanian). Panorama Sport (5-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2018-yil.
  7. 7,0 7,1 „E bujshme/ Kristal Abazaj firmos për gjigantët belgë!“ (Albanian). Sport Ekspres (16-aprel 2018-yil). Qaraldi: 16-aprel 2018-yil.
  8. „Zbulohet shuma që pagoi Anderlechti për Abazajn“ (Albanian). Top-Channel.tv (16-aprel 2018-yil). Qaraldi: 17-aprel 2018-yil.
  9. „Nga Luftëtari, te Kombëtarja“ (Albanian). Sportal.al (17-mart 2017-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  10. „Kombëtarja U-21, pak risi në miqësoret ndaj Moldavisë“ (Albanian). Panorama Sport (18-mart 2017-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  11. „Kombëtarja U-21 barazon me Moldavinë, debutim pa shkëlqim për Bushin (VIDEO)“ (Albanian). Panorama Sport (25-mart 2017-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  12. „Shqipëria U-21 mposht Moldavinë“ (Albanian). Telegrafi.com (27-mart 2017-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  13. „Alban Bushi shpall listën e U21 për Francën dhe Estoninë“ (Albanian). FSHF.org (1-iyun 2017-yil). 5-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  14. „Under-21 - Albania-Estonia“. UEFA.com (12-iyun 2017-yil). Qaraldi: 11-oktabr 2017-yil.
  15. „Under-21 - Iceland-Albania - Line-ups“. UEFA.com (4-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2017-yil.
  16. „TRAJNERI CHRISTIAN PANUCCI SHPALL LISTËN E LOJTARËVE PËR MIQËSOREN ME NORVEGJINË“ (Albanian). FSHF.org (16-mart 2018-yil). Qaraldi: 16-mart 2018-yil.
  17. „LISTA/ Abazaj në kombëtare, ka edhe dy surpriza në mbrojtje“ (Albanian). Sport Ekspres (16-mart 2018-yil). Qaraldi: 16-mart 2018-yil.
  18. „Kosova e fiton me spektakël miqësoren kundër Shqipërisë“ (Albanian). Football Federation of Kosovo (29-may 2018-yil). 6-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
  19. „Kristal Abazaj, më i miri i dhjetorit“ (Albanian). Sport Ekspres (21-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2018-yil.
  20. „Abazaj merr çmimin "Talenti i sezonit", Mala i Partizanit pas tij, ja renditja“ (Albanian). Vip Sport (21-may 2019-yil). 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2018-yil.