Kuchan-Mashhad vodiysi
Kuchan-mashhad vodiysi -Erondagi tektonik botiq, Kopetdogʻ togʻlarini Turkmaniston-Xuroson togʻlarining markaziy tizmalaridan ajratib turadi. Atrek va Kashafrud daryolarining vodiylari va ular oraligʻidagi yassi suvayirgʻich (balandligi 1350 m), shuningdek, unga tutash togʻ oldi tekisliklarini oʻz ichiga oladi. Oʻz. 275 km, eni 15–30 km. Prolyuvial-allyuvial jinslardan tashkil topgan, seysmik faol zona. Yiliga oʻrtacha 200 mm yogʻin yogʻadi. Togʻ oldi landshafta xos. Vohalarda Mashhad, Kuchan, Shirvon shaharlari joylashgan. K.Kuchan-Mashhad vodiysi Eronning shim,-sharqiy qismidagi asosiy dehqonchilik rayoni. Paxta ekiladi, sabzavot va donli ekinlar yetishtiriladi, koʻplab bogʻ va tokzorlar bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |