Kulita karvonsaroyi
Kulita karvonsaroyi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1]. Karvonsaroy gʻarbiy tomonida Toqi Telpakfurushon savdo gumbaziga tutashgan[2].
Kulita karvonsaroyi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Madaniy meros yodgorligi |
Turi | Karvonsaroy |
Joylashuvi | Buxoro viloyati |
Manzili | Mehtar Anbar koʻchasi |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XIX asr boshlari |
Qurilishi tugagan | XIX asr boshlari |
Kulita karvonsaroyida avval ayollar bosh kiyimi bilan savdo qilingan, soʻngra unda sarroflar faoliyat olib borishgan. Keyinchalik unda tatar savdogarlari istiqomat qilishgan va Rossiya imperiyasidan olib kelingan tovarlar saqlangan. 1920-yilgi Buxoro inqilobidan soʻng binodan ombor sifatida foydalanilgan. Keyinchalik u Buxoro shahar kommunal xoʻjaligi ixtiyoriga berilib, binodan aholi uchun yotoqxona sifatida foydalanilgan[2].
1992-yildan buyon karvonsaroyda Oʻzbekistondagi ilk temirchilik hunari muzeyi faoliyat koʻrsatyapti[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Караван-сарай Кулута“. Rusrav.uz (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |