Kulohiy gumbaz - konussimon kuloh (uchli qalpoq) shaklida ishlangan gumbaz. Kulohiy gumbaz toʻrtburchaqli bino yoki silindr va prizma shaklidagi poygumbaz ustiga oʻrnatilgan. Yevropa mamlakatlarida qurilgan qoʻngʻiroqxona, ibodatxona, minoralarda ham uning oʻziga xos koʻrinishlarini uchratish mumkin. Oʻrta Osiyo meʼmorligida Kulohiy gumbazning turli uslublari saqlangan. Faxriddin Roziy maqbarasi, Sulton Takash maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Qaldirgʻochbiy maqbarasi, Manas maqbarasi va boshqalarda uning turli namunalarini koʻrish mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil