Kurt Jara (1950-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) — avstriyalik futbol murabbiyi va yarim himoyachi sifatida klublarda va Avstriya milliy terma jamoasida oʻynagan sobiq professional futbolchi.

Kurt Jara
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-oktyabr 1950-yil (1950-10-14) (74 yosh)
Tavallud joyi Innsbruck, Avstriya
Boʻyi 1.77m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1968–1971 FC Wacker Innsbruck 58 (19)
1971–1973 SSW Innsbruck 56 (21)
1973–1975 Valencia 57 (11)
1975–1980 MSV Duisburg 160 (23)
1980–1981 Schalke 04 31 (2)
1981–1985 Grasshoppers 111 (24)
Milliy terma jamoa
1971–1985 Avstriya 59 (14)
Boshqargan klublari
1986–1988 Grasshoppers
1988–1991 St. Gallen
1991–1994 FC Zürich
1994–1995 VfB Mödling
1996–1997 AO Xanthi
1997–1998 APOEL Nicosia
1999–2001 FC Tirol Innsbruck
2001–2003 Hamburger SV
2004–2005 1. FC Kaiserslautern
2005–2006 Red Bull Salzburg
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik karyerasi

tahrir

Klubdagi karyerasi

tahrir

Innsbrukda tavallud topgan Jara oʻzining ilk professional faoliyatini mahalliy "Wacker Innsbruck" jamoasida boshlagan, keyinchalik unga turli klublar qiziqish bildira boshlagan va 1973-yilda Ispaniyaning "Valensiya CF" jamoasiga oʻtgan. Keyinchalik La Ligadagi ikki mavsumidan soʻng u Germaniya Bundesliganing jamoasi MSV Duisburgdan taklif oladi va Jara tez orada yangi klubga borib qoʻshiladi. Yangi klubda muvaffaqiyatarga erisha boshlaydi va u yerda umumiy besh mavsum[1] oʻtkazadi. 1979-yilga kelib jamoasi bilan UEFA kubogi yarim finaliga chiqadi. FC Schalke 04 bilan Germaniyada yana bir mavsumidan soʻng, u Grasshopper bilan Shveysariya Superligasida faoliyatini yakunladi. Futbolchi sifatida nafaqaga chiqqandan soʻng darhol Grasshopperda murabbiy boʻldi.

Terma jamoadagi karyerasi

tahrir

U Avstriya terma jamoasi safida 1971-yil iyul oyida San-Pauluda Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan va 1978-yilgi hamda, 1982- yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U terma jamoada 59 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan[2]. Uning soʻnggi terma jamoa safidagi oʻyini 1985-yil aprel oyida Vengriyaga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyini boʻlgan.

Murabbiylik karyerasi

tahrir

Murabbiy sifatida u oʻtmishda Shveysariyaning "Grasshopper", "Sent Gallen" va "FK Tsyurix" klublari, Avstriyaning "VfB Mödling", "Ksanti", "APOEL", "Tirol Innsbruck", " Gamburger SV" va "1.Kayzerslautern FK" jamoalarini boshqargan. 2005-2006 yilgi mavsumda u Red Bull Salzburgini boshqargan.

Karyera statistikasi

tahrir
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
FC Wacker Innsbruck 68–69
69–70
70–71
71–72
72–73
Jami
Valensiya 73–74 24 5
74–75 33 6
Jami
Duisburg 75–76 31 4
76–77 34 7
77–78 30 4
78–79 34 4
79–80 31 4
Jami 160 23
Schalke 04 80–81 31 2
Grasshoppers 81–82
82–83
83–84
84–85
Jami
Karyera jami

Yutuqlar

tahrir

Oʻyinchi sifatida

tahrir
  • Avstriya Futbol Bundesligasi : 1970–71, 1971–72, 1972–73
  • Avstriya kubogi : 1969–70, 1972–73
  • Shveysariya Superligasi : 1981–82, 1982–83, 1983–84
  • Shveysariya kubogi : 1982–83

Murabbiy sifatida

tahrir

Grasshoppers

  • Shveysariya kubogi : 1987–88

Hamburger SV

  • DFL-Ligapokal : 2003 [3]

Ma'lumotnomalar

tahrir
  1. Arnhold. „Kurt Jara - Matches and Goals in Bundesliga“. RSSSF (2016-yil 9-iyun). Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.
  2. Stokkermans. „Kurt Jara - International Appearances“. RSSSF (2016-yil 9-iyun). Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.
  3. „Ligapokal, 2003, Finale“. dfb.de. Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.