Lajim minorasi
Lajim minorasi, shuningdek, Lajimning qabr minorasi deb ham tanilgan, baland silindrik koʻrinishdagi minora. U Eronning Mazandaran viloyati Savadkuh yaqinidagi Lajim qishlogʻida joylashgan[1]. Bu minora oʻsha vaqtda viloyatni boshqargan Bavand sulolasi davrida, 1022-yilda qurib bitkazilgan[2].
Lajim minorasi | |
---|---|
برج لاجیم | |
Lajim minorasining umumiy koʻrinishi | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Tomb towerQabr minorasi |
Meʼmoriy uslubi | Islom arxitekturasi |
Shahar | Lajim, Mozandaron |
Mamlakat | Eron |
Koordinatalar | 36°15′20″N 53°06′21″E / 36.255667°N 53.105833°E |
Balandligi | 14 metr (46 ft) |
Oʻlchamlari | |
Diametr | 9 metr (30 ft) |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 2 |
Lajim minorasi |
Arxitekturasi
tahrirMinora silindrsimon koʻrinishdagi dafn xonasiga ega. Oʻz vaqtida qoʻsh gumbaz bilan qoplangan boʻlsa ham, tashqi gumbaz saqlanib qolmagan. Ehtimol, tashqi gumbaz dastlab konussimon shaklga ega boʻlib, xuddi shu davrda mintaqadagi qabr minoralari uchun xos boʻlgan boʻlishi mumkin[3]. Dafn xonasiga kirish sharqiy qisimda joylashgan[4].
Oʻziga xos dekorativ xususiyatlarni kirish eshigi yuqori qismiga oʻrnatilgan gumbaz ostida koʻrish mumkin. Gumbaz ostida bir qator arkali boʻshliqlar joylashtirilgan. Ularning ostida esa geometrik naqshlar ingichka tasma koʻrinishida joylashtirilgan boʻlib, ikkita yozuv tasmasi ham ayni shu bezaklar qatorida joylashtirilgan. Yuqori qismdagi yozuv bandi islomgacha boʻlgan sosoniylar imperiyasi tili boʻlgan pahlaviy tilida, pastki yozuv bandi esa kufiy xattotlik uslubidan foydalangan holda arab tilida yozilgan. Pahlaviy yozuvi katta zarar koʻrgan. Arab yozuvida qabrga dafn etilgan shaxsning ismi – Abul Favaris Shahriyor ibn Abbos ibn Shahriyor ekanligi yozilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ www.sirang.com. „Lajim Tower 2023 | Savad Kooh, Mazandaran | Sights – ITTO“. itto.org | Iran Tourism & Touring. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „برجهاي رسکت و لاجيم؛ آرامگاههايي كه توجه حكمرانهاي شمال ايران را به خط نشان ميدهند“ (fa). ایسنا (2006-yil 3-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Archnet > Site > Burj-i Lajim“. www.archnet.org. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ www.sirang.com. „Lajim Tower 2023 | Savad Kooh, Mazandaran | Sights – ITTO“. itto.org | Iran Tourism & Touring. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Archnet > Site > Burj-i Lajim“. www.archnet.org. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.