Lanset
Lanset (fransuzcha: lancette[1], lotincha: lancea[1] — nayza, pike) — xoʻppozlarni (tana toʻqimalaridagi yiringlash) ochish uchun teshuvchi jarrohlik asbobi. Zamonaviy tibbiy amaliyotida u oʻz oʻrnini skalpelga boʻshatib bergan.
Bugungi kunda tibbiyotda „lanset“ atamasi kapillyar qon namunalarini olish uchun lanset yoki skarifikatorni anglatadi. Bu barmoq terisini teshish uchun steril, bir martalik foydalaniladigan kichik ignadir. Koʻpincha lanset olingan qon namunasini saqlash uchun kichik idish bilan konstruktiv jihatdan birlashtiriladi, uning bunday turi „avtolanset“ deb ataladi[2].
Etimologiya
tahrirAsbobning nomi nemischa tilidan u Lanzette soʻzidan olingan boʻlib, u oʻz navbatida borib fransuzcha „lancette“, bu soʻz esa, lotincha „lancea“[3] soʻzidan olingan (lance — „nayza“).
Madaniyatda
tahrir- Tibbiy asbobga oʻxshash shakl uchun, eng oddiy xordali organizmlar oilasi „lansetlar“ deb nomlangan.
- Eng qadimgi tibbiy jurnallardan biri ushbu asbob sharafiga „The Lancet“ deb nomlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Etimologicheskiy slovar russkogo yazika Maksa Fasmera
- ↑ „children with DIABETES - auto“. 2018-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
- ↑ „Этимологический словарь Крылова/Ланцет“ (ru). enc-dic.com. 2015-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-may.
Havolalar
tahrir- Lanset // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.