Leah Bracknell

britaniyalik aktrisa

Alison Rosalind Bracknell[1] (12-iyul, 1964-yil, Londonda tugʻilgan - 15-sentabr, 2019-yil, West Sussex, Angliyada vafot etgan)[2] — professional sifatida Leah Bracknell nomi bilan tanilgan, ITVda efirga uzatilgan Emmerdale (1989—2005) teleserialida Zoe Tate rolini oʻynagan britaniyalik sobiq aktrisa.

Leah Bracknell
Tavalludi
Alison Rosalind Bracknell

12-iyul 1964-yil
Vafoti 15-sentyabr 2019-yil(2019-09-15)
(55 yoshda)
Worthing, West Sussex, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1976, 1989—2015-yillar oraligʻida
Turmush oʻrtogʻi
Jez Hughes (turm. 2017)
Bolalari 2 nafar

Alison 2002-yilda "Eng mashhur aktrisa" nominatsiya uchun National Television mukofotiga nomzod boʻlgan va 2006-yilda British Soap mukofotida "Eng yaxshi chiqish" uchun mukofotni qoʻlga kiritgan. U shuningdek, British School of Yogada malakali oʻqituvchi boʻlib ishlagan va, shuningdek, zargarlik buyumlarini ham ishlab chiqargan[3][4].

Yoshligi tahrir

Bracknell Londonning Westminster shahrida[5] ingliz televideniyesi rejissori David Ian Bracknell (1932—1987) va xitoylik-malayziyalik aktrisa Li-Er Hwanglarning qizi sifatida dunyoga kelgan[6][7][8]. Uning ota-onasi 1959-yilda Hong Kongda The World of Suzie Wong filmini suratga olish paytida tanishgan.

David rejissor yordamchisi boʻlgan va Li-Er filmda „Wednesday Lu“ epizodida rol oʻynagan. Qabul qilingan „Leah“ ismi onasining „Li-Er“ ismining inglizcha koʻrinishidir. Bracknell London va Oxfordda oʻsgan hamda hayotining bir yiilni Yangi Zelandiya va Fijida oʻtkazgan[9].

Faoliyati tahrir

Bracknell birinchi marta 1976-yilda otasi David rejissorlik qilgan "The Chiffy Kids" teleserialida paydo boʻlgan[10]. U Webber Duglas Dramatik Sanʼat Akademiyasini tark etganidan soʻng, ikki yil ichida ITV1 seriali Emmerdaleda veterinar va yer mulk egasi Zoe Tate rolini ijro etgan[11]. U 2005-yilda serialni tark etgunga qadar 16 yil davomida (tanaffuslar bilan, shu jumladan ikkita tugʻruq taʼtilida) paydo boʻlgan.

U dastlab toʻqqiz oyga serialni tark etishi kerak edi, lekin qaytib kelmaydi[12]. Ushbu obraz britancha teleserialidagi birinchi lezbian hamda oʻsha paytda televideniyeda eng uzoq vaqt namoyish etilgan gey qahramonlaridan biri boʻlgan[11]. Emmerdale aktyorlar tarkibidan ketganidan soʻng, u teatrga qaytib keladi va Gaslight va Strangers on a Train filmida xonim Manningham rolida paydo boʻladi[13].

Shaxsiy hayoti tahrir

Bracknellning ikki farzandi bor edi va oxirgi yillarini Worthing, Sussexda oʻtkazadi[14]. U Emmerdale serialini tark etganidan soʻng, Bradfordning Baildon shahrida meditatsiya va yogadan dars bergan[14][15]. 2019-yil avgust oyida Bracknell immunoterapiya klinik sinovida ekanligini aytadi[16]. U 2019-yil 15-sentabrda 55 yoshida vafot etdi, bu voqea 16-oktabrda eʼlon qilingan[1][17].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1976 The Chiffy Kids Unnamed 1ta epizod
1989-2005 Emmerdale Zoe Tate Muntazam serial
2007 Judge John Deed doktor Mary Moon 2ta epizod
2007 Doctors Jennifer Bryant 1ta epizod: „Brotherly Love“
2008 The Royal Today Jenny Carrington Bosh rol
2009 Doctors Stella Davids 1ta epizod: „Great Expectations“
2010 A Touch of Frost Carolyn Viner 2ta epizod
2011 DCI Banks Maria 1ta epizod: „Playing with Fire: Part 1“
2011 Doctors Amanda Lord 1ta epizod: „Awake“
2015 A Dark Reflection Isabelle Morris Film

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Former Emmerdale actress Leah Bracknell dies“. Sky News. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  2. Anthony Hayward. „Leah Bracknell obituary“. The Guardian (16-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 16-mart 2021-yil.
  3. Emma Clayton. „Multi-faceted life of Leah away from TV“. Bradford Telegraph and Argus. 11-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2014-yil.
  4. „Leah gets ready to shine in glittering new career“. Yorkshire Post. 10-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2014-yil.
  5. „Me & my health: Leah Bracknell“ (22-yanvar 2004-yil). 9-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  6. „Topfoto – Preview IPU410017 – CHINESE ACTRESS LI ER HWANG TO WED DAVID BRACKNELL / 4 MARCH 1961“. topfoto.co.uk (7-fevral 2015-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  7. „1961 Press Photo Actress Hwang Producer Bracknell After Civil Ceremony – Historic Images“. Historic Images. 19-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Newspaper Article –...INFORMAL CHAT WITH TWO ADMIRERS“. nlb.gov.sg. 10-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2014-yil.
  9. „Henley on Thames News – Soap star reveals her guilty panto secret“. henleystandard.co.uk. 20-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Leah Bracknell: Pioneering Emmerdale star who refused to be cancer 'statistic'“. Yorkpress.co.uk.
  11. 11,0 11,1 „Ex-Emmerdale star Leah Bracknell pens moving 'cancer rebel manifesto'“ (17-iyul 2019-yil). 17-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  12. „BBC NEWS – Entertainment – Emmerdale star to take yoga break“. bbc.co.uk (26-mart 2005-yil).
  13. „BBC – Norfolk – Entertainment – Review: Strangers On A Train“. Bbc.co.uk. 31-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  14. 14,0 14,1 „Terminally ill Leah Bracknell reveals heartbreaking fears over leaving her daughters behind“. Closeronline.co.uk (6-mart 2018-yil). Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  15. „Leah Bracknell: Yoga For Life – Cultivating Inner Peace and Radiant Energy“. Amazon.co.uk (9-may 2011-yil). 23-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  16. Killelea. „Emmerdale's Leah Bracknell still hoping for cancer miracle as she embraces life“. Mirror.co.uk (23-avgust 2019-yil). 14-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  17. Randell. „Emmerdale's Leah Bracknell dies at 55 as she loses her battle with lung cancer“. Mirror.co.uk (16-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.

Havolalar tahrir