Lee Joon Gi (koreyscha: 이준기; 1982-yil 17-aprel, Pusan) — Janubiy Koreyalik aktyor, qoʻshiqchi va model. U birinchi marta „Qirol va saroy masxarabozi“ („왕의 남자“) (2005) filmidagi roli uchun shuhrat qozongan.

Lee Joon Gi
Tavalludi 17-aprel 1982-yil
Fuqaroligi Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktyor, qo`shiqchi, model
Faoliyat yillari 2001 - hozirgacha

Faoliyati tahrir

Lee Joon Gi oʻzining birinchi yirik aktyorlik rolida 2005-yilda „Qirol va saroy masxarabozi“ filmida suratga tushgan, filmda u Choson sulolasidan boʻlgan goʻzal masxaraboz Gong Gil obrazida rol ijro etgan. Ham tanqidiy, ham tijoriy muvaffaqiyatga erishgan film oʻsha paytda nomaʼlum boʻlgan aktyorni butun Osiyoda yulduzlikka olib chiqdi[1]. U Korean Film Awards[2], Grand Bell Awards[3] va Baeksang Art Awards[4] taqdirlash marosimlarida „Eng yaxshi yangi boshlovchi“ sifatida mukofotlarni qoʻlga kiritgan.

Joon Gi Lee Da He va Lee Dong Wook bilan birga „Mening qiz doʻstim“ („내 여자“) dramasida ishtirok etgan. Romantik komediya seriali mamlakat ichida ham, butun Osiyoda ham xit boʻlib Lee Joon Koreya toʻlqinining[5] bir qismiga aylangan.

2007-yilda Lee Joon Gi Aoi Miyadzaki bilan „Birinchi qor“ koreys-yapon filmida rol ijro etdi, filmda u koreys talaba rolini oʻynaydi. Film muvaffaqiyatli boʻlgan, Yaponiyada ishlab chiqarilgan koreys filmining chiptalar sotuvi yangi rekord oʻrnatgan. Lee 27-Gavayi xalqaro kinofestivalida „Koʻtarilayotgan yulduz“ mukofotini olgan[6] . Oʻsha yili u 1980-yildagi Kvanju qoʻzgʻoloni bilan bogʻliq „18-may“ („화려한 휴가“) filmida ishtirok etgan. „18-may“ tijoriy jihatdan yaxshi natija ko‘rsatgan va keyinchalik 2007-yilda „Eng yaxshi badiiy film“ sifatida Oltin orxideya mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Lee Joon Gi 2009-yil

2009-yil 5-avgustda Lee Koreya turizm tashkilotining reklama elchisi etib tayinlandi[7]. Xuddi shu yili u „Hero“ komediya dramasida muxbir rolida suratga tushdi[8].

2013-yilda u „Ikki hafta“ („2주“) filmida qotillikda ayblanib, qizini leykemiyadan qutqarishga urinayotgan ota rolini ijro etgan. U roli uchun 2-APAN Star mukofotiga sazovor boʻlgan.

Lee Joon Gee va IUMoon Lovers“ matbuot anjumanida

2016-yil yanvar oyida Lee „Scarlet Heart“ xitoy teleserialining koreyscha talqini bo‘lgan „Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo“ filmida bosh rolni ijro etgan. Byudjeti 13 million dollar boʻlgan 20-qismli drama premyerasi 2016-yil 29-avgustda boʻlib oʻtdi[9]. Film Koreyada yaxshi qabul qilinmadi, lekin Xitoyda shuhrat qozondi. Drama Lee Joon Gining Xitoydagi mashhurligining oshishiga olib keldi[10]. 1-noyabr kuni Lee „Mening sevgim Li Jun Gi“ (내사랑 이준기) nomli bepul muxlislar uchrashuvini o‘tkazdi, uchrashuvda muxlislar u bilan „Moon Lovers“ filmining so‘nggi qismini tomosha qilishlari mumkin boʻlgan[11].

2020-yilda u „Yovuzlik guli“ („악의 꽃“) triller-melodramasida rol ijro etgan[12].

Diskografiyasi tahrir

Yakkaxon tahrir

Yil Nomi
2006 My Jun, My Style
Nam Hyun-joon — One & Only
2009 J Style
2012 Deucer
2013 CBC / Case by Case
My Dear
2014 Exhale
2016 Thank You
2018 Delight

Video kliplarda tahrir

  • „Drunk In Melody“ Eun Ji Won (2004)
  • „Precious Story“ Kang Sung Hoon (2004)
  • „Sweety“ Clazziquai (2004)
  • „Grace“ (Grace I & II) Lee Soo Young (2006)
  • „Secret“ (Part III of the trilogy from Grace I & Grace II) Lee Soo Young (2006)
  • „Anystar“ Lee Hyori (2006)
  • „Pinky Finger“ Kim Sori (2009)
  • „J Style“ Lee Joon Gi (2009)
  • „Soliloquy“ Lee Joon Gi (2009)

Mukofotlar va nominatsiyalari tahrir

Yil Taqdirlash marosimi Kategoriya Ishi Natija Havl.
2006 27- Blue Dragon Film Awards Eng yaxshi yangi aktyor Qirol va saroy masxarabozi Nominatsiya
Mashhur yulduz Gʻolib
Ekrandagi eng yaxshi juftlik (Kam U Son bilan) Gʻolib
8- Mnet KM Music Festival Klipdagi eng yaxshi aktyor Grace (Lee Soo Yon) Gʻolib
5- Korean Film Awards Eng yaxshi yangi aktyor Qirol va saroy masxarabozi Gʻolib
43- Grand Bell Awards Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib
Mashhurlik mukofoti Gʻolib
Korean Wave Popularity Award Gʻolib
42- Baeksang Arts Awards Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib [13]
InStyle Fashionista Award Gʻolib
11- Busan International Film Festival Koʻtarilayotgan yulduz Nominatsiya
6- Korea Youth Film Festival Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib [14]
14- Chunsa Film Art Awards Eng yaxshi yangi aktyor Qirol va saroy masxarabozi Nominatsiya
29- Golden Cinema Film festival Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib [15]
3- Max Movie Awards Eng yaxshi aktyor Gʻolib [16]
2009 45-Baeksang Arts Awards Eng yaxshi aktyor (televideniye) Nominatsiya [17]
Tourism Authority of Thailand Maxsus mashhurlik nishoni Gʻolib [18]
Korean Martial Arts Federation Jang sanʼati aktyori Vremya psa i volka, Il Chji Me Gʻolib [19]
2012 5- Skapa Awards Grand Prize Lee Joon-gi’s JG Style Gʻolib [20]
31- MBC Drama Awards Koreyaning taniqli aktyori Aran i magistrat Nominatsiya [21]
Eng yaxshi juftlik (Shin Min bilan) Gʻolib
2013 8- Seoul International Drama Awards Koreyaning taniqli aktyori Gʻolib
2-APAN Star Awards Koreyaning taniqli aktyori Dve nedeli Gʻolib
32-MBC Drama Awards Koreyaning taniqli aktyori Nominatsiya [22]
2016 24-SBS Drama Awards Koreyaning taniqli aktyori Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo Nominatsiya
Hallyu yulduzi Gʻolib [23]
Top 10 ta yulduz Gʻolib [24]
Eng yaxshi juftlik (IU bilan) Gʻolib [25]
2016 Taiwanʼs KKTV Awards Yilning eng yaxshi aktyori Gʻolib [26]
2018 StarHub’s Night of Stars Awards Eng yaxshi Osiyo erkak yulduzi Outlaw lawyer Gʻolib [27]
13-Soompi Annual Awards Yilning eng yaxshi aktyori Think like a criminal Gʻolib

Manbalar tahrir

  1. „Lee Jun-ki: Proof That the K-Wave Rolls on“ (en). english.chosun.com. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  2. „[Korean Film News The Host [괴물] Sweeps 5th Korean Film Awards“]. ScreenAnarchy (2006-yil 20-noyabr). 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  3. „‘King and the Clown’ Wins 7 Grand Bell Awards @ HanCinema :: The Korean Movie and Drama Database“ (en). www.hancinema.net. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  4. „42nd Baeksang Awards Nominations [+Winners“]. ScreenAnarchy (2006-yil 14-aprel). 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  5. „Lee Joon-gi emerges as rising star @ HanCinema :: The Korean Movie and Drama Database“ (en). www.hancinema.net. 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  6. „Hawaii Film Fest to Spotlight Lee Jun-ki“ (en). koreatimes (2007-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  7. „Lee Becomes Tourism Ambassador“ (en). koreatimes (2009-yil 5-avgust). Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  8. „Lee Joon-gi to Take a Lighter Role as Reporter“ (en). koreatimes (2009-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  9. „Chinese remake 'Moon Lovers' to premiere“ (en). koreatimes (2016-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  10. „Lee Joon-gi ranked most popular TV actor“. kpopherald.koreaherald.com. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  11. „Lee Joon-gi to watch ‘Scarlet Heart: Ryeo’ finale with fans“. kpopherald.koreaherald.com. 2021-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  12. „Lee Joon Gi comes back to small screen with "The Flower of Evil" after 2 years of absence“ (en). channels.vlive.tv. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  13. „'왕의 남자' 이준기, 백상예술대상 2관왕 '영예'“ (ko). Star News (2006-yil 14-aprel). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  14. „청소년 선정 인기 영화인 감독 김기덕·배우 이준기“ (ko). SE Daily (2006-yil 11-oktyabr). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  15. „'왕의 남자' 제29회 황금촬영상 석권“ (ko). Jeju News (2006-yil 31-mart). 2020-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  16. „[제3회 최고의 영화상 이준기,"관객 여러분이 진정한 주인공"“] (ko). Max Movie (2006-yil 14-fevral). 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  17. „'백상예술대상 시상식' 후보자 공개에 관심 집중“ (ko). enewstoday (2009-yil 23-yanvar). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  18. „감사패 받는 이준기“ (ko). Yonhap News (2009-yil 28-sentyabr).
  19. „이준기, 대한민국무술총연합회 공로상“ (ko). Naver (2009-yil 10-dekabr). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  20. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named spika
  21. „'아랑사또전' 이준기·신민아, MBC연기대상 베스트커플상“ (ko). Star News (2012-yil 30-dekabr). 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  22. „'기황후' 하지원, MBC연기대상 대상..7년만에 2번째 대상(종합)- 스타뉴스“ (ko). Star News (2012-yil 31-dekabr). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  23. „[2016 SBS 연기대상 이준기, 한류스타상 수상 "전혀 상상 못했다"“] (ko). 10Asia (2017-yil 1-yanvar). 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  24. „[2016 SBS 연기대상 '10대 스타상' 이준기 "김성령 아들로 나오면 다 잘돼"“] (ko). Spotv News (2016-yil 31-dekabr). 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  25. „Lee Joon-gi, Lee Ji-eun named 'Best Couple'“. Kpop Herald (2017-yil 1-yanvar). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  26. „【K劇星】李準基「KKTV 2016年度風雲人物」授獎“ (zh). KKTV 難以抗劇 (2017-yil 13-yanvar).
  27. „Lee Joon Gi and Qin Lan win top awards at StarHub Night of Stars“. AsiaOne (2018-yil 24-dekabr). 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.

Havolalar tahrir