Leypsig — Germaniyadagi shahar, Saksoniya yerida. Playse daryosining Vayse-Elster daryosiga quyilish yerida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo, ilmiy va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 490 ming kishi (1999). Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 1015 yilda tilga olingan. L. oʻrnida qadimda slavyanlarningLipsk qishlogʻi boʻlgan. 12-asrdan shahar huquqini olgan. Oʻrta asrlarda Saksoniyaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Shahar atrofida koʻp tarixiy janglar boʻlib oʻtgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shahar katta talofot koʻrgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik. Metallurgiya va kon uskunalari, yuk ortish va transport vositalari zavodi, qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilik mashinasozligi, stanoksozlik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Plastmassa, rezina buyumlar, lok-boʻyoq ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. L. poligrafiya va moʻyna sanoati bilan ham mashhur. Qadimdan nashriyotchilik ishlarining yirik markazi. Har yili xalqaro savdo yarmarkalari, qisqa metrajli va hujjatli filmlar kinofestivallari, moʻyna auksionlari oʻtkaziladi. Universitet (1409), musiqa, teatr, adabiyot, kitob grafikasi va sanʼati, jismoniy tarbiya, ped. va boshqa oliy oʻquv yurtlari, kutubxonalar, tasviriy sanʼat, shahar tarixi, etnografiya, badiiy hunarmandchilik, kitob va shrift muzeylari, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan cherkovlar (13—16-asrlar), eski ratusha (16-asr), universitet binosi, opera teatri binosi, Yarmarkalar uyi, "Shtadt Leypsig" mehmonxonasi va boshqa mavjud.[1]

Leipzig
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
51°20′0″N 12°23′0″E / 51.33333°N 12.38333°E / 51.33333; 12.38333Koordinatalari: 51°20′0″N 12°23′0″E / 51.33333°N 12.38333°E / 51.33333; 12.38333
Mamlakat Olmoniya
Yer Saksoniya
[[]] [[]]
Hukumat
 • Oberburgomistr Burkhard Jung
Maydon 297,60 km2
113 m
Aholisi
 (2010)
522 883
Vaqt mintaqasi UTC, yozda UTC+1
Telefon kodi +49 341
Pochta indeks(lar)i 04003-04357
Avtomobil kodi L
Идентификационный код 14 3 65 000
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Leipzig на карте
Leipzig
Leipzig
Leipzig на карте
Leipzig
Leipzig

Leipzig Olmoniyaning Saksoniya yerida joylashgan shahardir. Maydoni – 297,60 km2. Aholisi – 522 883 kishi (2010).

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil